M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


-jadval Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə49/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

7.2-jadval Korxonalarda (implitsit shartnoma asosida) amalga oshiriladigan


faoliyat turi ulushining tahlili

Faoliyat turi

Mustaqil ravishda (implitsit shartnoma asosida) bajarish ulushi, foizda

1990-1992
yy.

1994-1995
yy.

1996-1998
yy.

1. Ilmiy-tadqiqot va tajriba konstrukturlik ishlanmalari (ITTKI)

100

70

50

2. Qurilishni loyihalashtirish

50

60

50

3. Qurilish-montaj ishlari

72

44

45

4. Jihozlarga xizmat ko`rsatish

65

63

63

5. Asbob-anjomlar ishlab chiqarish

73

77

73

6. Idishlar ishlab chiqarish

68

51

71

7. Issiqlik ta’minoti

100

10

10

8. Transport xizmati

75

72

82

Manba: horij ekspert baholari ma’lumotlari.
Faoliyatning ma’lum turini mustaqil ravishda amalga oshiruvchi korxonalar ulushining eng tez qisqarishi ITTKI, qurilish-montaj ishlari va issiqlik ta’minoti sohasida kuzatiladi. Tabiiyki, bu ushbu faoliyat turlari klassik shartnomadan foydalanish xarajatlarining pasayishi bilan bog`liq. Aksincha, klassik shartnoma asosida transport xizmatlariga ega bo`lish xarajatlari ko`rib chiqilayotgan davrda korxonaning tarkibiy transport bo`linmasini barpo etishga nisbatan oshdi.

Firma ichki tuzilmalarining turli variantlarini ham huddi shu tariqa taqqoslash mumkin. Butlovchi qismlarning alohida turlarini ishlab chiqarish bilan shug`ullanuvchi tarkibiy bo`linmalar yo unitar, yoki xolding, yoxud multidivizional tuzilma doirasida o`zaro hamkorlik qiladi, deylik. Unda barcha axborot oqimi markazlashgan unitar tuzilmada axborotni qidirish xarajatlari eng kam va xolding tuzilmada eng yuqori, chunki bo`linmalar hatto faqat moliyaviy ko`rsatkichlarni nazorat qiluvchi bosh ofisda ham bir biri haqidagi axborotga ega bo`la olmaydi. Muzokaralar yuritish xarajatlari unitar korxonada eng kam, bo`linmalari tarqoq joylashgan xoldingda esa - eng yuqori. O`lchash xarajatlari xoldingda yuqori, u yerda yagona standartlarni joriy etish vazifalari qo`yilmaydi. Shartnoma tuzish xarajatlari bosh ofis va bo`linmalar o`rtasidagi huquqlarni chegaralash qiyinligi tufayli multidivizional tuzilmada eng yuqori. Monitoring xarajatlari xoldingda eng past. U yerda bo`linmalarning opportunistik xatti- harakatlari ustidan nazorat bozor mexanizmlari asosida amalga oshiriladi. Transaksiya xarajatlari miqdorining tafsiloti 10.3-jadval ko`rinishida berilgan.

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin