M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006


Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

1.5. Muloqot — ijtimoiy psixologik voqelik sifatida
Muloqot — shaxslararo munosabatlarning asosiy ko'rinishi bo'lib, 
uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o'zaro ruhiy jihatdan aloqaga 
kirish a d ila r, o'zaro axborot almashadilar, b ir-b irla rig a ta ’ sir 
o'tkazadilar, bir-birlarini his qiladilar, tushunadilar.
Shuning uchun muloqot ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida ijtimoiy 
turmushning barcha sohalarida ishtirok etib, hamkorlik faoliyatining 
moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion qirralarining 
ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil 
ehtiyojlami maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga 
bog'liq bo'lib, shaxslararo munosabat barkamol avlod, kom il inson 
g'oyalari qaror topishiga xizmat qiladi. Muloqot muvaffaqiyatining 
negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari motivatsiyasi, xarakter 
xislati, in d ivid u a l-tip o lo g ik xususiyati, qob iliyati, e’ tiq o d i kabi 
fazilatlar, sifatlar namoyon bo'lishi, rivojlanishi hisoblanadi.
Muloqot tashqi ijobiy ta’sirlar, namunalar asosida o 'zin i-o 'zi 
tuzatish, qayta tarbiyalash, shaxsiy im koniyatini ro'yobga chiqarish 
uchun puxta zamin hozirlaydi, kom illik sari yetaklaydi.
Barkamol insonlaming muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi, 
munosabatga kirishish uquvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyatiga 
boshqa odamlar ham taqlid qiladi va hayot tajribasida unga rioya etib 
yashaydi. Odamlar o'rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida 
g'ayritabiiy ijtim o iy holat yoki hodisaga ongli tayanish — o 'zin i-o 'zi 
mukammallashtirish, ro'yobga chiqarish, boshqarish, baholash, o'ziga- 
o 'z i buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida m uhim kamolot 
bosqichidir. Shuning uchun ichki va tashqi taqlidni tushunish hamda 
bosqichma-bosqich egallab borish — bo'lg'usi mutaxassisning kasbiy 
tayyorgarligi hamda barkamol shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi — o'zini-o'zi ortiqcha 
yoki past baholash tufayli o'ziga va uni qurshab turgan odamlarga 
noto'g 'ri munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud 
bo'lib, asosan, quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samara beradi:
1) ham korlik 
faoliyatida, m uloqotlar tiz im i orqali muloqot 
jarayonining barcha a’zolari o'rtasida insonparvarlik munosabatlarini 
tashkil qilish, emotsional m uhitni taqqoslash im koniyatini yuzaga 
keltirish;
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har b ir a’ zoning qulay 
mavqeini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari 
to 'g'risidag i axborotni egallashiga oid maxsus m ashg'ulotlarni 
uyushtirish.
www.ziyouz.com kutubxonasi


4) 
shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo'ljallangan 
ishbilarmonlik o'yinlari, psixodrama, trening tizim in i yaratish.
L. S. Vigotskiy, A.N. Leontev, A.R. Luriya, D.B. Elkonin tad- 
qiqotlariga ko‘ ra, bolaning dastlabki ijtim o iy ehtiyojlaridan b iri bu
— muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V. Zaporojes va M .l. Lisina 
izlanishlarida ta’ kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga 
kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlarda rivojlanib boradi:
1) e’tibor va hayrixohlikka ehtiyoj paydo bo'ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug'iladi;
3) aw algi barcha ehtiyojlarning kattalar tomonidan hurmat 
qilinishiga ehtiyoj tug'iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o'zaro 
b ir-b irin i tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Inson o'zini idora qilish, tu rli vaziyatlarda o'zini tutish fazilatlari 
o'zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlik 
jarayonida ma’lum yutuqlarga erishadi:
1. Ijtim oiy hodisalaming tashqi voqe bo'lishi ichki ruhiy holat va 
uning mazmunini aks ettirib ikki tomonlama aloqa tufayli mazkur 
jarayon yuzaga keladi.
2. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi obyektlarga yo'naltirilganligi va 
to'planganligi tu rli om illar ta’siri tufayli samaradorlik darajasini 
pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib, muloqot maromiga 
putur yetkazadi.
3. Inson o'zini erkin, ozod, bemalol his etish hislatini o'zlashtirishi 
uchun jism oniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo'riqish orqali 
ko'zlangan maqsadiga yetishi m umkin (E. G'oziyev. M uom ala 
psixologiyasi. T.2001 23-bet).

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin