Endi yollash to`g`risidagi shartnoma bilan sotish to`g`risidagi shartnomani o`zaro taqqoslagan holda, bevosita shartnoma tarkibini muhokama qilishga kirishamiz. Shartnomaning uchta bazaviy xili ma’lum – klassik,implitsitva neoklassik.
Klassik shartnoma, unda o`zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to`la- to`kis belgilangan, sotish to`g`risidagi shartnomadan hosil bo`lgan shartnoma.
Implitsit (bundan «implitsit», ya’ni oxirigacha kelishilmagan shartnoma atamasi kelib chiqqan) shartnoma esa, aksincha, o`zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi. Bunday shartnoma yollash to`g`risidagi shartnomadan hosil qilingan. Neoklassik yoki gibrid,«munosabatli»shartnoma o`zida ham yollash to`g`risidagi shartnomaning, ham sotish to`g`risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo`lganida uning harflariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Quyidagi jadval yordamida uchta xildagi shartnomaning tarkibi va parametrlarini solishtiramiz.