M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə21/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

Tabaqali mulk – oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo`lgan tabiiy resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning o`zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin kengayishi bilan izohlanadi.

Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:

  1. mulkdorlar sinfining paydo bo`lishi;

  2. ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo`lishi;

v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan xususiyati;
g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo bo`lishi. Rivojlanishning Yevropa modeliga xos bo`lgan tabaqali mulkchilik instituti davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o`tish bosqichi sifatida ta’riflanadi.

  1. Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:

  • iqtisodiy agentlarning mustaqilligi;

  • mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi;

  • hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi;

  • mulkdorning mulkiy javobgarligi.

Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan
ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.

  1. Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk bilan tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi. Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari; iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari sohasida mulkdan keladigan daromadlar rolining keskin ortishi; mulkdor – korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy yaratish.


  2. Yüklə 4,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin