77
birinchi marta maktab kutubxonalari uchun olinadigan kutubxonachilik
seriyalarini ishlab chiqishni ittifoqdosh respublikalar maorif xalq komissarliklari
zimmasiga yukladi.
“Mamlakatda kutubxona ishining ahvoli va uni yaxshilash choralari tо‘g‘risida”
gi (1959yil) hamda “Fan texnika taraqqiyotida kutubxonalarning rolini oshirish
tо‘g‘risida” gi (1974yil) qarorlari, kutubxonachilik ishi tо‘risidagi (1984yil)
nizomi mamlakatda bolalar kutubxonalari tarmoqlarini rivojlantirish, tartibga
solish va ularning istiqbollarini belgilashda yangi bosqichdir.
Agar 1918 yilda Toshkentda bittagina bolalar kutubxonasi ochilgan bо‘lsa, 1934
yilda ular 33
taga yetgandi, 1959 yillarga kelib esa ularning soni 5 barobar,
kitobxonlar soni esa sal kam 7 barobar kо‘payadi. 1985 yilda О‘zbekistonda bitta
respublika, 13 ta viloyat bolalar kutubxonasi, 2 ta markaziy bolalar kutubxonasi
va 462 ta bolalar kutubxonasi filiallari, 6068 ta ommaviy Davlat kutubxonalari, 8
mingta maktab kutubxonalari mavjud bо‘lib, ular bolalarga kutubxonachilik
xizmatini kо‘rsatadi.
Mazkur kutubxonalarning kitob fondi tо‘g‘risida rasmiy ma’lumotga ega
emasmiz. Shuningdek, maktab kutubxonalari fondi, kitob berilishi xaqida ham
kо‘p narsa bilmaymiz, ammo shu narsa ma’lumki,maktab kutubxonalaridan
qariyb 2 mln о‘quvchi foydalanadi.
Bolalar bо‘limi yoki fondi bо‘lgan ommaviy davlat
kutubxonalarida bolalarga
xizmat kо‘rsatishdagi asosiy kamchilik shuki – bunday kutubxonalarda bolalar
fondi uncha katta bо‘lmaydi, kо‘pincha bir ikkita javondan iborat bо‘ladi
(kitoblarni normal joylashtirganda har bir javonda о‘rtacha 300-350 ta kitob
saqlash mumkin). Mazkur kutubxonalarda bolalar bо‘limi bо‘lmasa, xizmat
kо‘rsatish ham malakali olib borilmaydi, chunki bu yerdagi xodimlar bolalar
bilan ishlash xususiyatlarini yaxshi bilishmaydi.
Bolalar kutubxonalari xodimlarining Butunrossiya kengashidagi (1933yil)
shunday deyilgan edi: “rahbarlik turlari bolalarning mustaqil faoliyatini
bо‘g‘masligi lozim. Kutubxonashunoslik ishida ham huddi shunday…
Shuningdek, bolalarga bir andoza bilangina yondashmasdan, bola taraqqiyotini
boshqarar ekanmiz,
undan ongli tarbiyalar ekanmiz, uning kamolotga yetishiga
keng imkoniyat yaratib berishimiz kerak ” kitobxonlarga rahbarlikning muhim
turlaridan biri tavsiyali katolog bо‘lib, uni tuzish ustida durustroq ishlash lozim
tо‘g‘risida kо‘rsatib о‘tilgan edi. Ma’lumki Madaniyat ministrligiga qarashli
davlat bolalar kutubxonalari tо‘la markazlashtirilgan edi. Respublikada 2 ta
shahar bolalar kutubxonalarining mustaqil Markazlashgan sistemasi (Toshkent
va Andijon shaharlarida) shuningdek 462 ta bolalar filiali ommaviy
davlat
kutubxonalarining markazlashtirilgan sistemasiga kiritilgandir.
“Davlat ommaviy kutubxonalarini markazlshtirish tо‘g‘risidagi Nizom”ga
muvofiq bolalar kutubxonalarining mustaqil tizimi bolalar kutubxonalarining
soni 8-10 tadan kam bо‘lmagan, kattalar kutubxonalari bolalarga xizmat
kо‘rsatmaydigan shaharlarda tuzilishi mumkin edi. Shu prinsipga muvofiq
Toshkent
shahrida
bolalar
kutubxonalarining
mustaqil
umumshahar
markazlashgan tizimi barpo qilingan. Uning tarkibida 40 dan ortiq sobiq bolalar
78
kutubxonalari birlashtirilgan. Tabiiyki , bunday holda
kattalar kutubxonalarida
bolalar bо‘limlari tashkil etilmaydi.
Bolalar kutubxonalarini kattalar kutubxonalari bilan bir tizimga birlashtirilganda
esa, tizimning bolalar bо‘linmalari tarmog‘i shahar, tuman markaziy bolalar
kutubxonasidan, bolalar filial – kutubxonalari, kattalar kutubxonalari qoshidagi
bolalar bо‘limlari, kitob berish shahobchalari, kо‘chma kutubxonalar va
bibliobusning tо‘xtash shahobchalaridan iborat bо‘ladi.
Davlat ommaviy kutubxonalarining markazlashtirilgan tarmog‘ida Markaziy
bolalar kutubxonasi – butun tarmoqda bolalarga xizmat kо‘rsatishning ahvoliga
javob beradi. U о‘z faoliyatini shahar yoki tumandagi mavjud maktab
kutubxonalari bilan bog‘lab olib boradi.
Markaziy bolalar kutubxonasi fondini shakllantirishda barcha bо‘limlardagi
kitobxon – bolalarning har biriga 6 ta kitob tо‘g‘ri
kelilishini hisobga olmoq
zarur .Kitobxon bolalarning yosh grupalariga qarab, ularga badiiy, ilmiy-
ommabop adabiyotlar tarkibi belgilanadi . masalan maktabgacha yoshdagi
bolalar va 1 sinf о‘quvchilari uchun badiiy adabiyot 98 -99 % miqdorida, ilmiy –
ommabop adabiyotlar esa 1-2 % miqdorida; 2-3 sinf о‘quvchilari uchun tegishli
ravishda 80-85% va 15-20%; 4-5 sinf о‘quvchilari uchun 75-80% va 20-25%; 6-
8 sinf о‘quvchilari uchun 65-70% va 30-35% adabiyot bо‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
Lekin shuni qayd qilish kerakki, respublikada umuman kutubxona fondlarini
tо‘ldirishda jiddiy kamchiliklar mavjud. Ayniqsa, kutubxonalarni milliy
tillardagi adabiyotlar bilan ta’minlash deyarli 50 % ga ,
badiiy va bolalar
adabiyotiga bо‘lgan ehtiyoj esa atigi 20-25%gina qanoatlantirilmoqda. Bolalar
kutubxonalarining fondlarida sinfdan tashqari о‘qish uchun О‘zbekiston Maorif
ministrligi tavsiya etgan kitoblarning 30-50%i, qishloq tarmoqlarida esa 80%
nigina mavjud.
Bolalarga kutubxona xizmati kо‘rsatishda maktab kutubxonalari potensialidan
tо‘la foydalanish zarur. Respublikadagi 8 mingdan ortiq maktab
kutubxonalarining fondlari davr talabiga javob bermaydi,asosan darsliklar
fondidagina tashkil topgan, fondni tо‘ldirish uchun maxsus mablag‘ kam
ajratilmoqda . Bu kutubxonlarda kutubxona hisoboti juda yomon yо‘lga
qо‘yilgan, kitobxonlar bilan ishlash , ularga differensial yondoshish , davlat
kutubxonalari bilan о‘z ishlarini muvofiqlashtirish , ayniqsa malakali kadrlar
bilan ta’min etish haligacha muammo bо‘lib qolmoqda.
Maktab kutubxonalari ahvolini tubdan yaxshilashning birdan-bir yо‘li – ularni
davlat bolalar tarmog‘iga birlashtirish asosida markazlashtirishga о‘tkazishdir.
Mamlakatda maktab islohatini muvaffaqiyatli amalga oshirishning , yosh avlodni
vatanparvarlik ruhda tarbiyalash samaradorligini oshirishning garovi bolalarni
kutubxonalardan yanada kengroq foydalanishga о‘rgatish, kutubxonalarni
bolalarning turmushiga kо‘proq singdirishdir.