M. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnoma



Yüklə 4,4 Mb.
səhifə32/83
tarix24.11.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#133596
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas

Sotish to`g`risidagi shartnoma va yollash to`g`risidagi shartnoma


Qaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo`lgan munosabatlarining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o`zaro hamkorlik natijalariga
«tabiiy omillar» ta’siridan qat’i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo`lga kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to`g`risidagi shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo`lgan tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e’tirozlardan voz kechadi.
«Yollash to`g`risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish beruvchining o`zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan betaraf. Bozor kon’yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga bo`lgan talab qanday bo`lishidan qat’i nazar, u mehnati uchun qat’iy belgilangan mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o`zida qaysi harakatlarni amalga oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko`rsatilmaydi, harakatlar xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo`lishidan kelib chiqadi. Amalda yollash to`g`risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning ish beruvchining qarorlariga bo`ysunishi zarurligini qayd etadi.
Endi yuqorida aytilganlarni qat’iyroq shaklda namoyon etamiz. Shartnoma tuzish pallasida uning amalga oshirilishiga shartnoma ishtirokchilarining nazorati ostida bo`lmagan yei voqealar ta’sir ko`rsatishi ma’lum, deylik. Shu bilan birga ushbu ri voqealarning sodir bo`lishi ehtimoli ham ma’lum. U holda yollash to`g`risidagi shartnomani tuzishda ish beruvchi tomonidan yollanma xodim shartnomaning amalga oshirilishi pallasida qanday yei voqea sodir bo`lishiga qarab bajarishi uchun xi vazifani tanlash tartibi tafsirlanadi. Yollash to`g`risidagi shartnomada butun X vazifalar yig`indisi haqida kelishib olinadi, shulardan ish beruvchi, bunda o`zining foydalilik funksiyasini maksimallashtirgan holda xi ni tanlashi mumkin. Ya’ni yollash to`g`risidagi shartnoma deb X vazifalar yig`indisining unda funksiyaning maksimal qiymati
EU[plxl(el) Q p2x2(e2) Q ...Q pkxk(ek)],
bu yerda xl, ..., x k є X bo`lgan tafsirsiga aytiladi, bu yerda EU – ish beruvchining kutilayotgan foydaliligi. Yollash to`g`risidagi shartnomaga sotish to`g`risidagi shartnoma muqobil hisoblanib, unda ehtimoliy vazifalarning yig`indisi emas, balki bajarish uchun qabul qilinadigan va yei voqealar sodir bo`lishining ma’lum ehtimolligi asosida belgilangan muayyan vazifalar haqida kelishib olinadi. Shunday qilib, sotish to`g`risidagi shartnoma quyidagi funksiyaning qiymati maksimal bo`ladigan (shartnomaning amal qilish muddati mobaynida) kelgusi davrlarda bajarish uchun qabul qilinadigan vazifalarni belgilab beradi:
rlU[xl(yel)]Qp2U[x2(e2)]Q...QpkU[xk(ek)],
bu yerda U – bitim ishtirokchilarining xi topshirig`ini bajarishdan umumiy foydaliligi.


Yollash to`g`risidagi shartnoma – xatarga betaraf bo`lgan shaxs va xatarga qarshi shaxs o`rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv. Bunda xatarga qarshi shaxs xatarga betaraf bo`lgan shaxsga o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini topshiradi.


Sotish to`g`risidagi shartnoma – bir xil darajada xatarga betaraf bo`lgan shaxslar o`rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilishi jarayonida amalga oshiriladigan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Sotish to`g`risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga nisbatan betaraf bo`lib, kutilayotgan voqealar sodir bo`lmasligi va shartnomada qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo`lmagan ehtimollikka ko`nishga tayyor bo`lgan taqdirda tuzilishi mumkin.
Demak, sotish to`g`risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Yollash to`g`risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo`ladigan – xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o`zaro hamkorligining institutsional doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf bo`lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o`zlarining kelgusida «tabiiy» omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. Shaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi ustidan nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi yuz beradi. Huddi
resurslarni tasarruf etish huquqini topshirish kabi shaxs o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqini ham topshirishi mumkin.
Shunday qilib, shaxs, agar u boshqa shaxs tomonidan nazorat qilingan taqdirda katta foyda va (yoki) nazorat qilish huquqi topshirilayotgan shaxsdan kompensatsiya olishiga ishonsa, o`z harakatlari ustidan nazorat qilish huquqining topshirilishidan manfaatdor hisoblanadi.
Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi o`z harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda bo`ladi:

  • oddiy, uning doirasida nazorat aynan unga nazorat qilish huquqi topshirilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi;

  • murakkab, bunda unga nazorat qilish huquqi topshiriladigan shaxs bir vaqtning o`zida ushbu huquqni uchinchi shaxslarga topshirish huquqini ham qo`lga kiritadi;

  • pesonafikatsiyalangan, unda nazorat qilish muayyan shaxsga topshiriladi;

  • pozitsion, u nazoratning muayyan shaxsga emas, balki jamiyatning institutsional tarkibida (davlat apparatida, firmaning ichki tuzilishida va h.k.) muayyan mavqega ega bo`lgan shaxsga topshirilishini nazarda tutadi.

    1. Yüklə 4,4 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin