Chunki u doimo rahbaming ko‘rsatmalarini bajaradi. Rahbar boshqa
rahbaming oldiga bir buyurtma qog‘ozni o'zi olib borganida uni kotiba
boshlig'ining oldiga kirgazmaydi. Shunda
rahbar kotibaning gul
o'stirishga qiziqishini eshitib, qaytib uning oldiga kiradi. U kotiba bilan
gul o'stirish haqida 1 soat suhbatlashadi. Natijada suhbat oxirida kotiba
rahbaming hujjatini olib qoladi. Demak, boshqalarning qiziqishlarini
eshitish orqali ishonchiga kirib olish mumkin.
Lekin 10—15% rahbarlar kotiba oldida past ketamizmi, deb
o'ylaydilar. Lekin ishni tez bitishi uchun bu usulni qo'llash yaxshi
natija berishi mumkin. Yuqoridagi rahbar
vaqtni qadrlagani uchun
kotibaga shu usulni qo'lladi. Bu vaziyatda kotiba ham rahbar ham jabr
ko'rgani yo'q. Rahbar kotibani tarbiyaladi ham.
Yutuqli chipta.
O'zining imkoniyatlarini hisobga olish usullari
bo'yicha quyidagi tavsiyalar beriladi:
1. Maqsadga erishish uchun yuqoridagi holatlami hisobga olsangiz
muvaffaqiyatlarga erishishingiz oson bo'ladi. Bu usullami qo'llash orqali
siz hech narsa yutqazmaysiz.
2. Bu usullami siz ilgari ba’zan qo'llagan edingiz, faqat shaxsiy
munosabatlardagina, endi ishda ham qo'Ilay olasiz.
Ilgari siz bu usulni
qulayligini, boshqalarda attraksiyani vujudga keltirishini o'ylamagan
holda qo'llagansiz. Endi siz bu usullami tizimli, maqsadli, ongli holda
qo'llaysiz.
3. Agar sizning suhbatdoshingiz bu usullami qo'llasangiz ham
sizga yordam bermasa-da, asta-sekin siz maqsadingizga erishib borasiz.
Xodimlaringizning ismini eslab qolishdan ishni boshlang.
2.
«Eslab qolish illuziyasi» fenomeni bo'yicha, siz qo'lingizga soatni
olib unga qarab yuqoridagi usullami yodlashga harakat qiling. Ko'pincha
(Panasyuk A.Y.) buni uddalash uchun 8 sekund vaqt ketadi.
Qoida: «o'zingiz ustingizda ishlang», ya’ni
atrofdagilarning
muloqotini kuzating, ular qanday muloqotda bo'lmoqdalar, nima uchun
ularni boshqalar yaxshi ko'radi, ularga talpinadi, suhbatlashgisi keladi.
Muloqotning 1-bosqichida kelgusi faoliyati uchun rahbar o'zining
muloqotini modellashtirishi, ya’ni muloqotga tayyorlanishi zarur.
Kommunikativ jihatdan tayyorlanish kerak. Quyidagi savollarga
tayyorlanish maqsadga muvofiqdir:
• Suhbatda men oldimga qanday maqsadni qo'yaman?
• Suhbatdoshim uni uchrashuvga chaqirganimdan hayron bo‘l-
dimikin?
• Shu suhbatsiz men vaziyatdan chiqib keta olamanmi?
• Suhbatdoshim bilan muammoni hal qilishga tayyormanmi?
• Qanday muloqot usullarini qo'llashim kerak?
• Qanday savollami berishim kerak?
www.ziyouz.com kutubxonasi
• Suhbatdoshim menga qanday savollarni berishi mumkin?
Agar suhbatdoshim menga ovozini ko‘tarsa, gap qaytarsa, qarshilik
qilsa, rozi bo'lsa, mening fikrlarimga e’tibor bermasa, ishonmasa,
ishonmasligini yashirsa men nima qilaman?
Muloqotning 2-bosqichida suhbatdosh
bilan bevosita yuzma-yuz
bo'lish, «emotsional mikromuhit»ni his qila olish, tezkor ravishda
suhbatni boshlash. Ba’zida suhbatdoshlar gapni nimadan boshlashni
bilmaydilar. Bu holda quyidagi usullami qo'llash zarur:
• Shunday savol qo'yingki, u munozarali bo'lmasin,
qiziqarli,
qisqa bo'lsin;
• Fikringizni qisqa, lo'nda ifodalashga harakat qiling;
• Hukmingizni, qaroringizni asoslang;
• Savol berganingizda «qachon?» «nimaga?» «qanday?»
kabilarni
ishlatsangiz suhbatdoshingiz «ha yoki yo'q» degan javobni bera olmaydi.
• Xodimingizning oxirgi fikrini ham eshitishga harakat qiling,
tinglash madaniyatiga rioya qiling.
• Javob berishga shoshmang, uning savollarini mohiyatini yaxshilab
o'ylab keyin javob berishga harakat qiling.
• Xodimning savoliga keskin ravishda javob bermang.
Rahbar uchun eng qiyin holat suhbatni boshqarib turish. Agar u
xodimni tinglay olmasa, suhbatni ham boshqara olmaydi.
Rahbar suhbatni boshlashdan awal xodimning kayfiyatini aniqlashi,
oilaviy sharoitini so'rashi, keyin savol bilan murojaat qilishi lozim. Agar
suhbatni buyruq berishdan boshlasa suhbat muvaffaqiyatli bo'lmaydi.
Ayrim hollarda xodim bilan rahbar o'rtasida
nizo kelib chiqishi
mumkin. Sababi rahbar xodimlarga odob bilan murojaat qilmaydi.
Rahbarlarning xodimlar bilan ishlashining uch uslubi bor:
1.
Dostları ilə paylaş: