3-maqsad — xodim albatta o'zining xatosini tan olib, rahbardan
xafa bo'lmasdan chiqib ketishi, buning uchun rahbar yuqoridagi
treningni o'tkazishi kerak.
«Ishdan bo'shatish formulasi». Bu formulaning 6 ta qoidasi bor:
1. Rahbar xodimga ishga bo'lgan mas’uliyatini oshirsa u bilan birga
ishlashdan xursand bo'lishi.
2. Yaqin ikki hafta ichida rahbar aytgan ishlarni xodimlari unutishi.
3. Xodim rahbar oldiga doimo yordam so'rab murojaat qilishi.
4. Rahbaming xodim endigina ishga kirgandek unga nisbatan barcha
metodik yordam berishga tayyor ekanligi.
5. Ikki hafta ichida xodim yelkasidagi yukni (ishni) ko'tarib turolsa,
demak ish yaxshi ketadi.
6. Ikki hafta ichida xodim ishni yurgiza olmasa rahbar uni ishdan
bo'shatishga majbur ekanligini rasman aytishi. Bu formulalar yordamida
rahbaming ishlashi oson bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, xushomad odamda albatta yoqimli hisni
keltirib chiqaradi. Hatto yoqmaydigan kishi xushomad qilsa ham.
Majlisda jazo choralarini qo'llashda ham xushomad qilish zarar qilmas
ekan. «Bo'shatish formulasi» bo'yicha kasbiy boshqaruvni yo'lga qo'yish
mumkin. Har bir rahbar qo'l ostidagi xodimlariga albatta xushomad
qilib turishi kerak.
«FAOL TINGLOVCHI BO'LISH MEXANIZMLARI»
Dostları ilə paylaş: