M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə58/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

Fridrix fon Xayek.


Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to`liq hajmdagi axborot bilan ta’minlovchi mexanizm bo`lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx shakllanishi to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas, «agent»ning o`z mehnatining yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo`lgan taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to`liq axborotni o`zida mujassamlantiradi.
Demak, tashkilotning o`sishiga qarab aylanadigan axborotning murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi, lekin ular samaradorlik bo`yicha narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo`ladigan ko`plab bosqichlarni o`z ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a’zolari ega bo`ladi.
Ajoyib axborotga ega bo`lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor emaslar. Haqiqatdan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o`z foydaliligini ko`paytirishga urinishlari, ular tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma tuzilishida qabul qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir qat’iy belgilangan darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko`zda tutilmagan holatlar sodir bo`lgan taqdirda, yollash to`g`risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot kafolatini olib, «agent»ning o`zi unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida faoliyat natijasini o`z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun’iy» kutilmagan holatlarni tashkil etishga urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan
«agentlar»ning o`z faoliyati natijalarini o`zlashtirishda ishtirok etishga opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai nazardan talqin etish lozim.
«Prinsipal-agent» muammosi - «agent»ning «prinsipal» topshirig`i va ko`rsatmasini bajarishdagi nayrangi. Nayrang qilish axborot asimmetriyasi va «agent» faoliyati ustidan nazorat qilishning yuqori darajasi tufayli mumkin bo`ladi.

Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko`rsatishi ajoyib axborotga ega bo`lish oqibati sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat qilishi imkoniyatini tug`dirishi muqarrar. Shuning uchun «prinsipal-agent» muammosi ma’naviy xatar vaziyatida tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi: «prinsipal» «tabiiy» xatarlardan sug`urtalovchi rolida, «agent» esa (sog`liq ahvoli, kutilayotgan daromadlar va h.k. haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug`urtalanuvchi rolida ishtirok etadi. Eng muhim masala bu yerda «agent» tomonidan ishonchli axborotning tarqatilishiga ko`maklashuvchi yoki, aksincha, unga to`sqinlik qiluvchi rag`batlar tizimini barpo etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan rag`batlantiriladi. Aksincha, «prinsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy variantida axborot asimmetriyasi va opprtunizm istiqbollari «agent»ni «prinsipal» bilan nayrang qilishga undaydi.



    1. Yüklə 4,4 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin