M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


Demak, o ‘yin bolani samimiylikka, his-tuyg‘ularini tarbiyalashga



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

Demak, o ‘yin bolani samimiylikka, his-tuyg‘ularini tarbiyalashga,
boshqalarga yaxshilik qilishga, to'g'ri muloqotda bo'lishga o'rgatadi.
O'yin qoidasini muntazam buzadigan bolalar oxiri yakkalanib
qoladilar, qolgan bolalar uni yoqtirmaydilar, u bilan o'ynagilari
kelmaydi, hatto u bilan muloqotda bo'lishni ham istashmaydi. O'yinni
musobaqa tarzida tashkil qilishda tarbiyachi ehtiyotkor bo'lishi lozim.
Chunki o'yinda yutqazgan bolalarda yutgan bolalarga nisbatan adovat
tug'ilishi o'yindan so'ng ular nizolarni, keltirib chiqarishi mumkin.
Bola maktab yoshiga yetganida ham o'yinga bo'lgan ehtiyojini
qondirishga harakat qiladi. U yangi o'yinchoqqa nisbatan «eski» —
o'zining doim o'ynaydigan o'yinchog'ini o'ynashni yaxshi ko'radi.
Qo'g'irchoq — sadoqat va refleksning shakllanishida ajoyib vosita.
Bolaning qo'girchog'i bilan bo'ladigan muloqoti uning kattalar bilan
bo'lad igan m uloqotiga taqlid qilishidir. Qiz bolalar ko'proq
qo'g'irchoqlar, idish-tovoqlar (o'yinchoq) bilan muloqotda bo'lsalar,
o'g'il bolalar esa turli o'yinchoqlar (samolyot, koptok, to'pponcha,
mashina, velosiped) bilan muloqotda bo'ladilar.
2.4. Kichik maktab yoshidagi bolalar muloqoti
Bolalar maktab yoshiga yetganda ularning bir-birlariga nisbatan
munosabatlari yangicha mazmun kasb etadi. Bola ilgari ota-onasi,
guruhdagi tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqotda bo'lgan bo'lsa,
endi maktab o'qituvchisi, sinf rahbari bilan muloqotda bo'ladi. Bolalarda
bu davrda mas’uliyat hissi shakllanadi.
Bolalar nutqining o'sishida ularning maktabda o'qishi katta rol
o'ynaydi. Bola maktabgacha yoshda o'ylamasdan gapiradi, maktabda esa
u gaplashayotgan til o'qitiladigan va o'rganiladigan ilm bo'lib qoladi.
Grammatikani o'qib o'rganish jarayonida bola nutqining fonetik jihati

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin