Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
Individlar uchun mulkchilik huquqlarini o`rnatish hamda bu huquqlarga ularning amal qilish zarurati qonunga ixtiyoriy bo`ysunish normalari bilan o`zaro uzviy bog`langan. Mulkchilik huquqlari individlar o`rtasida yuzaga keladigan o`zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri hisoblanadi.
Mulkchilik xuquqlarini tahlil qilish uchun ikkita fermer o`z podalarini biri past hosildor bo`lgan ikkita yaylovda o`tlatishi misolini ko`rib chiqamiz [47]. Berilgan holatga ko`ra, yem-hashak zahiralari ushbu yaylovlarning har birida bir vaqtning o`zida ikkita podani o`tlatish imkonini bermaydi.
Fermerlarning yaylovlaran foydalanish imkoniyatlari
4.2.-jadval
Ko`rsatkichlar
|
2-fermer
|
Birinchi yaylovda o`tlatish -R2
|
Ikkinchi yaylovda o`tlatish-1- R2
|
1-fermer
|
Birinchi yaylovda o`tlatish - R1
|
2; 2
|
8; 4 [N2 R2 R St1]
|
Ikkinchi yaylovda o`tlatish -1- R1
|
4; 8 [N1 R1 St2]
|
1; 1
|
Ushbu holatda Pareto bo`yicha optimallik nuqtai nazaridan ikkita bir xil yakun (4; 8) yoki (8; 4) mavjud. Yakunlardan birini qayd etuvchi institutsional qarorlar bir nechta bo`lishi mumkin. Ulardan eng oddiysi yaylovdan foydalanishdagi ustuvorlikni unga birinchi bo`lib o`z podasini olib kelgan fermerga beruvchi qoidani qo`llashdan iborat. Kelish tartibi bo`yicha noyob resurs (yaylov)ni taqsimlash - navbat instituti faoliyat ko`rsatishining asosida yotuvchi tamoyillardan birini aks ettiradi. Biroq navbat institutidan foydalanish podani qaysi yaylovga olib borish to`g`risida qaror qabul qilish vaqtida fermerlarning ikkilanishini kamaytirmaydi, balki oshiradi. Bundan tashqari, ikkilanish undan keyin ham har safar yaylovni tanlashda takrorlanadi.
Yaylovda mulkchilik huquqlarining o`rnatilishigina masalani hal etishning muqobil varianti bo`ladi. Masalan, 1-fermer birinchi yaylovning, 2-fermer esa ikkinchi yaylovning mulkdori hisoblansin. Hatto fermerlarning nafliligi nuqtai nazaridan bunday qarorning nomutanosibligini hisobga olgan holda, ikkalasining ham manfaatlari yo`lida mulkchilik huquqlarini tan olish va hurmat qilish lozim. Kam hosilli yaylovni oluvchi ikkinchi fermerning mulkchilik huquqlari joriy etilgunga qadar va undan keyingi nafliligini taqqoslaylik.
Mulkchilik huquqlari o`rnatilgunga qadar ikkinchi fermer, agar u podasini birinchi yaylovga olib borsa, 2 R1 Q 8 (1- R1) q 8-6R1 ga, agar u podasini ikkinchi yaylovga olib borsa, 4 R1 Q 1 (1- R1) q 3R1 Q 1 ga ega bo`ladi. So`ngra, ikkinchi fermer tomonidan birinchi yaylovning tanlanishi ehtimolini hisobga olgan holda, R1, EU q R2 (8-6R2) (3R1Q1)ga, oddiy holatda R1 q R2 q 1G’2 ga ega bo`lamiz, bu EU q 3,75 ni beradi. Mulkchilik huquqlari o`rnatilganidan keyin esa ikkinchi fermerga 4; ya’ni, 4>3,75 ga teng bo`lgan yutuq kafolatlangan.
Ikkala fermer ham bir vaqtning o`zida bitta yaylovdan foydalangan hollarda past yutuqlarga erishishiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Mazkur holat ochiq
foydalanishda bo`lgan resurslarni nooqilona iste’mol qilishda o`z aksini topadigan
«jamoat mulki fojiasini» namoyon etadi. Bunday resurslardan foydalanishning xususiy va jamoat sarf-xarajatlarining nomuvofiqligi ularning tugashiga olib keladi. Boshqacha aytganda, resursga nisbatan mulkchilik huquqlari aniq o`rnatilmagan hollarda uning iste’mol qilinishi salbiy tashqi ta’sirlar yoki eksternallarning paydo bo`lishi bilan bog`liq. Yana misol tariqasida ikkala fermer tomonidan bir vaqtning o`zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni ko`rib chiqaymiz. Misolda ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning yeri va mehnati hisobga olinsin.
Faraz qilaylik, yaylovga qo`shimcha mehnat birligi sarflangan, ya’ni birinchi fermer egallagan yaylovga ikkinchi fermer o`z podasini olib keldi. Ushbu holatda qo`shimcha mehnat sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (yetishtirish) umumiy hajmi oshgani holda qo`shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi pasayadi va o`rtacha mahsulotning kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy mulkchilikda bo`lsa, u holda mulkdorning shaxsiy sarf-xarajatlari ko`proq samara keltiradi va renta eng yuqori bo`ladi. Agar yaylov umumiy foydalanishda bo`lsa, mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo`qoladi. Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, ta’kidlash lozimki, mulkchilik huquqlarining o`rntilishi kamida ikkita sababga ko`ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya’ni ularning o`zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish) kamayadi va resurslardan foydalanish optimallashadi.
Dostları ilə paylaş: |