Madaniyatshunoslik


 Ma’naviyat, ma’rifat va san’at sho‘basi



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

3. Ma’naviyat, ma’rifat va san’at sho‘basi 
Ma’naviyat, ma’rifat va san’at sho‘basining kitob fondi 4000 ga yaqin bo‘lib 
undan 2000 tasi san’atga doir adabiyotlardir. Bular musiqa, raqs, kino, teatr, 
tasviriy san’atga oid kitoblardir. Notalar esa alohida kitob javonlarida joylashgan. 
San’atga oid adabiyotlardan tashqari ma’naviyat va ma’rifatga doir kitoblar 
ham mavjud. Sho‘ba doimiy ravishda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” 
gazetasini, “Teatr”, “San’at”, “Saodat”, “Guliston”, “Veseliye notki”, “Yuniy 
xudojnik” nomli jurnallarni oladi. Sho‘ba Toshkent shahridagi maktablarning 
o‘quvchilariga, Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik 
litseyi o‘quvchilariga va Kamoliddin Behzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn 
instituti talabalariga xizmat ko‘rsatadi. 
Sho‘ba xodimlari tomonidan doimiy ravishda xar xil tadbirlar o‘tkaziladi. 
Masalan, san’at ustalari, kino aktyorlari, shoirlar va kompozitorlar bilan 
uchrashuvlar, kollej va institut talabalari bilan birgalikda bayram kechalari 
tayyorlanadi. Eng kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun esa “Musiqiy 
mehmonxona” nomli sirli musiqa olamiga sayohat tashkil etilgan. “Musiqiy 
mehmonxona” ni tashkil qilishdan asosiy maqsad, o‘sib kelayotgan yosh avlodga 
musiqa sirlarini ochib berish, ularni musiqaga yaqinlashtirish, musiqa asboblari 
bilan tanishtirishdir, chunki musiqa har bir insonda yaxshi fazilatlarni va nozik 
tuyg‘ularni uyg‘otadi. 
4. Ma’lumot-bibliografiya bo‘limi 
Ma’lumot-bibliografiya bo‘limining kitob fondi 1500 ga yaqin. Kutubxonada 
ma’lumot-bibliografiya va o‘lkashunoslik axborot xizmat ko‘rsatish bo‘limining 
asosiy vazifasi kitobxon bolalarning so‘rovnomalarini bajarish va kartoteka, 
kataloglar bilan ishlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Bo‘limda har qanday 
savollarga javob bera oladigan ajoyib ma’lumot-bibliografik nashrlar fondi 
joylashgan. Gazeta, jurnallarning turli tematikadagi maqolalar kartotekasi mavjud. 
Bundan tashqari bo‘lim kitobxon va bolalar o‘qishi rahbarlari bilan axborot-
bibliografik ishlarini olib boradi. O‘qituvchi-pedagoglar uchun “Axborot kunlari” 
ni tashkil etadi. 
Bo‘lim xodimlari yangi kelgan matbuot nashrlari bilan ishlaydilar, ya’ni 
maqolalarni tahlil qilib, ular haqidagi bibliografik ma’lumotlarni tavsiflab


132 
kartotekalarga joylashtiradilar. Ma’lumot-bibliografiya va axborot bo‘limi 
kutubxonachilarning bibliografik faoliyatini mukammallashtirish, vaqtini tejash, 
kitobxonlar bilan ishlashlarida yordam berish maqsadida yozuvchilar hayoti va 
ijodiga oid dolzarb mavzular bo‘yicha muntazam ravishda bibliografik 
qo‘llanmalar va bolalar kitob o‘qishiga rahbarlik qilish yo‘nalishlarida axborot-
bibliografik nashrlar chiqaradi. 
Bibliografik qo‘llanmalarning kichik shakllaridan: varaqalar, bukletlar, 
esdaliklar tayyorlaydi, kitob ko‘rgazmalari tashkil etadi va gazeta, jurnallar 
maqolalari sharhlarini o‘tkazadi. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin