relefno- tochechnim) shrifta chop etilgan nashrlar va plastinka va magnit lentalariga
yozilgan kitoblar saqlanadigan davlat saqlovxonasi, shuningdek ko‘zi ojizlar uchun
nashrlarning depozitar kutubxonasi hamda tiflologiya (ko‘zi ojizlar xayoti va
faoliyati haqidagi fan) adabiyotlari kutubxonasi xisoblanadi. Hozirda 23 ta shaxar
va 29 ta rayon kutubxonalari ko‘zi ojiz kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Adabiyotlar turi bo‘yicha maxsus kutubxonalar guruxiga Respublika patent
idorasining Respublika patent kutubxonasi kiradi.RPK –O‘zbekistondagi ixtirolar
bo‘yicha 50 ta davlatning, Butun jaxon intellektual mulk tashkiloti, Yevropa va
Yevroaziya patent idoralarining xujjatlar to‘liq saqlanadigan yagona patent bosh
fondi xisoblanadi. Kutubxonada 21 milliondan ortiq patent xujjatlari mavjud
bo‘lib, ularning 6 millioni kompakt optik disklardadir
Respublikada kasaba uyushmalari kutubxonalari tarmog‘i keng tarqalgan
bo‘lib, ular korxona va tashkilotlarning tarkibida bo‘lib, aniq bir mexnat jamoasiga
adabiyotlar bilan xizmat ko‘rsatadi.Ushbu kutubxonalarni fondi unversal
xisoblanadi.Lekin ular o‘z fondlarini komplektlashda xizmat ko‘rsatayotgan
korxonaning soxasi, unda mexnat qiluvchilarning tarkibi, hamda kasba
uyushmasining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladilar.
Shuningdek kasba uyushmalari tarmog‘ida statsionar (doimiy, bir joydagi)
kutubxonalar ham mavjud bo‘lib, ular kasba uyushmasi klublari, madaniyat uylari
va saroylari hamda ishlab chiqarish korxonlari xududida joylashgan bo‘lishi
mumkin. Baxtga qarshi bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pgina korxonlarning
yopilishi munosabati bilan bu turdagi kutubxonalarning soni kamayib bormoqda.
Ushbu turdagi kutubxonalarga kasalxonalar qoidagi bemorlar uchun
kutubxonalar, dam olish uylari, sanatoriyalar, qamoqxonalar, xarbiy qismlar va
ofitserlar uylari qoshidagi kutubxonalar kiradi.
Shuningdek turli xil diniy tashkilotlarning kutubxonalar tarmog‘i rivojlanib
bormoqda. O‘zbekistonda 15 diniy konfessiyalar mavjud bo‘lib, ularni bir qanchasi
O‘zbekiston uchun noananaviy xisoblanadi.
Keyingi yillarda milliy-madaniy markazlar, “Ma’naviyat va ma’rifat”
markazlari bo‘limlari, “Mahalla”, “Umid”, “Ustoz”, “Sog‘lom avlod uchun”,
“Yoshlar ittifoqi” va boshqa jamoat tashkilotlari va fondlari qoshida kutubxonalar
tashkil etilmoqda.
Axolini ijtimoiy faolligini o‘sishi natijasida turli xil yangi jamoat
kutubxonalari turlari paydo bo‘lishi mumkin.