M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-BOB. TRANSAKSIYA VA TRANSAKSIYA XARAJATLARI



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə39/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

6-BOB. TRANSAKSIYA VA TRANSAKSIYA XARAJATLARI


    1. Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi

    2. Kouz teoremasi

    3. Transaksiya xarajatlari

    1. Mulkdorlar o`rtasida huquqlarning taqsimlanishi

Respublikamizda o`tish davri islohotlari sharoitida resursga nisbatan mulkchilik huquqini, odatda, alohida huquqlar egalari hisoblangan bir necha mulkdorlar o`rtasida taqsimlash amaliyoti keng qo`llanildi. Ushbu taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi asosiy o`rin egalladi.
Mamlakatimizda davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ayniqsa mulkchilik huquqlarini tafsirlash bo`yicha bosqichma- bosqich amalga oshirilgan «o`zbek modeli»ga asos solindi. Yirik davlat
korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturiga muvofiq OAJ doirasida mulkchilik huquqlarini taqsimlashning turli variantlari nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasining a’zolari aksiyalar umumiy summasida ma’lum (10) foiz miqdorida, lekin har bir xodimga ko`pi bilan eng kam ish haqining belgilangan (20 yoki 25) baravari summasida imtiyozli (ovoz bermaydigan) aksiyalarni olish huquqiga ega bo`lishdi. Natijada, mulkchilik sub’ektlari va huquqlarining taqsimlanishi 5.1-jadvaldagi ko`rinishga ega bo`ldi.
Mulkchilik huquqlarining jadvaldagi taqsimlanishi birlamchi taqsimot bosqichi hisoblanadi. Ushbu bosqichda, ya’ni huquqlarning har biri undan samarali foydalanishdan manfaatdor bo`lgan mulkdorning qo`lida bo`lgan vaziyatda mulkning optimal tarkibiga erishish muhim o`rin tutadi. U yoki bu imkoniyatli mulkdorning mulkchilik huquqlaridan samarali foydalanishdan manfaatdorlik darajasi haqida mulohaza yuritishda Kouz teoremasi asos bo`lib xizmat qiladi.




Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin