Uchinchishaxslardanhimoyalashxarajatlari- uchinchi shaxslar (davlat, uyushgan jinoyatchilik va h.k.)ning bitim natijasida olinadigan foydali samara qismiga e’tirozlaridan himoyalash xarajatlari
Transaksiya xarajatlarining bunday tasniflanishi ularni miqdoriy baholash masalasiga nisbatan mikro va makroiqtisodiy darajada yondashish imkonini beradi. Masalan, kvartiradan foydalanish huquqining mulkdor tomonidan ijarachiga topshirilishini nazarda tutuvchi kvartirani ijaraga olish bo`yicha bitim tuzishda ijarachining transaksiya xarajatlari quyidagi shakllarga ega bo`ladi:
Kvartira ijarasi bo`yicha transaksiya xarajatlari
6.4.-jadval
Xarajat mazmuni
Xarajat shakli
Ijaraga topshiriladigan kvartiralar, uy-joy bozoridagi narxlar haqidagi axborotni qidirib topish xarajatlari: maxsus nashrlarni xarid qilish va e’lonlar bo`yicha qo`ng`iroqlar yoki rieltorlik firmasiga murojaat etish;
Pul shaklidagi xarajatlar va vaqt sarflari;
Tanlangan kvartiralar mulkdorlari bilan ijaraning alohida shartlari haqida muloqatlar olib borish xarajatlari;
Vositachi sarflari va vaqt sarflari;
Tanlangan kvartiralarni borib ko`rish jarayonida uy- joy sifatini baholash xarajatlari
Vositachi zimmasiga
yuklatish mumkin bo`lgan vaqt sarflari va transport xarajatlari
Ijara shartnomasini yuridik rasmiylashtirish, uni notarial tasdiqlash xarajatlari;
Pul shaklidagi xarajatlar;
Mulkdorning ijara shartlarini o`zgartirish (ijara to`lovini oshirish) bo`yicha opportunizmni oldini olish xarajatlari;
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan e’tiroz bildirgan va G’ yoki shartnomani muddatidan oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal qilishi muddatiga berilgan foydalanish huquqini himoya qilish xarajatlari
Vaqt sarflari va sudga murojaat etish bilan bog`liq pul shaklidagi xarajatlar
.
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlarini miqdoriy baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil qilish, yoki o`rtacha soatlik ish haqiga ko`paytirilgan bevosita pul xarajatlari va vaqt sarflarini qo`shish yordamida erishish mumkin.