Mulk-egalikqilish.Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni takroriy yetishtirish vazifasi paydo bo`lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish ob’ekti hisoblanadi.
Mulk-imtiyoz.Monopolist.Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi rolga bo`linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob’ekti esa xo`jalik
yurituvchi sub’ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo`ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o`ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz.
Mulk-imtiyoz aholining ma’lum qismi peshona terisi bilan o`zining tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo`lishi uchun imkoniyat, ya’ni fan, san’at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi.
Ishlabchiqaruvchi.Xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o`z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko`plab xo`jalik yurituvchi sub’ektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi
– jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo`ladi.
Mulk-korxona.Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo`linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo`lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining mulkdori – xo`jayinga o`tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro`ga asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo`lishi bilan birga yollanma xodim va xo`jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o`zining mehnat qobiliyatini sotishga majbur bo`lgan iqtisodiy agent hamda xo`jalikning yangi xili – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo`ladi.
Xo`jayin.Xo`jayinning shaxsiy maqsadi - qo`shimcha qiymatni olish uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga undaydi. Xo`jayin o`ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi.
Yollanmaxodim.Xodim – bu faqat o`zining mehnat qilish qobiliyati uning huquqining ob’ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so`zsiz, uning o`ziga tegishli, ya’ni xodimning o`zi kimningdir huquqlarining ob’ekti hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo`lga kiritadi va b) o`z faoliyatining mahsulotlariga bo`lgan huquqni yo`qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat.
Mulk-sarmoya.Mulk-imtiyoz holatida bo`lgani kabi mulk-korxona o`z egasiga qo`shimcha mahsulotni o`zlashtirib olish huquqini beradi. Albatta, endi ushbu mahsulot ortiqcha mahsulotda emas, balki qo`shimcha qiymat – korxona xo`jalik faoliyatining xarajatlari va natijalari o`rtasidagi farq shaklida namoyon bo`ladi.
Mulk-sarmoya paydo bo`lishi bilan xo`jayinning roli kapitalist va menejer, taqsimlash jarayonini nazorat qiluvchi iqtisodiy agent hamda ishlab chiqarish jarayonining o`zining tashkilotchisi rollariga bo`linadi.
Kapitalist. Sarmoya egasi xo`jayin singari qo`shimcha qiymat olishdan manfaatdor. Lekin ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan birlashtirish
emas, balki sarmoyani to`g`ri sarflash kapitalist uchun ushbu qiymatni olish usuli hisoblanadi.
Menejer. Kapitalistga menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari, xo`jayin funksiyasini bajaruvchi, lekin mulkni yo`qotish xatariga ega bo`lmagan iqtisodiy agent qarama-qarshi turadi.
Menejerning ijtimoiy-iqtisodiy roli va yollanma xodimning roli o`rtasida o`ta muhim farq mavjud. Xodim o`z ishchi kuchini – mehnat qobiliyatini, menejer esa ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish bo`yicha xizmatni sotadi. Bitim tuzilgach, xodim ijrochiga, menejer esa korxona rahbariga aylanadi. Menejer daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining natijalari uchun mukofot tashkil qiladi.
Mulk-biznes.Tadbirkor.Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk ob’ekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, yer va sarmoya, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy missiya iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi qarorlar asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat yangi imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o`zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o`zining, mulkdordan alohida mulk ob’ekti – biznes paydo bo`ladi.
Sarmoyador.Tadbirkorning o`zga mulkka bo`lgan talabi sarmoyani ijtimoiy qadr-qimmat - qiymatga ega bo`lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o`zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o`zga tegishli cheklangan resurs – sarmoyadan foydalanish huquqini to`lov evaziga sotuvchi sarmoyador- mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo`ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan (sarmoyadan) olinadigan daromadni ko`paytirishdan iborat.
Mulk-talab.Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog`liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko`tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bian bog`liq mulkni yo`qotish xatarini o`z zimmasiga oladi. O`z navbatida, bu mulkdan oladigan daromadning ikkita tarkibiy qismni o`z ichiga oladi: cheklangan resurs uchun to`lov va xatar uchun to`lov.
Sarmoyador rolining ushbu ikki taraflamaligi oqibati – yana bir bo`linish: ishtirokchi roli va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko`zlovchi sarmoyador va mulkni yo`qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo`lishi.
Ishtirokchi – bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga nisbatan talab huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O`z navbatida jamiyatning o`zi va uning mol-mulki emas, balki xo`jalik jamiyatiga nisbatan majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki hisoblanadi.
Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan iborat. Tegishlicha u bu bilan bog`liq xatarlarning bir qismini o`z zimmasiga oladi. Natijada mazkur loyihalar xatarlarini ko`plab ishtirokchilar o`rtasida taqsimlash asosida o`ta
qimmat va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin bo`ladi. Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat.
Kreditor. Agar sarmoyador – bu tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist bo`lsa, u holda kreditor – bu tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq xatarlardan voz kechgan sarmoyadordir. Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi.
7.Mulk-aksiya.Jamiyatning ko`p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo`jalik faoliyati natijalari uchun javobgarlikning, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar ishonchining suiiste’mol qilinishi imkoniyatining ham taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy rol paydo bo`ladi: nazoratchi – xo`jalik jamiyatiga nisbatan alohida funksiyalarni: jamiyat mol-mulki va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uning ishtirokchisi.
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo`jalik jamiyatini kapitallashtirishning o`sishiga erishishdan iborat.
Aksiyador. Jozibadorligini yo`qotayotgan biznesdan chiqish ham xo`jalik jamiyatlarining faoliyati bilan bog`liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi. Ushbu imkoniyat jamiyatda ishtirok etishning alohida vositasi – aksiyalarning paydo bo`lishi bilan ta’minlanadi.
Rasmiy jihatdan aksiyalar o`z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat huquqlarini, xususan: boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi, jamiyat foydasining bir qismini olish huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol- mulkining bir qismiga ega bo`lish huquqini beruvchi qimmatli qog`ozlarni o`zida namoyon etadi.
Biroq ushbu huquqlar ko`p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqarishda ishtirok etish huquqini faqat aksiyalarning katta miqdordagi paketlariga egalik qiluvchi aksiyadorlar – majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir qismini olish huquqini esa amalga oshirishning iloji yo`q: jamiyatga nisbatan aksiyadorlar ularning talablari ijro etish uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul qilinadigan so`nggi navbatdagi kreditorlarni o`zida namoyon etishadi.
Aksiyadorlarining kompaniyadan chiqishi tufayli yuzaga kelgan uning aksiyalari kursining tushib ketishi yangi investitsiyaarni jab etish imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Aksiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning o`sishi emas, balki o`ziga tegishli aksiyalar paketlarining kurs qiymatidan yutishdan iborat. Ushbu maqsadga aksiyalar bozor kotirovkalarining o`zgarishi tendensiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali erishiladi. Bu esa, o`z navbatida, aksiyador ijtimoiy-iqtisodiy missiyasining amalga oshirilishiga olib keladi. Uning sa’y-harakatlar tufayli sarmoya harakatining tezligi keskin oshadi.
Yuqorida bayon qilingan fikrlarni umumlashtirib, o‘tgan davrda amalga oshirgan keng ko‘lamli ishlarimiz ham, joriy yildagi va undan keyingi yillardagi barcha sa’y-harakatlarimiz ham yagona ezgu maqsadga – xalqimizning hayot darajasi va sifatini yuksaltirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidlamoqchiman.