Mulkchilik institutiga oid talqinlarning turkumlanishi
4.1-jadval.
Yondashuvnomi
Mulkchilikningasosiybelgilari
1. Klassik yo`nalish
Daromad keltirish qobiliyati mujassamlangan sarmoya
2. Faylasuflar va neoklassiklar
Tashqi dunyo ob’ektlar ustidan nazoratni ularni o`zlashtirib (egallab) olish asosida amalga oshirish
3. Dialektik usul tarafdorlari
Shaxsning tabiatdan ham, ijtimoiy hayot jamoatchiligidan ham begonalashishida hamda ishlab chiqaruvchini ishlab chiqarish vositasidan ajratishda namoyon bo`luvchi ijtimoiy aloqalarni tarkiblash, murakkablashtirish shakli
4. Nemis tarixiy maktabi
Ijtimoiy o`zaro hamkorlikning asosiy tamoyili hisoblangan ahloq normasida jamiyat tomonidan oliy va muqaddas qadriyat hamda individ mustaqiligining kafolati.sifatida tan olish
5. Neoinstitutsional yo`nalish
Turli shaxslar o`rtasida bir buyumda turli huquqlarning namoyon bo`lish imkoniyati. buyumga qarashli vakolatlar tutami
6. Xuquqshunoslar
Shaxsning buyum ustidan hukumronligi va boshqa shaxslar imkoniyatlarini cheklash.
7. Sotsiologlar
Iqtisodiy buysundirish asosida ijtimoiy iyerarxiyani o`rnatish usuli
8. Ernando de Soto (Peru)
Qiymatga aylanishda ishtirok etish va daromad keltirish qobiliyati
Jadvaldan ko`rib turganimizdek, mulkchilikni o`zlashtirib olish bilan tenglashtirish neoklassik iqtisodiy tafakkur vakillariga xos bo`lsa, huquqshunoslar uchun shaxsning buyum ustidan hukumronligi imkoniyatlarini chegaralash
mulkdan boshqa shaxslarning ziyoniga foydalanishga ruxsat bermaslik sifatida ta’riflanadi. Mulkchilik – bu shaxs va buyum o`rtasidagi emas, balki insonlar o`rtasidagi munosabat sifatida gavdalanishi kerak. Mulkchilik huquqlari nazariyasi nafaqat boshqaruv, xavfsizlik, merosga topshirish huquqlarini qo`shgan holda huquqlar to`plamini kengaytiradi, balki huquqlarning o`zlarining aylanuvchanligiga, oldi-sotdi ob’ektlari bo`lib buyumlarning o`zi emas, balki ularga nisbatan huquq hisoblanishiga e’tiborni qaratadi. Masalan, yer uchastkasidan foydalanish huquqi; mol-mulkdan foydalanishdan keladigan daromadni olish huquqi va b.
Xuquqshunoslarning fikricha, mulk – bu mutlaq huquq. Mulkdorga qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsa ruxsat etilgan. Mutlaq huquq ijobiy cheklov emas, balki salbiy cheklov (nima mumkin emas) bilan yoritiladi.
Agar huquqlarning muayyan to`plami, masalan, A.Onore tomonidan sanab o`tilgan 11 ta huquqning aksariyati ikkilamchi hisoblanadi. Misol uchun, xavfsizlik huquqini olaylik. Uning o`zi yetarli emas, chunki huquq faqat davlat tomonidan muhofaza qilingan taqdirda, klassik nuqtai nazardan huquq hisoblanadi. Voz kechish huquqi – bu tasarruf etish huquqining bir qismi. Javobgarlik huquqi mulkchilik huquqini emas, umuman fuqarolik huquqini o`zida namoyon etadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan turli huquqlarni hisoblab chiqish texnikasi o`ta samarali. Mulkdor, mulkdorligicha qolib, foydalanish huquqidan ham, boshqarish huquqidan ham, daromad olish huquqidan ham vaqtinchalik voz kechishi mumkin. Tovar esa nafaqat o`zining jismoniy xususiyatlarining yig`indisi sifatida, balki imkoniyatlar va cheklovlarning ma’lum to`plami sifatida namoyon bo`ladi. Biroq, boshqa muhim iqtisodiy mavhumlik singari
qiymat, mulk tarkibiy qismlarga bo`linadi, lekin ulardan tarkib topmaydi. Shuning uchun mulkchilikni huquqlarning murakkab tutami sifatida ta’riflash mazmunga emas, balki texnologik xususiyatga ega.