2. ko‘ndalang kuch va eguvchi moment. yassi ko‘ndalang egilishda balkaning ko‘ndalang kesimlarida ikkita ichki kuch: ko‘ndalang kuch Qyva eguvchi moment Mz paydo bo‘ladi. ularni aniqlash uchun kesish usuli qo‘llaniladi.
bir oralikli balkani olib kuramiz(4-rasm,a). uni F1 va F2 kuchlari egadi;bu kuchlardan xosil bulgan tayanch reaksiyalari Rb va Rc . balkani xayolan chap tayanchdan x masofada tekislik bilan kesamiz. uning bir qismi , masalan, o‘ng qismini tashlab yuboramiz (4-rasm,b).
balkaning qoldirilgan qismiga qo‘ygan tashqi kuchlarni kesimning og‘irlik markazidagi eguvchi moment va kesuvchi kuch bilan almashtiramiz. Qy va Mz qiymatlarini ikki muvozanat tenglamasidan topamiz:
birinchi tenglama : Rb-F1+Qy=0 bundan
Qy=F1-Rb; balkaning qoldirilgan qismini tashlab yuborilgan qismiga nisbatan siljituvchi kuch Qy ga ko‘ndalang (kesuvchi) kuch deb ataladi. ko‘ndalang kuch Qy kesimdan bir tomonda joylashgan barcha tashqi kuchlarning balka o‘qiga normal proeksiyalari yig‘indisiga teng:
Qy= ikkinchi tenglama Rb.x-F1(x-b)-Mz=0 bundan: Mz=Rb.x-F1(x-b); balkaning qoldirilgan qismiga qo‘yilgan juftlar momenti Mzga eguvchi moment deb ataladi. eguvchi moment Mz balka kesimi og‘irlik markaziga nisbatan kesimning bir tomonida joylashgan barcha tashqi kuchlar momentlari algebraik yig‘indisiga teng:
balkaning chap qismini tashlab yuborib, o‘ng qismini ko‘rib chiqqanimizda, Qy va Mzxam kesimda shunday qiymatga, lekin yo‘nalishlari xar xil bo‘lganligini ko‘ramiz (4-rasm, v). bir kesimda balkaning o‘ng yoki chap qismida bo‘lishidan qat'iy nazar, bir xil qiymatli va ishorali ko‘ndalang kuch va eguvchi moment olish uchun quyidagi ishoralar qoidasi qo‘llaniladi. eguvchi moment shu paytda musbat hisoblanadi, agar balkaning qabariq tomoni pastga qarasa(5-rasm, a) yoki chap qismidagi moment soat mili bo‘yicha bo‘lsa, o‘ng tomonidagi soat mili teskari bo‘lsa, aksincha yoki qabariq tomoni yuqoriga qarasa (5-rasm, b) eguvchi moment manfiy hisoblanadi.
agar balkaning chap qismi o‘ng qismiga nisbatan yuqoriga surilsa yoki balkaning o‘ng qismi chap qismiga nisbatan pastga surilsa, ko‘ndalang kuch musbat, teskari xolda manfiy hisoblanadi (6-rasm, a,v). balka kesimida vujudga keladigan normal kuchlanishlar eguvchi momentni, urinma kuchlanishlar esa ko‘ndalang kuchni muvozanatlaydi.
shunday qilib
va
balkaning eng katta normal va urinma kuchlanishlar ta'sir qiladigan xavfli kesimlarini topish uchun eguvchi momentlar va ko‘ndalang kuchlar epyuralari kuriladi. bu epyuralar balka uzunligi bo‘yicha bu ichki kuch omillarining o‘zgarish grafiklaridir.