Madaniyatshunoslik


Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar 
Qonuniyat- Bu tabiatda va jamiyatdagi xodisalar o‘rtasidagi mavjud obektiv 
aloqalarni qaytarib turilishidir. Kutubxona-axborot faoliyatida esa, tarkibiy 
qismlar o‘rtasidagi, hamda kutubxonachilik ishi va jamiyat o‘rtasidagi 
aloqalardir. 
Kutubxona va axborot muassasalarining o‘zaro hamkorligi qonuniyati - Bu turli 
kutubxonalarni va axborot muassasalarni iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish 
uchun turli xil usullar bilan o‘z resurslarini tabiiy birlashtira olish xususiyati. 
Kutubxona-axborot faoliyati tizimida yig‘ilgan axborotlardan ijtimoiy 
foydalanish samaradorligini maksimum darajaga yetkazish qonuniyati – Bu 
kutubxona-axborot faoliyati tizimi va uni tarkibiy bo‘linmalari, shu jumladan 
kutubxonalar ham doimiy ravishda o‘z fondlarida yig‘ilgan axborotlardan 
jamiyat va alohida iste’molchi qiziqishlariga ko‘ra foydalanish natijalarini 
samaradorligini oshirishga qaratishdir .
Kutubxona-axborot 
faoliyatining 
dinamikligi 
(rivojlanib 
boruvchanlik) 
qonuniyati. Bu kutubxona-axborot faoliyati tizimini qotib qolgan tizim emas, 
balki dinamik, rivojlanib boruvchi tizim ekanligini bildiradi. 
Kutubxona-axborot faoliyatini demokratlashtirish qonuniyati– Bu qonuniyatga 
ko‘ra kutubxona-axborot faoliyati faqat shaxsni uzluksiz ta’lim olishga va o‘z-
o‘zini rivojlantirish, o‘z imkoniyatlarini ochishvositasigina emas, balki barcha 
fuqarolarni, ularni irqidan, dinidan, siyosiy qarashidan, ijtimoiy holatidan, 
jinsidan qat’iy nazar axborot bilan ta’minlovchi demokratik vositadir. 
Kutubxona-axborot faoliyatida milliy davlatchilik va baynalmilallikning 
dialektik birligi qonuniyati – Bu har bir mamlakatning kutubxona-axborot 
faoliyati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, umuminsoniy 
qadriyatlar va jahon fani, madaniyati, san’ati, kutubxonachilik ishidagi 
yutuqlarni o‘zida aks ettirgani uchun baynalminatligini bildiradi.
Kutubxona-axborot xizmatida individual yondoshishning avzalligi qonniyati– 
Bu qonuniyatga ko‘ra, kutubxona va axborot muassasalarining asosiy ishi 
odamlarni ma’naviyati va axborotga bo‘lgan talablarini shaxsga individual 
yondoshgan holda qondirishdir. Bu qonuniyat butun kutubxona-axborot faoliyati 
tarixi davomida asosiy prinsp bo‘lib kelgan.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin