134
ko‘maklashashish maqsadida beg‘araz granti asosida 28,6 million iyen hisobida
audiovizual jihozlar ajratildi. Bu kutubxona ishini yanada rivojlantirishga xizmat
qilmoqda.
Bu audiovizual jihozlardan ko‘zi ojiz va harakati
cheklangan bolalar va
o‘smirlar xam foydalanishlari mumkin. Shuningdek kutubxonada bu jihozlardan
lingafon xonasi tashkil etilib: DVD, naushniklar va yassi ekranlar qo‘yilgan. Ular
yordamida bolalar Jahon klassik va milliy musiqali asarlarlarni eshitishlari yoki
axborot texnologiyalari yordamida til o‘rganishlari, maktabgacha bo‘lgan bolalar
o‘qishlarini tashkil etish mumkin.
Bundan tashqari o‘quv zalida bu texnikaning asosiy qismi joylashtirilgan – bu
yerda videoproyektor,
elektrifitsialangan ekran, DVD, videomagnitafon,
audiokuchaytirgich va mikrafonlar qo‘yilgan. Bu uskunalar yordamida xalqaro
konferensiyalar, seminar-treninglar, taqdimotlar, olimlar,
yozuvchilar, madaniyat
xodimlari, san’atkorlar va boshqa insonlar bilan uchrashuvlarni zamonaviy va
yuksak miqyosda o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Barcha kompyuterlar ADSL texnologiyasi orqali internet tarmog‘iga ulangan.
Bu kitobxonlar uchun ko‘proq axborotlar olish imkonini bermoqda. Bo‘lim
xodimlari bolalarga kompyuterdan foydalanish qoidalarini o‘rgatadilar. Bo‘limda
“Kompyuter kutubxonasi” tashkil qilingan. “Kompyuter kutubxonasi” turli fan
sohalari bo‘yicha referatlar va tematik uy vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu
yerda axborot texnologiyalariga oid yuzdan ortiq jurnallar,
kompyuter
savodxonligiga oid ilmiy-ommabop nashrlar darsliklar va qo‘llanmalar jamlangan.
Axborot texnologiyalari keng rivojlangan hozirgi kunda, internet tarmog‘ida
Respublika bolalar kutubxonasi jamoasi tomonidan o‘zbek tilidagi Kitob.uz sayti
tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga yosh kitobxonlar uchun
Dostları ilə paylaş: