O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyas
Institutsional o`zgarishlar va institutlarning o`zaro bog`liqligi
Institutlar qanday ishlayotganligini, nima uchun ular asrlar mobaynida mavjud bo`lishi va rivojlanishini, ularning “hayotiyligi” yoki barqarorligini tushunish uchun institutsional o`zgarishlarga olib keluvchi sabablarni o`rganib chiqish lozim.
Jamiyatning rivojlanish jarayonida institutlar shaklining o`zgarishi ro`y beradi. Agar rasmiy qoidalarni u yoki bu qonun, farmonni qabul qilib o`zgartirish mumkin bo`lsa, an’analar va urf-odatlarda ifodalanadigan norasmiy cheklovlarni bir kunda o`zgartirib yoki tugatib bo`lmaydi. Ular yana uzoq vaqt amal qilishda va jamiyat rivojiga ta’sir ko`rsatishda davom etadi.
Biroq institutsional tizimning o`zida doimiy ravishda o`zgarishlarga ehtiyoj sezilib bo`lib turadi. T.Veblenning ta’kidlashicha, institutsional o`zgarishlarning asosiy sababi shakllangan institutlar bilan o`zgargan sharoitlar, tashqi muhit o`rtasidagi o`zaro nomuvofiqlik hisoblanadi [40].
D.Nort [40] institutsional o`zgarishlar sub’ekti sifatida yakka tartibdagi tadbirkorni, institutsional o`zgarishlar manbai sifatida esa narxlar nisbatidagi fundamental siljishlarni ajratadi.
O`zgarishlar mexanizmi quyidagicha: nisbiy narxlar tarkibidagi siljishlar ishlab chiqarish omillarining narxlari o`rtasidagi narx ulushiga, axborot qiymatiga va texnologiyalardagi o`zgarishlarga ta’sirni nazarda tutadi. Ushbu o`zgarishlardan ayrimlari ekzogen xususiyatga ega (inqiroz, epidimiya va h.k.), biroq aksariyat o`zgarishlar endogen xususiyatga ega bo`lib, insonlarning joriy faoliyati kengayishi natijalarini aks ettiradi. Narxlar nisbatidagi fundamental o`zgarishlar vaqt o`tishi bilan xatti-harakat eski odatlarining o`zgarishiga va insonlar tomonidan xatti-harakat standartlarini hosil qiladigan omillarning aglab yetilishiga olib keladi. Biroq, narxlar o`zgarishining g`oyalarga ta’siri darajasi to`g`risidagi masala hozircha kam o`rganilganligicha qolmoqda.
D.Nortning fikriga ko`ra [46], mafkura institutsional o`zgarishlarning yana bir manbai hisoblanadi. Mafkura deganda u insonlar ular orqali atrofdagi olamni qabul qiladigan va baholaydigan sub’ektiv modelni tushunadi. Mafkuraviy mayillik ham iqtisodiy hisob-kitoblardan holi emas: olamning sub’ektiv manzarasi kimningdir foydali imkoniyatlarini chegaalashi qanchalik katta bo`lsa, uni qayta ko`rib chiqishdan manfaatdorlik shunchalik kuchli bo`ladi.
Shunday qilib, institutsional o`zgarishlar texnika taraqqiyoti, yangi bozorlarning ochilishi, aholi sonining o`sishi va hokazolar, ya’ni ular natijasida tashkiliy va institutsional o`zaro hamkorlikning ilgari muvafaqiyatli faoliyat ko`rsatgan alohida shakllari “foydasiz” bo`lib qoladigan jarayonlar oqibatida yuz berishi mumkin. Yangi rasmiy normalar o`rniga boshqalari qabul qilinadi, norasmiy normalarga amal qiladigan insonlar soni kamayib borishi bilan ular asta- sekin yo`qolib boradi.
Institutlar paydo bo`lishining o`ziga xos jihatlari shundaki, ular o`zlari paydo bo`lishidan avval amal qilgan normalar va sharoitlarga bog`liq hisoblanadi. Shu tariqa, har qanday yangi institut, mavjud iqtisodiy yoki ijtimoiy sharoitlar
(institutsional matritsa) tomonidan belgilab beriladi. Institutsional o`zgarishlar sezilarsiz tarzda kechishi ham, yoki o`zgarishlar, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy- iqtisodiy tizimning tezda takomillashuviga olib kelishi ham mumkin.
Institutsional o`zgarishlar eski va yangi institutlar o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik xususiyati ham katta rol o`ynaydi. D.Nort bog`liqlikning quyidagi turlarini ta’kidlaydi [46]:
Birinchisi – rivojlanishning avvalgi yo`liga bog`liqlik – chuqur aloqa, yangi institutlarning faqatgina eski institutlar negizida paydo bo`lishini ta’minlovchi yangi institutlarning eski institutlarga kuchli bog`liqligi.
Ikinchisi – mutlaq yangi institutlarning paydo bo`lishiga bo`shliq mavjudligi orqali belgilanadigan nisbatan kamroq.
Bog`liqlikning ushbu ikki xili evolyutsion xususiyatga ega, chunki eski institutlardan yangi institutlarga o`tishda izchillikka amal qilinadi. Evolyutsion o`zgarishlar jiddiy iqtisodiy larzalar sodir bo`lmagan va ularning jahon ishlab chiqarishidagi ulushi ustun bo`lgan bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning institutsional tizimlariga xosdir. Izchilligiga qaramay evolyutsion o`zgarishlar sifat jihatdan ilgari siljishlarni istisno etmaydi – miqdoriy-sifat o`zgarishlar dialektikasi o`z kuchida qoladi.
D.Nort tomonidan ajratilgan bog`liqlikning uchinchi xili – eski va yangi institutlar o`rtasida yaqqol aloqa (bog`liqlik)ning mvjud emasligi – inqilobiy xususiyatga ega. Inqilobiy o`zgarishlar jamiyat rivojlanishining avvalgi o`zgarish chizig`iga amal qilishni nazarda tutmaydi va tafakkur tarzi odatlari va an’analarining tubdan o`zgarishi bilan kuzatiladi.
Hatto iqtisodiy tizim samaradorligining oshishiga xizmat qiluvchi inqilobiy o`zgarishlar ham aholining ko`plab guruhlari uchun jiddiy ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bunga bir yaqqol misol tariqasida XV-XVIII asrlarda Angliyada ro`y bergan agrar sohadagi tub burilishlar bilan bog`liq institutsional o`zgarishlarni keltirish mumkin.
Rasmiyqoidalarvanorasmiynormalarnimuvofiqlashtirish.Rasmiy qoidalar va norasmiy normalarning muvofiqlashtirilishi jamiyatda muhim rol o`ynaydi, chunki u institutlar mavjud tizimi faoliyat ko`rsatishining samaradorligiga katta ta’sir ko`rsatadi.
Odatda, insonlar ba’zan institutlar tarkibiy unsurlaridan biri hisoblangan jazolash tizimining samaradorligiga ziyon yetkazgan holda jazolashning ancha yumshoq shakllarini nazarda tutuchi normalarni rasmiylashtirishga intilishadi. O`lim jazosini bekor qilish to`g`risidagi bahs-munozaralar bunga misol bo`ladi.
Kelishmovchilik natijasida institutsional nizo kelib chiqishi mumkin. Bir holatda, institutsional nizo hech bir o`zgarishsiz institutlarning paydo bo`lishiga, boshqa holatda esa samarasiz bo`lsa-da barqaror hosilalar – institutsional tuzoqlarning paydo bo`lishiga olib keladi.
Eski va yangi institutlar o`rtasidagi inqilobiy bog`liqlik doirasida ular rivojlanishining uchta ehtimoliy yo`lini ta’kidlash lozim:
birinchisi – mavjud institutsional matritsaga qarama-qarshi bo`lgan rasmiy institutlarning paydo bo`lishi (odatda, hamma joyda chuqur islohotlar
davrida, masalan, o`tish iqtisodiyotida qonunlar, farmonlar ko`rinishida) va ularning ildiz otishi (kengayib borishi) hamda qabul qilingan rasmiy normalarga mos keluvchi yangi norasmiy normalarning shakllanishi;
ikkinchisi – qabul qilinayotgan rasmiy qoidalarning norasmiy normalarga to`liq mos kelmasligi shunga olib keladiki, norasmiy normalar ancha “hayotiy” bo`lib chiqadi va buning natijasida yangi qabul qilingan rasmiy qoidalarning norasmiy institutsionallashuvi yuz beradi;
uchinchisi – yangi rasmiy qoidalar ildiz otmaydi, bu ularning yo`qolib ketishiga olib keladi.
Institutsional tizim samaradorligiga institutlar bilan bir qatorda tashkilotlar ham ta’sir ko`rsatadi. D.Nortning fikriga ko`ra [46], institutlar iqtisodiy nazariya bilan yoritiladigan standart cheklovlar bilan bir qatorda jamiyat a’zolarining imkoniyatlarini ham shakllantiradi.
Institutsional doiralar qaysi tashkilotlar (siyosiy organlar, iqtisodiy tuzilmalar, jamoat muassasalari) hosil bo`lishi va ishlashini belgilab beradi. Boshqacha aytganda: institutlar – bu “o`yin qoidalari”, tashkilotlar esa – “o`yinchilar”. Biroq bu hol o`yinchilar jamiyatda o`rnatilgan “o`yin qoidalari”ga majburiy tarzda amal qilishini anglatmaydi. Huddi institutlar kabi tashkilotlar ham insonlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni tarkiblashtiradi. “Tashkilotlar aniq maqsadga yo`naltirilgan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi, tashkilotchilar tomonidan boylik, daromadni ko`paytirish uchun yoki boshqa maqsadlarda tashkil etilgan birliklar hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni ko`zlagan holda, tashkilotlar asta-sekin institutsional tarkibni o`zgartiradi” [46].
Tashkilotlar (korxonalar, firmalar)ning institutsional jarayondagi roli hozircha kam o`rganilgan, biroq institutsional nazariya doirasida, xususan, G.Kleyner tomonidan o`tkazilgan so`nggi tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, tashkilot nafaqat tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchisi, balki quyidagi asosiy funksiyalarni bajaruvchi o`ziga xos “institutprovayder” hisoblanadi [30]:
ishlab chiqarish institutlari va kelishuvlar ishlab chiquvchisi va tarqatuvchisi roli. Alohida tashkilotning muvaffaqiyatli tajribasi, unda foydalaniladigan shartnomalar tizimining samaradorligi, odatda, bunday tuzilmalarni tashkilotning ushbu usullaridan foydalanishga undaydi;
institutlar inkubatori roli. Tashkilotning faoliyat ko`rsatishi natijasida ushbu tuzilmaning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi va yakuniy natijalarning katta samaradorligi bilan faoliyat ko`rsatuvchi yangi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar shakllanadi yoki, boshqacha aytganda tegishli institutsional muhitda yangi institutlar hosil qilinadi;
yakka tartibdagi institutsional integrator roli (ushbu normaga amal qiluvchilar tarkibiga yangi individlarni jalb qilish).
Institutsional yondashuvga muvofiq davlatni alohida tashkilot sifatida ko`rib chiqish lozim. Davlatni institut (ijtimoiy shartnoma negizida rasmiy qoidalar tizimini shakllantirish va ularga amal qilish mexanizmi) sifatida ham, tashkilot (davlat boshqaruv apparati tarkibi, qonuniy jazolash va majburlash tizimi) sifatida ham tadqiq etish mumkin.
O‘zbekistonni 2013-yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini belgilar ekanmiz, biz, avvalo, o‘tgan yillarda iqtisodiyotimizda erishilgan marralar, istiqbolga mo‘ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, shuningdek, jahon bozoridagi real va kutilayotgan, prognoz qilinayotgan holatdan kelib chiqamiz.