83
jahon standartlariga mos imkoniyatlarning yaratilishiga imkon berdi. U erda
maxsus ma’lumotni qo‘lga kiritgan
malakali mutaxassislar, operatorlar,
dasturchilar va boshqa xodimlar ishlashadi. Albatta, mamlakatimizdagi boshqa
kutubxonalarda ham bugungi kunda maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar
ishlashadi, faqatgina ularning aksar qismi qirq yoshdan
katta va ularning orasida,
deyarli, erkaklar yo‘q.
Zamonaviy kutubxonachi nafaqat Internetning mohir foydalanuvchisi
bo‘lishi, balki turli xildagi kutubxona qidiruv tizimlarini yaxshi tushunishi kerak.
Mohiyatiga ko‘ra, XXI asr kutubxonachisi – foydalanuvchilarga kerak bo‘lgan
ma’lumotning samarali – aniq va tez qidiruvini ta’minlovchi konsultant.
Bir so‘z bilan aytganda, bu kasb yaxshi bilim va
har tomonlama rivojlanganlik,
xushmuomalalik va matonatni talab qiladi, bundan tashqari, u karerada ko‘tarilish
imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Eng muhimi, hech qanday xarajat qilmsdan
xohlagan kitobingizni maza qilib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Bu esa juda
ajoyib! SHunday ekan, sizga omad, bo‘lg‘usi kutubxonachilar!
Dostları ilə paylaş: