Ish beruvchida o`zining vijdonliligi to`g`risida shubha uyg`otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini aniqlash uchun o`z vaqtining katta qismini yo`qotmagan bilimdon xodimni topish amri mahol.
F.Teylor-mehnatni ilmiytashkilqilish asoschisi
Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz. «Prinsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari 1 ga teng deylik, «agent» tomonidan o`z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik bilan bajarganlik holatlardagi yo`qotishlar esa –2 ga teng, deylik. «Agent» tomonidan o`z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda bo`lingan yoki «ishdanbo`yintovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot olish huquqidan mahrum bo`lishini hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan
«agent»ning o`zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi: