M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə17/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

Takrorlash uchun savollar


  1. Iqtisodiyot konstitutsiyasi tushunchasining mohiyatini sharhlang.

  2. Agar buyruqbozlik iqtisodiyoti hatto surunkali taqchillik mavjud bo`lganda ham barqaror holatda turuvchi tizimni o`zida namoyon etgan bo`lsa, u holda o`tish iqtisodiyotining tub beqarorligining sabablari nimada?

  3. Buyruqbozlik iqtisodiyotining unsuri hisoblangan utilitarizm normasi utilitarizmning bozor normasidan nima bilan farq qiladi?

  4. Amerikalik mashhur siyosatshunos va iqtisodchi Frensis Fukuyama o`zining so`nggi kitoblaridan birida bozor iqtisodiyotidagi ko`tarilish va pasayishlarni uning sub’ektlari o`rtasidagi ishonch orqali ko`rib chiqadi. Bunday yondashuv qanchalik asosli?

  5. Huquqiy an’analardagi asosiy huquqlarning farqlanish xususiyatlarini izohlang.

  6. Lizing misolida bitim ishtirokchilarining manfaatlarini himoyalash va ijaraga beriladigan mol-mulkdan samarali foydalanishga undash nuqtai nazaridan fuqarolik huquqiga nisbatan umumiy huquqning ustunligini ko`rsating.

  7. Bir buyumning bir necha egasi bo`lishi mumkinmi? Bir necha mulkdorlarning mavjud bo`lishi buyumdan samrali foydalanishga to`sqinlik qiladigan shart-sharoitlarni ko`rsatib bering.
  1. BOB. MULKCHILIK ShAKLLARI RIVOJLANISHINING EVOLYUTSIYASI


    1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili

    2. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari

    3. Mulkiy xuquqlar




    1. Mulkchilik ta’riflarining tahlili

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat iste’molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o`z hoxishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart (54-modda)”. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan. Ushbu Kodeksda mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167- modda) ta’kidlanadi.
Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan- tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk – resurslar cheklanganligi sharoitining oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining yagona vositasi hisoblanadi. Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, mulkiy huquqlar tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va boshqalar) bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo`jaliklar va shaxslar o`zaro munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi. Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to`lig`i mulkchilik huquqidir. Ushbu huquq shaxs va jamiyat uchun o`zaro qarama-qarshi bo`lgan begonalashuv xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda mulkchilik munosabatlari umumiy tan olingan yagona ta’rifga ega emasligi sababli qator talqinlar mavjud (4.1-jadval).


Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin