M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent «turon-iqbol» 2006



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/62
tarix08.11.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#131224
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
32. Muloqot psixologiyasi (M.M) @profayling uz

1-jadval
Destruktiv nizolar
Produktiv nizolar
1.
Shaxsiy xususiyatlaming bir-
biriga mos kelmasligi tufayli
vujudga keladi
1.
Nuqtayi nazarlaming bir-biriga
mos kelmasligi sababli vujudga
keladi
2.
Munosabatlaming buzilishiga
olib keladi
2.
Muammoga kengroq qarashga
olib keladi
3.
Ishtirokchilar soni ortib
boradi
3.
Optimal yechimning topilishiga
yordam beradi
4.
Qarama-qarshi tomonga
nisbatan negativ baholar
kuchayib boradi
4.
Shaxsga ko‘chilmaydi
5.
Shaxsga ko‘chish oson yuz
beradi
Zamonaviy psixologiyada nizo odamlarning o'zaro munosabatlari 
jarayonida qarama-qarshi pozitsiyalaming to'qnashuvi sifatida talqin etiladi. 
Har qanday nizoning belgilari quyidagilardan iborat: ikki qarama-qarshi
www.ziyouz.com kutubxonasi


tomonlaming mavjudligi, ular o'rtasidagi to‘qnashuvning yuzaga kelishi. 
Nizolar quyidagi qismlardan tarkib topadi: nizoning tomonlari, nizoning 
shart-sharoitlari, nizoning predmeti, nizo qatnashchilarining xatti- 
harakatlari, nizoning natijalari. Nizoning dinamik xususiyatlari uning 
turli bosqichlarida yuzaga keluvchi nizo va jarayonlaridir: obyektiv nizoli 
vaziyatning yuzaga kelishi, vaziyatning nizoli ekanligi anglanishi, nizoviy 
o‘zaro ta’sir (yoki nizoning o'zi), nizoning hal etilishi.
Olimlar nizoning rivojlanish bosqichlarini ikkiga ajratadilar: 
tomonlarning yashirin to'qnashuvi, tomonlaming ochiq to‘qnashuvi. 
Nizolarning shaxsiy, shaxslararo, guruhlararo, guruhlar ichidagi 
kabi turlari farqlanadi. Turli xildagi psixologik nizolar o'zining 
asosiga binoan subyektlararo bo'ladi, chunki nizolar har doim 
subyektlar o'rtasida — guruh vakillari bilan munosabatda bo'luvchi 
turli shaxslararo yoki subyektning o'zi bilan o'zi nizo ko'rinishda 
kechadi. N izolarni hal qilish uchun biz m a’lum bir x a tti- 
harakatlarni amalga oshiramiz, lekin ular samarali yoki samarasiz 
bo'lishi mumkin. Bizning nizolarni hal qilishdagi harakatlarimiz 
quyidagi hollarda sam ara berishi kuzatiladi: qaram a-qarshi 
tomonlarning to'qnashuvi to'xtatiladi yoki batamom tugatiladi, 
tomonlar qarama-qarshiligi barham topadi.
Jamoadagi, guruhlardagi nizolar xavfli ko'ngilsiz oqibatlarga olib 
kelishi mumkin. Ko'pincha ular goh o'chib, goh avj olib, guruh 
a’zolarini ishdan chalg'itib, holdan toydirib, kishining ruhiy holatiga 
salbiy ta ’sir etib, surunkali ko'rinishda namoyon bo'ladi. Shuning 
uchun nizoni boshqarish va bartaraf etish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Awalo nizoni oldindan ko'ra bilish, uning ziddiyatli vaziyatga aylanib 
ketmasligining oldini olish zarur. Nizoli vaziyatlarda nizoni hal 
qilishning ikkita asosiy tuzilishi mavjud: nizoviy omil bilan ishlash, 
guruhlar yetakchilari bilan ishlash.
Nizoli vaziyatlami hal qilish xatti-harakatlari belgilanmagan yoki 
bu xatti-harakat samara bermagan holatlarda ziddiyatli vaziyat yuzaga 
keladi. Ziddiyatli vaziyatni hal qilishning yagona usuli va imkoniyati
— uni to'xtatishdir.
Demak, shaxslararo mojarolar o'z-o'zidan kelib chiqmay, balki 
shaxslarning o'zaro kelishmovchiliklari, ma’naviy anglashilmov- 
chiliklar, nizolar, ishga doir, shaxsiy nizolar natijasida yuzaga keladi.
Birinchi toifadagi muloqot (faoliyatdan ko'zlangan maqsadga 
erishish uchun axborot ayirboshlash, kommunikatsiya o'rnatish) bilan
5. Shaxslararo birgalikdagi harakat va 
do 'stona munosabatlar
www.ziyouz.com kutubxonasi


bir qatorda ikkinchi toifadagi muloqotning (o'zligingni boshqa 
kishilarda davom ettirish) mavjudligi har bir kishining ikkinchisiga 
ko‘rsatadigan ta’siriga e’tiborni jalb qiladi. Ta’lim — awalo, axborot 
jarayonidir. 0 ‘qituvchi o'quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi va o'z 
navbatida teskari aloqa tarzida undan ma’lum qilingan bilimlar qanday 
o'zlashtirilganligi haqida tasawur hosil qiladigan axborot oladi. O'zaro 
birgalikdagi harakat mohiyatlar darajasida amalga oshiriladi.
Pedagogning tarbiya vazifalarini amalga oshirishi jarayoni, 
o'quvchilarga ko'rsatadigan ta’siri tarbiyalanuvchilar ko'rib, eshitib 
va bajarib borayotgan mazmunlarning muayyan darajada o'zgarishini 
taqozo qiladi. Pedagog ko'rsatadigan ta ’sirning turlicha samara kasb 
etishi zamirida uning shaxsiyatiga oid xususiyatlar, uning o'zini davom 
ettirish, o'zining shaxsiyatiga oid mazmunlami yoshlarga o'tkaza bilish 
qobiliyati, uning pedagogik munosabati xarakteri va samaradorligi 
mujassamlashgandir.
Muloqot jarayonida kommunikatsiya ishtirokchilari axborot 
almashish davomida bir-biriga ta ’sir etib boradi. O 'zaro ta ’sir 
xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini 
o'rganish zarur bo'ladi. Muloqotning interaktiv tomoni — birgalikdagi 
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining 
bir-biriga ta ’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar 
birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, 
bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o 'zaro ta ’sir 
birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi. Birgalikdagi 
faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli 
qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi 
tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida 
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqot jarayonidagi o'zaro ta ’sirning ikki xil turi ajratiladi:
1. Kooperatsiyaga asoslangan o'zaro ta’sir — kommunikativ jarayon 
ishtirokchilarining umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini bir- 
lashtirishidan iborat. Kooperatsiyaning bir necha turi farqlanadi: 

Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin