M u n d a r I j a


II -bob. Xalqaro baholash dasturlari



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə7/11
tarix30.03.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#124561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI tayyor

II -bob. Xalqaro baholash dasturlari.


2.1.PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholash maqsadi va asosiy e’tibori

PISA diqqatni oʻn besh yoshli oʻquvchilardan mantiqan kutish


mumkin boʻlgan kreativ fikrlash jarayonlariga qaratadi. Uning maqsadi
oʻta ijodkor shaxslarni aniqlab olish emas, balki gʻoyalarni ifoda etish va
aniqlashda oʻquvchilar naqadar kreativ fikrlay olishini, bu koʻnikma, oʻz
navbatida, oʻquv jarayoniga, maktab faoliyatiga va taʼlim tizimining boshqa jihatlariga qanday bogʻliq ekanligini tahlil qilishdir.
PISA tadqiqotidan koʻzlangan asosiy maqsad, taʼlim siyosati va
tizimiga yaqqol natijalarga ega, oʻquvchilarning kreativ fikrlash borasida
xalqaro taqqoslash mumkin boʻlgan maʼlumotni taqdim etishdir. Topshiriq ostidagi kreativ fikrlash jarayoni taʼlim orqali takomillashtirishga moyil boʻlishi kerak; taʼlim jarayoni kontekstidagi ushbu fikrlash jarayonining turli yordamchi omillari aniq belgilanishi va baholashdagi koʻrsatkichlarga bogʻliq boʻlishi kerak; baholashda ishlatilgan soha mazmuni (kontenti) oddiy oʻrta maktabda oʻtiladigan fanlarga chambarchas bogʻliq boʻlishi kerak; baholash maktab va hayotda ijodiy yutuqlar borasida prognozlashtirish qiymatiga ega boʻlishi uchun, testlar ham oʻquvchi kundalik hayotida, ham sinfda, ham tashqarida, mashgʻul boʻlgan real faoliyatlarga o‘xshashi zarur.
PISA tadqiqotida kreativ fikrlash yordamchi omillarining murakkab
turkumi borasida maʼlumot yigʻish qiyin, lekin amalga oshirsa boʻladigan
ishdir. PISA ikki qismdan iborat: test va so‘rovnoma. Test qismi oʻquvchilar gʻoya berish, uni tahlil etish va takomillashtirish bilan bogʻliq vazifalarda oʻzlarining ijodiy yondashuv kognitiv jarayonlarini naqadar ishga sola olishlari haqida maʼlumot beradi. So‘rovnoma ushbu maʼlumotni oʻquvchi kreativ fikrlashining boshqa yordamchi omillari borasidagi maʼlumot bilan, jumladan, ijodiy yondashuv (ochiqlik, maqsad sari ishtiyoq va ishonch), maktab muhiti haqidagi tasavvurlari, maktab va uning tashqarisida shugʻullanadigan faoliyat kabi maʼlumotlar bilan toʻldiradi.
Baholashda baʼzi yordamchi omillar boshqalariga qaraganda
yaxshiroq yoritilgan. Masalan, hamkorlikda ishlash koʻnikmasi ijodiy
fikrlashning muhim yordamchi omili boʻlsa ham, tashkiliy va texnik
muammolar sababli u PISA tadqiqotida toʻgʻridan toʻgʻri oʻlchanmaydi.
Qanday boʻlmasin, ushbu uslubiyatda hamkorlikda ishlay olish koʻnikmasi muhim shaxsiy koʻmaklashuvchi omil sifatida tan olingan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’limtarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim
ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro
standartlarga moslashuviga olib kеladi.
Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.
4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholashga
mo‘ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning o‘qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishi orqali ta’limning keyingi bosqichida o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.

Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin