Kouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal komissiyasi» (1959) va «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) maqolalarida ifodalangan, lekin Kouzning o`zi teorema atamasini ishlatmagan [47]. R.Kouz qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi: mulkchilik huquqlarini taqsimlash bozor mexanizmi asosida kechadi va u ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining oshishiga olib keladi, demak, yakuniy natija huquqiy qarorga bog`liq emas. Kouzteoremasining to`liq mazmuni shunday ifodalanadi:
Agarmulkchilikhuquqlarianiqtafsirlanib,transaksiyaxarajatlarinolgatengbo`lsa,uholda,agardaromadsamarasidanfikrniboshqatomongabursak,mulkchilikhuquqlariningtaqsimlanishidagio`zgarishlardanqatinazar,ishlabchiqarishningtarkibio`zgarmasdanqoladi. Boshqacha qilib aytganda, mulkchilik huquqlarining dastlabki taqsimlanishi ishlab chiqarishning tarkibiga ta’sir o`tkazmaydi. Chunki pirovardida huquqlarning har biri ushbu huquqdan eng samarali foydalanish asosida u uchun eng yuqori narxni taklif etishga qodir bo`lgan mulkdorning qo`lida bo`ladi. Teorema shartiga ko`ra, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Shu nuqtai nazardan mulkni isloh qilishning birinchi bosqichida egalik qilish huquqini mehnat jamoasimi, korxona ma’muriyatimi, Davlat mulki qo`mitasimi yoki boshqa tizimmi, kim qo`lga kiritganligi muhim emas, pirovardida bu huquqni undan haqiqiy manfaatdor bo`lgan va samarali mulkdor qo`lga kiritishidir.
Kouz teoremasining yana bir xususiyati shundaki, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan. Masalan, oldingi bobda keltirilgan ikki fermerning ikki yaylovdagi mulkiy xuquqlarining o`zgarishi bo`yicha ayrim vaziyatlar tahlilini chuqurlashtirish kerak bo`ladi. Xususan, birinchi fermer o`z yayloviga borishi uchun boshqa fermerning yaylovidan o`tishga to`g`ri kelsa, bunday vaziyat (poda o`tgan yo`lakda boshqa fermer yaylovining payxon bo`lishi yoxud mollar sonining ko`payishi)da o`zaro qo`shimcha kelishuvlarni taqozo etadi. Yana bir boshqa misol sifatida bir xonada o`tiradigan ikkita xodim (kashanda va sigaret tutuni mehnat unumdorligiga salbiy ta’sir etadigan shaxs)ning o`zaro kelishuvini tashkil etishni keltirish mumkin.
Kouz teoremasini ko`rib chiqish huquqlarni mulkdorlar foydasiga eng samarali tarzda qayta taqsimlash jarayonida o`rin tutadi. Mamlakatimizda huquqlarni qayta taqsimlash jarayoni deyarli huquqlarni dastlabki tafsirlashdan so`ng darhol boshlandi. Ya’ni, davlat korxonalari xususiylashtirilib, aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Bunda aksiyalar yo korxona ishchilari va ma’muriyatining, yoki tashqi investorning qo`liga o`tdi. Aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan yirik korxonalarning aksariyatida davlat, tashqi investor nazorati amal qiladi.
Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlashning avvalgi bosqichida aksariyat korxonalarga egalik qilish huquqi mehnat jamoasining qo`lidan davlat, ma’muriyat va kam hollarda tashqi sarmoyador qo`liga o`tdi.
Chunki, davlat mulkini o`zgartirish yo`li bilan tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida huquqlarni taqsimlash ancha murakkab kechadi. Ushbu korxonalarda yuzaga kelgan mulkchilik munosabatlarini ta’riflash uchun borgan sayin «qayta guruhlashgan» (D.Stark) yoki «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk atamalari ko`proq ishlatilmoqda. Qayta guruhlashgan mulk deganda qonun bilan mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi» tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni
qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi.
Qayta guruhlashgan mulkchilik shakli paydo bo`lishining asosiy ma’nosi aktivlarni tezkor qayta guruhlash hamda xatarlarni xijerlash va taqsimlash imkonini beruvchi passivlarni birlashtirish uchun zamin yaratishdan iborat. Xususan, korxonalarning o`zaro katta hajmdagi qarzlarini bartaraf etishda korxonalarga faoliyat ko`rsatishni davom etish imkonini beruvchi o`zaro nazorat mexanizmlarining mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Shuningdek, bankrotlik ehtimoli yuzaga kelgan taqdirda esa korxona aktivlarni qayta guruhlagan holda, majburiyatlarni bajarish uchun resurslarning topilishi osonlashadi.