M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

Eshitish
Tinglash
F izio lo g ik akt, unda tovushlam i
beixtiyor idrok etish yuz beradi;
— T ovushni idrok etish;
— S ezgi a z o la r i faoliyati va asab
tizim i avtom atik reaksiyasi tufayli
tovushlar eshitiladi
— irodaviy akt, u kishidan m a’lum
m iqdorda irodaviy z o ‘r berishni talab
qiladi;
— m uayyan m a’n o li tovu sh lam i idrok
etishga qaratilgan on gli urinish;
— tovushlar idroki jarayoniga irodaviy
z o ‘r berish, unda o liy ruhiy jarayonlar
q o ‘shiladi
Tinglash — faol jarayon bo'lib, u fikming m a’nosini, so'zlovchining 
maqsadini anglashga intilish kabi jarayonlam i o ‘z ichiga olgani bois u 
tushunish bilan chegaradosh. Tinglash ikki xil bo'ladi: refleksiv va 
norefleksiv. N o reflek siv tin g lash so 'z lo v c h i k u ch li e m o tsio n a l 
kechinmalar (musibat, alam yoki aksincha, shodu xurramlik) ni boshdan 
kechirayotganda va tushunuvchi tinglovchiga muhtoj bo'lganda qo‘llanadi, 
ya’ni suhbatdosh o ‘z kechinmalari bilan о ' rtoqlashmoqchi bo'lganda 
ishlatiladi. Norefleksiv tinglashda javoblar minimallashtiriladi. Javoblar 
neytral, suhbatdoshni o 'z flkrini davom ettirishga undaydigan bo'lishi 
kerak. U lam ing eng keng tarqalganlari quyidagilar: «Shundaymi?», 
«davom eting, bu ju d a qiziq-ku», «ha, ha tushunayapm an», «buni 
eshitishd an ju d a x ursandm an», «agar m alol kelm asa b atafsilro q
to‘xtalsangiz», «xo‘sh, xo'sh, xo‘sh», «shunaqa deng». Bunday javoblar 
suhbatdoshni ruhlantiradi, undagi qo‘rquvni bartaraf etadi.
Norefleksiv tinglash quyidagi vaziyatlarda foydali b o'lishi mumkin:
— suhbatdosh biro r m asala b o 'y ich a o 'z flkrini bildirm oqchi 
b o'lganda;
— suhbatdosh u n i qiynayotgan m u am m olar bilan o 'rto q la sh - 
m oqchi bo'lganda;
— suhbatdosh o 'z m uam m olarini ifodalashga qiynalayotganda;
— suhbatdosh o 'z m ansabiga k o 'ra pastroq bo'lganda.
Norefleksiv tinglashni quyidagi vaziyatlarda qo'llash tavsiya etilmaydi:
— suhbatdosh so'zlashni uncha xohlam aganda;
— suhbatdosh o 'z fikrining tasd ig 'i yoki inkorini kutayotganda;
— su h b a td o sh faol k o 'm a k va q o 'lla b -q u v v a tla sh g a m u h to j 
bo'lganda.
www.ziyouz.com kutubxonasi


'*7
.
Psixoterapevtlar suhbat boshida ko'pincha norefleksiv tinglashdan 
foydalanadilar.
NoreJIfiJcsiv tin g lash yetarli b o im a g a n d a , refleksiv tin g la sh
ishlatilishi m um kin. Refleksiv tinglash faol tinglash b o'lib, asosan 
idrok etilayotgan axborotning aniqligini nazorat qilish m aqsadida 
qo'llanadi. Psixoterapevtlar mijozning o'z hissiyotlari va m uam m olarini 
ifodalay olishiga yordam berish uchun refleksiv tinglashdan keng 
foydalanadilar. Refleksiv tinglash zaruriyati quyidagi m uam m olar 
bilan toqozolangan!^
— so'zning k o 'p m a’noliligi;
— axborotning kodlashgan tarzda uzatilishi;
— inson uchun o 'z m uam m osini ochiq ifodalashning qiyinligi.
Refleksiv tinglashda javob berishning to 'rt turi mavjud:
1. A n iq lash tirish — su h batd o sh ga u ning fik rin i a n iq la s h tiris h
u ch u n m urojaat qilish. A niqlashtirish axborotni aniqro q idrok etish 
u c h u n q o 'lla n a d i. Bu m aq sad d a o d a td a quyidagi ju m la la rd a n
foydalaniladi: «yana b ir b o r q aytarib y uborolm aysizm i?», «nim ani 
n azard a tu tay o tg an lig in g izn i yaxshi tu sh u n a o lm ayapm an», «nim a 
d e m o q c h ilig in g iz n i o c h iq ro q tu sh u n tira olm aysizm i?».
2. Qaytarish — suhbatdosh fikrini boshqacharoq shaklda takrorlash. 
Qaytarish suhbatdosh fikrining to 'g 'ri tushunilganligini aniqlashtirish 
vositasidir. U tinglovchining suhbatdosh fikrini o 'z so 'zlari bilan 
qaytarishidan iborat. Qaytarish odatda quyidagi so'zlardan boshlanadi: 
«sizni tushunishim cha...», «sizning fikringizcha...», «boshqacha qilib 
aytganda...». Qaytarishda axborotning asosiy m azm uni takrorlanadi.
3. Hislami aks ettirish — so'zlovchi emotsional holatining tinglovchi 
tom onidan aks ettirilishi. Odamlar asosan, o'zlari uchun ahamiyatli 
narsalar haqida suhbatlashganliklari uchun hissiyotlami aks ettirishning 
ahamiyati katta. Hissiyotlami aks ettirish bilan tinglovchi suhbatdoshiga 
uning holatini tushunayotganligini ko'rsatadi. Aks ettirish jarayoni 
tinglovchining o 'z so'zlari bilan amalga oshirilishi kerak. Bu so'zlar quyidagi 
jum lalar bilan boshlanishi mumkin: «menimcha, siz hozir o'zingizni ... 
his etyapsiz», «ehtimol, o'zingizni... his etayotgandiisiz», «biroz xafamisiz», 
«bilaman, sizga og'ir», «kayfiyatingiz buzilganga o'xshaydi«.
4. Um um lashtirish — suhbatdosh fikrini xulosalash. U m um lash­
tiris h o rq a li tin g lo v c h i su h b a td o sh fik rin i q a n c h a lik t o 'g 'r i
tushunganligini ko'rsatadi, so'zlovchi uning u o 'z fikrini qanchalik 
aniq ifodalab bera olganligini aniqlaydi. Um um lashtirish uchun odatda 
quyidagi jum lalar ishlatiladi: «shunday qilib, gaplaringizdan shunaqa 
xulosaga kelish mumkinki...», «xulosa qilib aytganda, demoqchisizki...», 
«gaplaringizdan tushunishim cha, siz...ni nazarda tutayapsiz». (M uloqot 
psixologiyasi. M a’ruzalar to'plami. P. Ergashev. T. 2003. 22—26-betlar).
www.ziyouz.com kutubxonasi


M utaxassislarning aniqlashlaricha, ishlayotgan kishilar vaqtining 
45%ini kim larnidir tinglashga sarf qilar ekan, odam lar bilan doimiy 
m uloqotda b o ‘ladiganlar — savdo xodim lari, aloqachilar, rahbarlar, 
muxbirlar 35—40% oylik maoshlarini odamlarni tinglaganliklari uchun 
o lark an lar. D em ak k o m m u n ik atsiy an in g eng qiyin so h a la rid a n
hisoblangan tinglash qobiliyati odamga ko'proq foyda keltirarkan.
Tinglashning ham xuddi gapirishga o ‘xshash texnikasi, usullari 
mavjud. Ularning turi ham ko‘p, lekin biz ikki usulini qo'llaymiz: 
so'zm a-so'z qaytarish va boshqacha talqin etish. Birinchisi, suhbatdoshni 
qo'llab-quw atlashni bildiradi. Ikkinchi usul — sherikning so'zlarini 
tinglab, undagi asosiy g'oyani qisqa, o'zim izning talqinim izda ifoda 
etish. Bundan tashqari biz yaxshi tinglayotganimizda , «Yo‘g ‘-e?», 
« N a h o tk i? » , « Q a ra -y a ? » , «Yasha!», «Qoyil!» lu q m a la ri b ila n
suhbatdoshimizni gapirishga chaqirib turamiz. Muloqotga o'rgatishning 
muhim yo'nalishlaridan biri — odamlarni faol tinglashga, bunda barcha 
paralingvistik va noverbal omillardan o'rinli foydalanishga o'rgatishdir.
P ro fe sso r V. K a rim o v a n in g fik ric h a , p ro fe ssio n a l tin g la sh
texnikasiga quyidagilar kiradi:
— faol holat. Bu — tinglayotganda yotib olmaslik, suhbatdoshning 
yuzidan tashqari joylariga qaram aslik, m im ika, bosh chayqash bilan 
unga qiziqishni bildirish;
— suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu suhbatdoshni o'ziga 
jalb qilish, keyin navbat kelganda o'zining har bir so'ziga uni ham
ko'ndirishning sam arali yo'lidir.
— o 'y c h a n jim lik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda 
m as’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o'zingizning 
suhbatdoshga xayrixohligingizni bildirish yo'li.
^ / T i n g l a s h m adaniyati m uloqot jarayonining sam arali b o 'lish id a 
m uhim aham iyatga ega. Shuning uchun biz suhbatdoshim izni diqqat 
bilan tinglashim iz, unda o 'z -o 'z ig a hurm atni tarbiyalashim iz, uni 
ilhom lantirishim iz, ruhlantirishim iz kerak. O 'qituvchining m a’ruzasi 
o 'quvchilar tom onidan yaxshi tinglansa dars sam arali bo'ladi.
Ijtim oiy psixologiyada kishilarni sam arali m uloqotga ataylab 
o'rgatishga katta e ’tibor beriladi. Buning o'z uslubi bo'lib, uning nomi 
ijtim oiy-psixologik trening (IPT) deyiladi. IPT kishilarni m uloqot 
jarayoniga psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kom m unikativ 
m alakalam i maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir.
Am aliy m uloqot treningi — IPTning bir ko'rinishi bo'lib, u yoki 
bu kasbiy faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur b o'ladig an 
kom munikativ m alaka, ko'nikm a va bilim larni hosil qilishga qaratilgan 
tadbirdir. G uruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar 
olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo'l-yo'riqlarini birgalikda
www.ziyouz.com kutubxonasi


topish, katta auditoriya oldida so‘zlashga o'rgatish, majlislar o 'tk azish, 
nizoli holatlarda o 'zin i to 'g 'ri tutish m alakalari hosil qilinadi. B unda 
asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlam i tu sh u n ish , 
o'zini o'zga o'm iga qo'ya olish, boshqalar m anfaatlari bilan o'zinikini 
uyg'unlashtira olish g'oyasini singdirishdir.
O datda trening shaxsdagi u yoki bu ijtim oiy m uam m olarni hal 
qilishda jiddiy qiyinchilikka uchragan sharoitlarda o 'tkazilad i. Y a ’ni 
trenin g ning tashabbuskori k o 'p h o llard a yolg'izlik, u y a tc h a n lik , 
tortinchoqlik yoki turli depressiyalarga uchragan shaxs bo'ladi. Maxsus 
tashkil etilgan kom m unikativ m ashqlar m obaynida u bu h o latlard an 
chiqib ketish yo'llariga o'rgatiladi. M asalan, psixologlar to m o n id an
tashkil etiladigan «Psixologik xizm at», «Qalb m arkazlari», «Ishonch 
telefonlari» maxsus dasturlar yordam ida ishlaydi. G u ru h d a tashkil 
etilgan m uloqot m uhitida odam o'zidagi ishonchsizlik, to rtin c h o q lik
kabi salbiy sifatlardan halos bo'lish im koniyati b o 'lad i va u o 'z in i 
awalgiga nisbatan ijobiyroq idrok qila boshlaydi.
M avzuni m ustahkam lash uchun savollar
1. M uloqotning necha xil shakllari mavjud?
2. Verbal t a ’sir deganda nim ani tushunasiz?
3. Paralingvistik ta ’sir nima?
4. M uloqotchanlik sifatlarini qanday shakllantirish m um kin?
5. Ijtim oiy-psixologik treningning m aqsadi nima?
6. Z iddiyatlar qanday vujudga keladi?
7. N izolar qanday b a rta ra f etiladi?
8. Shaxsiy ziddiyatlam ing m anbayi nim ada?
9- Tinglashning psixoterapevtik xususiyati nim ada?
10. Norefleksiv va refleksiv tinglashning b ir-biridan farqini ayting.
M avzu yuzasidan te st savollari
1. Boshqalarni tinglashga necha foiz vaqt ajratamiz?
a) 45%; 
b) 50%; 
d) 40% ; 
e) 60%.
2. M uloqot sam aradorligi nim aga bog'liq?
a) gaplashayotgan kishilaming bir-biriga qanchalik mos ekanligiga;
b) suhbatdoshlarning yoshlari m os ekanligiga;
d) suhbatdoshlarning xarakteriga; e) so'zlam ing ta ’sirchanligiga.
3.N izolar qachon yo'qoladi?
a) hal qilingandan so'ng;
www.ziyouz.com kutubxonasi


b) rahbam ing tashabbusi bilan;
d) xodim o 'z ehtiyojini qondirgandan so'ng;
e) yo'qolm aydi.
4. Ziddiyatlam ing oldini olish uchun nim a qilish kerak?
a) jam oadagi ruhiy m uhitni yaxshilash;
b) xodim lar bilan yaxshi m uloqotda bo'lish;
d) ish sharoitini yaxshilash;
e) qobiliyatli rah bam i tayyorlash.
7. H ar qanday nizoning belgilari:
a) ikkita qaram a-qarshi tom onlam ing mavjudligi va ular o'rtasidagi 
to'qnashuv;
b) ikkita qaram a-qarshi tom onlarning mavjudligi; 
d) bir -biriga m utanosib m anfaatlarning mavjudligi.
8. N izolam ing tarkibiy qismlari:
a) nizoning tom onlari;
b) nizoning shart-sharoitlari;
d) nizoning predm eti;
e) nizo qatnashchilari xatti-harakatlari; 
d) nizoning natijalari.
9. N izolam ing dinam ik xususiyatlariga nim a kirmaydi?
a) obyektiv nizoli vaziyatning yuzaga kelishi;
b) vaziyatning nizoli ekanligining anglanishi;
d) nizoli o 'zaro ta ’sir;
e) nizoning hal qilinishi.
10.N izoli vaziyat:
a) tom onlarning yashirin to'qnashuvi;
b) tom onlarning ochiq to'qnashuvi; 
d) tom onlam ing nom utanosibligi.
11. Ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi u ch u n qanday sh a rt- 
sharoitlar mavjud bo'ladi:
a) rivojlanib yetilgan m ojaroli vaziyat;
b) qatnashchilarning yetarli soni;
d) ziddyatli vaziyatga sabab;
e) barcha javoblar to 'g 'ri. 
>
www.ziyouz.com kutubxonasi


Siz bilan muloqot qilish huzurbaxshm i?
1. Siz gapirishdan ko'ra tinglashni yoqtirasizmi? 
a) ha; 
b) yo'q.

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin