7.2-расм. Kelishuvlar nazariyasi bo`yicha taxlil
Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin. Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
Xulosa
Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan iborat.
Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar nazariyasi tashkilotlarni
miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas, balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish mumkin.
Tayanch so`zlar va iboralar
Transaksiya
xarajatlari, foydalilikni o`lchash, shartnomalarni qiyoslash,
xarajatlar xillari, firma balansi, daromadlar to`g`risida hisobot,
firma ichidagi nizolar, industrial bozor, an’anaviy va fuqarolik kelishuvlari.
Transaksiya xarajatlari va foydalilikni o`lchashning o`ziga xos jihatlarini tushuntiring.
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari nimalarda namoyon bo`ladi?