Xufyonalik mulkchilik huquqlarining xufyona tizimi «qonunga bo`ysunish narxi» xufyona iqtisodiyotning turli unsurlari: norasmiy, sohta va kriminal iqtisodiyot. Xufyona iqtisodiyot o`lchamlarini baholash yondashuvlari: monetar usul, xarajatlar va daromadlar balanslari usuli, bandlikni tahlil qilish usuli, texnologik koeffitsiyentlar usuli, uy xo`jaliklari va korxonalar rahbarlari o`rtasida so`rov o`tkazish usuli, sotsiologik usul. Xufyonalik narxining unsurlari: huquqiy
sanksiyalardan bosh tortish bilan bog`liq xarajatlar, daromadlar transferti bilan bog`liq xarajatlar, soliqlar va ish haqiga hisoblab yozishlardan bosh tortish bilan bog`liq xarajatlar, qonuniy qayd etilgan mulkchilik huquqlarining mavjud emasligi bilan bog`liq xarajatlar, shartnoma tizimidan foydalanishning imkonsizligi bilan bog`liq xarajatlar, xufyona bitimning mutlaq ikki tomonlama xususiyati bilan bog`liq xarajatlar, nizolarni hal etishning xufyona tartibotlaridan foydalanish xarajatlari. «Mafiya» atamasi, «sha’n odami», hamkorlikning «o`ziniki» va
«begona» toifasi.
Takrorlash uchun savollar
Faqat iqtisodiyotning xufyona sektori sub’ektlariga nisbatan repressiya choralarini qat’iylashtirish yordamida ushbu sektorning o`lchamlarini qisqartirishga erishish mumkinmi?
Xufyona sektor yalpi ichki mahsulotida yuqori ulushga bilan tavsiflanadigan mamlakatda bozor islohotlarining dastlabki bosqichlari qanday bo`lishi kerak?
Bozor islohotlari siyosatining standart dasturiga qanday tuzatishlar kiritilishi lozim?
Xufyona iqtisodiyotning qanday unsurlari mavjud?
Xufyona iqtisodiyot o`lchamlarini baholash yondashuvlarini izohlang.