«Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko`rsatishi bilan bog`liq quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat buyuk monstr – Leviafanga aylanib, o`z nazorati sohasini tomonlar bilan aniq kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 yildayoq mashhur ingliz faylasufi Tomas Gobbs o`zining aynan «Leviafan» deb nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo`llash uchun monopoliya huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi? Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar haqini to`lashdan bosh tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa kabi, o`zlarini opportunistlarcha tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega.
Ikki taraflama «prinsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga qarab, davlatning turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob- kitoblardan hosil bo`lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga ko`maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo`ladigan davlatdan mutlaq farq qiladi.
O`z navbatida, davlatning ikkita ideal modeli mavjud. Biz, D.Nort bo`yicha,
«shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o`tilgan muammolarni hal etish chog`ida paydo bo`ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to`siq mavjud bo`lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O`zaro munosabatlarning ikkala tomoni ham, bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko`rgan holda, o`z zimmasiga olgan majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o`rinda har bir modelni batafsil ko`rib chiqamiz.
«Shartnomaviy» davlat
Shartnomaviy davlatning qisqacha ta’rifi shunday bo`ladi: bu – faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo`lida kuch ishlatish monopoliyasidan foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to`lashga majburiyat deb emas, balki o`z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan majburiyat sifatida qaraydi. Boshqacha aytganda, davlatning roli ularda mulkchilik huquqlarini himoya qilishni davlat ixtiyoriga topshirish qulay bo`ladigan bitimlar doirasi bo`yicha kafil roli bilan chegaralanadi. Transaksiya
xarajatlari nolga teng bo`lmagan taqdirda, mulkchilik huquqlarini himoya qilish funksiyasidan tashqari, davlat Kouz nazariyasida yoritilgan huquqlarning optimal taqsimlanishini ko`zda tutgan holda ularni tafsirlash jarayoniga ham aralasha boshlaydi. Shunday qilib, shartnomaviy davlatning maqsadi huquqlarni ularni optimal tarzda tasarruf etishga qodir bo`lgan iqtisodiy sub’ektlar qo`liga topshirish asosida mulkchilik huquqlarining jamiyatning umumiy daromadini oshiradigan tarzda taqsimlanishiga erishishdan iborat. Qanday sharoitda shartnomaviy davlat mavjud bo`ladi?
Davlatfaoliyatininganiqkonstitutsiyaviydoiralariningmavjudbo`lishi.Konstitutsiyada shaxslar tomonidan davlatga topshiriladigan va hech bir sharoitda begonalashtirilishi mumkin bo`lmagan huquqlar eksplitsit tarzda kelishilgan. Bundan tashqari, davlat apparatining o`zi ular asosida faoliyat ko`rsatadigan me’yorlar aniq ifodalangan10.
Fuqarolarningdavlatfaoliyatidaishtiroketishimexanizmlariningmavjudbo`lishi.Fuqarolar davlat faoliyatida ishtirok etishining siyosiy mexanizmlari jumlasiga demokratik tartibotlar kiradi. Biroq demokratiya me’yorlari o`z o`zicha yetarli emas, ular fuqarolar ishtirokining barqaror an’analariga tayanishi lozim, ular ba’zan fuqarolarning umumiy farovonlikning o`sishini ta’minlashdagi roli tufayli ijtimoiy sarmoya deb ataladi. Iqtisodiy sohada fuqarolar ishtirokining an’analari alohida firmalar darajasida o`zini o`zi boshqarishni rivojlantirish shaklini qabul qiladi. Ish o`rnidagi demokratiya umuman jamiyatni demokratlashtirishning unsuri hisoblanadi: inson, agar u davlatni demokratik boshqarishda faol ishtirok etishga intilsa, o`zining kundalik turmushida demokratik o`zini o`zi boshqarish tajribasiga ega bo`lishi lozim.
Mulkchilikhuquqlarinitaqsimlashningasosiymuqobilmexanizmisifatidabozorningexanteinstitutiningmavjudbo`lishi. Davlat mulkchilik huquqlarining bozorda nolli transaksiya xarajatlari chog`ida erishilishi mumkin bo`lgan tarzda taqsimlanishiga erishishni ko`zlaydi. Shuning uchun davlat vaqti- vaqti bilan bozorga taqqoslanmagan holda faoliyat ko`rsata olmaydi.
Mulkchilikhuquqlarinitafsirlashvahimoyaqilishmuqobilmexanizmlariningmavjudligi.«Ovoz»dan foydalanish, ya’ni fuqarolarning davlatning faoiyatida ishtirok etishi bilan bir qatorda «chiqish» - shaxslarning shartnomalar bajarilishining boshqa kafillariga murojat etishining muqobil variantlari ham mavjud bo`lishi kerak. Muqobil kafillar sifatida boshqa davlatlar, davlatni nazorat qiluvchi guruhga muholifat, mafiya, ijtimoiy guruh, hakamlar sud’yasi ishtirok etishi mumkin. Substitutlar qanchalik takomillashgan bo`lsa, davlat shunchalik kam darajada erkinlikka ega, umumiy daromadning shunchalik katta ulushi fuqarolarning qo`llariga tegadi. Shu nuqtai nazardan bir davlat mintaqalari o`rtasidagi hamda davlatlar o`rtasidagi migratsion oqimlar insonlarning samarasiz davlat apparatiga qarshi «oyoqlari» bilan ovoz berish istagini aks ettiradi. Umuman olganda mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish mexanizmlarining «bozori» haqida gapirish mumkin. Ushbu bozorda
10Тамбовцев В. Государство и переходная экономика: пределў управляемости, с. 80-81
shaxslar nafaqat muayyan jamiyat doirasidagi mavjud muqobil variantlar o`rtasida tanlaydi, balki boshqa mamlakatlarda mavjud bo`lgan, tarixda yoki nazariyada mavjud bo`lgan muqobil variantlarni ham hisobga olishadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bunday bozor ayniqsa yaqqol ifodalangan: ushbu bozorning davlatni uning shartnomalarning muqobil kafillari bilan raqobatlashishi jarayonida isloh qilishdagi roli o`ta muhim.