Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnoma
Qaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo`lgan munosabatlarining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o`zaro hamkorlik natijalariga
«tabiiy omillar» ta’siridan qat’i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo`lga kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo`lgan tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e’tirozlardan voz kechadi.
«Yollash to`g`risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish beruvchining o`zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan betaraf. Bozor kon’yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab qanday bo`lishidan qat’i nazar, u mehnati uchun qat’iy belgilangan mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o`zida qaysi harakatlarni amalga oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko`rsatilmaydi, harakatlar xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo`lishidan kelib chiqadi. Amalda yollash to`g`risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning ish beruvchining qarorlariga bo`ysunishi zarurligini qayd etadi.
Endi yuqorida aytilganlarni qat’iyroq shaklda namoyon etamiz. Shartnoma tuzish pallasida uning amalga oshirilishiga shartnoma ishtirokchilarining nazorati ostida bo`lmagan yeivoqealar ta’sir ko`rsatishi ma’lum, deylik. Shu bilan birga ushbu rivoqealarning sodir bo`lishi ehtimoli ham ma’lum. U holda yollash to`g`risidagi shartnomani tuzishda ish beruvchi tomonidan yollanma xodim shartnomaning amalga oshirilishi pallasida qanday yeivoqea sodir bo`lishiga qarab bajarishi uchun xivazifani tanlash tartibi tafsirlanadi. Yollash to`g`risidagi shartnomada butun Xvazifalar yig`indisi haqida kelishib olinadi, shulardan ish beruvchi, bunda o`zining foydalilik funksiyasini maksimallashtirgan holda xini tanlashi mumkin. Ya’ni yollash to`g`risidagi shartnoma deb Xvazifalar yig`indisining unda funksiyaning maksimal qiymati
EU[plxl(el) Q p2x2(e2) Q ...Q pkxk(ek)],
bu yerda xl, ..., x kє X bo`lgan tafsirsiga aytiladi, bu yerda EU – ish beruvchining kutilayotgan foydaliligi. Yollash to`g`risidagi shartnomaga sotishto`g`risidagishartnomamuqobil hisoblanib, unda ehtimoliy vazifalarning yig`indisi emas, balki bajarish uchun qabul qilinadigan va yeivoqealar sodir bo`lishining ma’lum ehtimolligi asosida belgilangan muayyan vazifalar haqida kelishib olinadi. Shunday qilib, sotish to`g`risidagi shartnoma quyidagi funksiyaning qiymati maksimal bo`ladigan (shartnomaning amal qilish muddati mobaynida) kelgusidavrlarda bajarish uchun qabul qilinadigan vazifalarni belgilab beradi:
rlU[xl(yel)]Qp2U[x2(e2)]Q...QpkU[xk(ek)],
bu yerda U – bitim ishtirokchilarining xitopshirig`ini bajarishdan umumiy foydaliligi.
Yollashto`g`risidagishartnoma – xatarga betaraf bo`lgan shaxs va xatarga qarshi shaxs o`rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalgaoshirilishimumkinbo`lganvazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. Bunda xatarga qarshi shaxs xatarga betaraf bo`lgan shaxsga o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini topshiradi.
Sotishto`g`risidagishartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo`lgan shaxslar o`rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalgaoshiriladiganvazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Sotish to`g`risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga nisbatan betaraf bo`lib, kutilayotgan voqealar sodir bo`lmasligi va shartnomada qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo`lmagan ehtimollikka ko`nishga tayyor bo`lgan taqdirda tuzilishi mumkin.
Demak, sotish to`g`risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Yollash to`g`risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o`zaro hamkorligining institutsional doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf bo`lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o`zlarining kelgusida «tabiiy» omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. Shaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi ustidan nazoratqilishhuuqiningixtiyoriyravishdatopshirilishiyuz beradi. Huddi
resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin.
Shunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan kompensatsiya olishiga ishonsa, o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining topshirilishidan manfaatdorhisoblanadi.
Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o`z harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo`ladi:
oddiy,uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;
murakkab,bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir vaqtning o`zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo`lga kiritadi;
pesonafikatsiyalangan,unda nazorat qilish muayyan shaxsga topshiriladi;
pozitsion,u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.) muayyan mavqega ega bo`lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi.