M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


butun e’tiborini yozish texnikasiga va o'tirish qoidasiga rioya qilishga



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

butun e’tiborini yozish texnikasiga va o'tirish qoidasiga rioya qilishga
qaratadi. A w al bolaning yozma nutqi uning og'zaki nutqi orqali
belgilanadi, ya’ni u so'zni qanday talaffuz etsa shunday yozadi. Bu
davrda bola bilan ovoz chiqarib aytish bo'yicha muntazam mashqlar
o'tkazish uning imlo qoidalarini muvaffaqiyatli o'zlashtirishida katta
ahamiyatga ega. Yozma nutqda imo-ishora, ohangdan foydalanilmaydi.
Shu bois bolalarning yozma nutqlari ulaming og'zaki nutqiga qaraganda
ancha bo'sh bo'ladi. Bolalar nutqi kattalar nutqi ta’sirida o'sadi. Shuning
uchun pedagoglar bolalarga kichik maktab yoshidan boshlab og'zaki va
yozma nutqni o'stirish bilan birga nutq madaniyatini ham o'rgatib
borishlari zarur.
2.5. 0 ‘smirlarning kattalar bilan bo'ladigan muloqoti
N a slim iz davom chilarini nafaqat jism onan b a q u w a t, balki
ma’naviy boy, yangi davr talabiga javob beradigan, muloqot jarayonida
erkin fikr yuritadigan qilib tarbiyalash hozirgi kunning dolzarb muam-
molaridandir. «Ta’lim to'g'risida» gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» da shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakl­
lantirish, muomala madaniyatini tarkib toptirishga birlamchi e ’tibor
qaratilgan. Shunday ekan, o'smir 
yoshlarni muloqot jarayonida
mustaqil flkrini erkin ifodalash malakalarini va ularning tanqidiy
fikrlashini shakllantirish psixolog-pedagoglar oldida turgan dolzarb
masalalardan biridir. Zero, XXI asrda yashaydigan har bir insonning
tanqidiy fikrlashi uchun awalo muloqotga o'rgatish zarur. O'smirlami
muloqotga o'rgatish uchun ularga psixologik, pedagogik adabiyotlami
o'qishni tavsiya qilish, muloqot jarayonida yoshlar faoliyatini kuzatish,
fikrlash doirasini aniqlash va shu jarayonda psixologik o'yinlar,

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin