Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

1.
 
Kutubxonalarning ommabopligi va uning ishini 
demokratlashtirish 
 
Kutubxonalarning ommabopligi Mamlakatda kutubxonachilik ishini tashkil 
etishning eng muhim prinsiplaridan biri hisoblanadi.
Kutubxonalardan foydalanishning bepulligi, kutubxona shaxobchalarini aholiga 
yaqinlashtirish, kitob targ‘iboti va aholiga xizmat ko‘rsatishda faol, shakl va 
metodlarni qo‘llash, kitobxonlar uchun kutubxonada qo‘layliklar yaratish 
kutubxonalarning hammabopligini amalga oshirish shartlari hisoblanadi. 
Kutubxonalar ishi samaradorligining asosiy mezoni va bosh vazifasi 
kutubxonachilikning ommaboplik prinsipini amalga oshirish hisoblanadi. Bu 
prinsipga binoan O‘zbekiston fuqarolariga respublika kutubxonalaridagi mavjud 
axborot manbalaridan baravar darajada erkin foydalana olish huquqi va imkoniyati 
ta’minlanishi zarur. Shu bilan birga kitobxonlar bevosita yoki kutubxonalararo 
abonement orqali barcha kutubxonalar fondidan bemalol foydalanishi; 
kutubxonalar fondidagi ularni qiziqtirgan hujjatlarni erkin va hech qanday 
ta’qiqlashlarsiz tanlash; kutubxonachilik xizmatining barcha asosiy turlari bo‘yicha 
bepul foydalanish xuquqiga egadirlar. 
2.Kutubxonalar faoliyatini insonparvarlik yo‘nalishida olib borish. 
 
Jamiyatdagi insonparvarlik jarayonlari kutubxonalardan shaxsga bo‘lgan e’tiborni 
ko‘chaytirishni, ayniqsa uning umummadaniy darajasini ko‘tarishni talab etadi, bu 
jamiyatning ruhiy, ma’naviy va axloqiy quvvatini yangilash zaruriyatidan kelib 
chiqadi. Shu munosabat bilan o‘qishning, uni tushunishning an’anaviy, jahon 
madaniyati hodisalari bilan muloqat qilish usuli sifatidagi ahamiyati tiklanishi 
zarur. 
Mustaqillik 
sharoitida 
kutubxonalarning 
vazifasi- 
umuminsoniy 
xazinalarning saqlovchisigina bo‘lmay, balki milliy xotira fondi ham bo‘lishidir. U 
kutubxonalarning avloddan avlodga o‘tib kelayotgan funksiyasi- fondini 
shakllantirishda namoyon bo‘ladi Fondlar samarasining bosh mezoni- nashrlarning 
ommabopligidir, uning darajasi esa jamiyatning axborotga, kitobga bo‘lgan 
talabining qondirilishidir. Milliy merosning saqlanishida, avlodlarning jonli 
aloqasini amalga oshirishda, qadimgi madaniyatning qayta tiklanishida, milliy 
tilning rivoj topishida kutubxonalarning roli juda kattadir. 
Kishining o‘zgarayotgan olamni tushunishiga va unda to‘g‘ri yo‘l topa olishiga 
yordam bera borib,kutubxona unga umumbashariy masalalarini tushunishiga 
imkon beradi, uning ijodiy imkoniyatlarining ochilishiga ko‘maklashadi. Ilmni 


36 
oshirishdagi bilimlarni egallash shaxsning o‘zligini anglashiga xizmat qiladi
Kutubxonalar faoliyatining insonparvarlik yo‘nalishi shaxsning yangi kompyuter 
madaniyatini qabul qilishga tayyorlanishiga yordam beradi, ilmiy-texnika 
taraqqiyotining inson qalbining birligini barbod etishga olib boruvchi kishilarning 
dag‘al, ma’naviy qashshoq tipini tarkib toptirish kabi salbiy ta’sirini bekor qiladi. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin