M u n d a r I j a



Yüklə 187,5 Kb.
səhifə9/11
tarix30.03.2023
ölçüsü187,5 Kb.
#124561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI tayyor

YOZMA IFODALASH
Yozma ish ham maktab kontekstida, ham uning tashqarisida kreativ ifodalashning tabiiy vositasidir. Yozuvchilik bolalarning aqliy va muomala koʻnikmalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi.
Ravon yozuvchilik mantiqiy izchillikni talab etadi. Ijodkor yozuvchi insonlarni uning xayolotini anglashga va unga ishonishga chaqiradi. Bu esa yozuvchi detal va izchillikka urgʻu berishini taqozo etadi. Masalan, hatto jinlar va oʻzga sayyoraliklar haqidagi xayolotga asoslangan hikoyalarda ham ichki mantiqiylik boʻlishi, muallif yaratgan dunyo ichida maʼno boʻlishi kerak.
iYozuvchilik bilan shugʻullanayotgan insonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida tafakkur qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy munosabat bildiradilar. Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va emotsiyonal rivoj lanishning yangi qirralarini ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq anglashga yordam berishi mumkin (Essex, Ustiga-ustak, ijodiy yozuvchilik faqat adabiyot janri bilan kifoyalanib qolishi shart
emas, hujjatli nasr ham ijodiy boʻlishi mumkin.
Kognitiv testda, o‘quvchilar oʻz xayolotini yozma ravishda ifodalay
olish qobiliyatini namoyon qilishi kerak. Bunda ular yozma muomalani turli auditoriya uchun tushunarli va oʻziga xosligini namoyon qiladigan tarzda qoida va tartiblarga amal qilishi lozim. Yozma ifodalash sohasi uchun bir qator test shakllari ishlab chiqilgan. Oʻquvchilarga beriladigan vazifalarda:
ochiq va xayoliy yozma ish (buni tekshiruvchilar inson boʻlgani bois, hajm cheklovi mavjud); sarlavhasini tanlash kerak boʻlgan rasm kabi turli yozma formatlarga gʻoya berish; boshqalarning (testda taqdim etiladigan) yozma ishini ijodiy takomillashtirish talab etiladi.
VIZUAL IFODALASH
Vizual ifodalash domenida, oʻquvchilar turli koʻrgazmali material
va jarayonlar orqali oʻz gʻoya va kechinmalarini ifodalaydilar (Irish
National Teacher Association (INTO), 2009 [109]). Vizual ifodani tayyorlash oʻquvchilarga ham ochiq, ham yashirin mazmunga ega rasmlarni tahlil etishga, umuman olganda, maʼlumot, kommunikatsiya va dizayn qanday ishlashini yaxshiroq anglashga yordam beradi. Kreativ vizual ifodalashning soʻnggi yillarda ahamiyati oshmoqda: raqamli rasm va dizayn dasturlarining koʻ payib ketishi natijasida, bir kuni deyarli barcha insonlar yo oʻzlariga, yoxud atrofdagilarga taʼsir qiladigan vizual kommunikatsiya bilan shugʻullanadi lar (masalan, ishga kirish uchun yuborayotgan rezyumening vizual koʻr kamligining ahamiyati haqida oʻylab koʻring). Vizual ifodalash domeni uchun tuzilgan test savollari oʻquvchilardan quyidagilarni talab etadi: dijital chizish vositasi orqali ochiq turdagi visual dizayn vazifasini bajarish; taklif etilgan ssenariy asosida vizual dizayn gʻoyasini berish (masalan, muayyan detalni qoʻshish haqida va hokazo); vazifada keltirilgan koʻrgazma shaklini takomillashtirish gʻoyasini berish.

Yüklə 187,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin