18-mavzu: O`zbekiston Respublikasida kutubxonа sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar.
Reja:
1.
O`zbekiston Respublikasida kutubxonа sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlar.
2.
Kutubxona sohаsidа o‘zgаrishlаrning rivojlanishi.
3.
Аholining mа’nаviyatini o`stirishda kitob va kutubxonalarning o`rni.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob –
beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar
o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql –
qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday
hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon
insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-
hunarli va albatta baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va
kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida
o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Istiqlolimizning qisqa davri mobaynida mamlakatda ijtimoiy, madaniy va xalqaro
hayotning deyarli barcha tomonlariga taalluqli ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi.
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi bobida faol va samarali qadamlar
qo‘yildiki, bu ko‘p jihatdan mamlakat fuqarolariga axborotdan erkin foydalanish
imkoniyatlarini yaratish darajasi bilan bog‘liqdir.
Respublika kutubxonachilik ishidagi katta o‘zgarishlar kutubxonalarning
axborotlashtirish tomon keskin o‘girilishiga, madaniy oqartuv muassasasidan
axborotlashtirilgan ijtimoiy-madaniy tuzilmaga aylanishiga va shuning bilan
kutubxonachilik ishini axborot-kutubxonachilik “siyosat”iga olib kelganligini
qayd etish muhimdir. O‘tgan davr ichida kutubxonalarga mumkin qadar
ko‘pchilik uchun cheklangan manbalardan foydalanish imkoniyatini yaratish
vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, hozirgi paytda axborot-kutubxona muassasalarining
asosiy vazifasi aholining barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni milliy va
dunyodagi bor axborot ma’lumotlaridan bahramand qilishdir.
Bugun yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yuksaltirish
maqsadida
keng
ko‘lamli
ishlar
amalga
oshirilmoqda.
Bu
borada
Prezidentimizning “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi”gi qarori
dasturilamal bo‘lmoqda. Darhaqiqat, prezidentimizning ushbu qarorida
163
belgilangan vazifalar, bir tomondan, azaldan kitobsevar xalqimiz, shu jumladan,
yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
yuzasidan hozirgi zamon talablari darajasida juda keng imkoniyatlar yaratishga
qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yaqin vaqt oralig‘ida O‘zbekistonimizning
tom
ma’noda
kitobxonlar
yurtiga
aylanishiga
xizmat
qilmoqda.
Bu borada, ayniqsa, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlan-
tirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, 2011-yilda qabul qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi
qonun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona resurslarini shakllantirish hamda aholiga sifatli axborot-kutubxona
xizmati ko‘rsatishni tashkil etish borasida davlat organlari va axborot-kutubxona
muassasalarining vakolat va vazifalarini belgilab berdi. Mazkur qonunning
ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib,
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida axborot-kutubxona
muassasalarining samarali faoliyatini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh
avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni
saqlashga qaratilgan mutlaqo yangi tipdagi axborot-kutubxona tizimini yaratish
borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Barchaga ayonki, axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan XXI asrda
axborot siyosati madaniy siyosatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Shu ma’noda,
Prezidentimizning
qator
qarorlari
va
sohaga
oid
qonunning
qabul
qilinishi kutubxonachilik ishida tarixiy voqea bo‘lib, an’anaviy kutubxona
xizmati ko‘rsatishdan zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan axborot-
kutubxona xizmatini ko‘rsatishga asos solindi. Ma’lumki, mustaqillik yillarida
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan
ko‘plab
ma’rifat
maskanlari
barpo
etilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchun yangi binoning
qurilishi, ana shunday zamonaviy koshonaga joylashtirilganligi ham
mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat rivoji yo‘lida ko‘rsatilayotgan ulkan
g‘amxo‘rlik va e’tiborning davomi hamda yana bir namoyishi bo‘ldi, desak aslo
mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mamlakatimizda milliy
va jahon madaniyatini, fan va ta’limni rivojlantirish yo‘lida axborot-kutubxona
faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi universal axborot-kutubxona
muassasasi hisoblanadi. Uning boy va nodir axborot-kutubxona fondi ma’naviy
merosimiz va milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismidir. Shu ma’noda, ushbu
ziyo maskani yoshlarimizni yetuk intellektual bilim va salohiyatga ega, erkin
fikrlovchi insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilishi tabiiy.
Hozirgi kunga kelib kutubxona foydalanuvchilarining, eng avvalo,
yoshlarning ehtiyojlarini inobatga olgan holda, qiroatxona zallarining ixtisos-
lashuvi va joylashishi takomillashtirildi. Ixtisoslashtirilgan elektron kutubxona
zali, multimedia texnologiyalari zali tashkil etildi, barcha zallarda internet
tarmog‘idan foydalanish ta’minlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufidagi
164
14 ta axborot-kutubxona markazi avtomatlashtirilgan mahalliy kompyuter
tarmoqlari bilan jihozlanib, internet tarmog‘iga ulanganligi foydalanuvchilarga
yanada qulaylik yaratadi. Bir so‘z bilan aytganda, asosiy maqsad yoshlarda
mustaqil ravishda axborot olishga bo‘lgan intilish va qiziqishni kuchaytirish,
ularni yangi chop etilgan ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv-badiiy adabiyot
bilan batafsil tanishtirish bilan birga kitob mutolaasini ommalashtirish, axborot
madaniyati darajasini oshirish, internet tarmog‘ida milliy kontentni
rivojlantirishga hissa qo‘shish va internetning axborot-kutubxona xizmatidagi
imkoniyatlarini
yanada
oshirishga
qaratilgan.
Zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini integratsiyalashtirish nafaqat kitobxonlar
foydalanadigan kitoblar sonini ko‘paytirish, balki mamlakatimizda madaniyat va
ilm-fanning yanada ravnaq topishiga xizmat qiladi. Bevosita islohotlarning
davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan
Olmazor tumanida A.Qodiriy va A.Cho‘lpon nomli kutubxonalar binosi qurib
bitkazildi. Asosiy maqsad kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga
chuqurroq o‘rgatish zarurligi, aholining dam olishi uchun qulayliklarni zamon
talablari darajasida oshirish, bir so‘z bilan aytganda, jaholatga qarshi ma’rifat
bilan kurashishdan iboratdir. 2019-yil 13-yanvarda Bosh vazir A.Aripov
tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilish qarorining 31-bandiga
asosan ushbu kutubxonalar Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi
tasarrufiga berilgani poytaxt aholisiga va ayniqsa yoshlarga ko‘rsatilayotgan
yuksak imkoniyatlar eshigini ochdi. Mamlakatimizda ogohlik, har qanday
sharoitga tayyor turishdek odilona olib borilayotgan siyosat darajasidagi chora-
tadbirlarning ko‘rilishi natijasida pandemiya hamda karantin bilan bog‘liq
mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimiz tushkunlik va sarosimaga
tushgani yo‘q. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan biror-bir tizim
to‘xtab qolmadi. Chunki Yurtboshimiz vaziyatdan kelib chiqib, xalqimizning
sog‘lig‘ini o‘ylab, har bir sohaning ishini boshqa shaklda tashkil etish orqali
belgilangan tartiblar asosida yo‘lga qo‘yildi. Ya’ni, “Aqliy mehnat, ta’lim-
tarbiya bilan bog‘liq faoliyat turlari masofadan turib, onlayn rejimda olib boril-
moqda”. So‘nggi uch yilida axborot-kutubxona sohasiga oid normativ-huquqiy
hujjatlarning qabul qilinishi bir qator ustuvorliklar belgilanishiga olib
keldi. Prezidentimiz tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 muhim
tashabbusdan biri — yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish hisoblanadi. Toshkent shahar “Bilim” axborot-
kutubxona markazi tomonidan keng aholi qatlami va ayniqsa yoshlarimizning
uyda qolishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida maxsus ishlab
chiqilgan chora-tadbirlar asosida faoliyat olib bormoqda. Aholining ijtimoiy
huquqlari, ya’ni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
muntazam bilim olishiga ko‘maklashish, milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni
keng ko‘lamda targ‘ib qilish, ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning
ijodiy o‘sishiga imkoniyat yaratib berish maqsadida Toshkent shahar “Bilim”
165
axborot-kutubxona markazi “Uyda qoling!” shiori ostida yaratilgan “Bilim
kitoblar”, “Bilim Aksiya”, “Bilim jonli ensiklopediya”, “Detskiy mir”, “Audio
bilim”, “Bilim kutubxonasi”, “Aqlli karantin”, “Ajdodlar merosi — ilm
yog‘dusi” kabi onlayn yaratilgan ta’sirchan sahifalar faoliyatida o‘z aksini
topmoqda.
2019-yil 7-iyunda “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona
xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” Prezident qarori qabul
qilinishi sohaning taraqqiyotiga keng yo‘l ochdi. Qarorda 2019–2024-yillarda
O‘zbekiston
Respublikasida
axborot-kutubxona
sohasini
rivojlantirish
konsepsiyasi, sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi hamda
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot-resurs
markazining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy
kommunikatsiyalar
agentligiga
tegishli
vazirlik,
idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimliklari bilan birgalikda Milliy kutubxona qoshida 186 ta tuman (shahar)
axborot-kutubxona markazini tashkil etish, aholiga axborot-kutubxona
xizmatlarini ko‘rsatish uchun sifat jihatidan yangi va qulay shart-sharoit yaratish,
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ularning ilmiy, ta’lim, axborot va
madaniy ehtiyojlarini qondirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj
qatlamlariga ijtimoiy moslashuv va reabilitatsiya, mustaqil ta’lim olish va
muloqot doirasini kengaytirish usuli sifatida axborotdan foydalanish
imkoniyatlarini yaratish, foydalanuvchilarga har qanday tashuvchilarda (bosma,
multimedia va raqamli), shu jumladan internet tarmog‘i yordamida sifatli
axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini yaratish, o‘zining axborot-
resurslarini yaratish va ularni doimiy to‘ldirib borish orqali kitobxonlarga
an’anaviy xizmat ko‘rsatish usulidan ularni zamonaviy axborot-kutubxona
xizmatlari bilan ta’minlashga o‘tish va aholiga masofadan axborot-kutubxona
xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish va modernizatsiya qilish asosiy vazifa etib
belgilandi.
Mazkur qarorga muvofiq kutubxona sohasida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni
o‘rganish asosida turdosh oliy o‘quv yurtlariga “Kutubxona-axborot faoliyati”
yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul kvotalari to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish yuklatilganligi kelajakda
sohamizdagi kadrlar qo‘nimsizligi muammosini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan, vazirliklar va
idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarida, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda, shu
jumladan
harbiy
qismlarda
idoraviy
kutubxonalarni
tashkil
qilish
(takomillashtirish), idoraviy kutubxonalarning kitob fondini va moddiy-texnika
bazasini yaratish, yangilash va to‘ldirish uchun davlat budjeti, budjetdan tashqari
jamg‘armalar mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa
manbalar hisobidan moliyalashtirish belgilandi. Idoraviy kutubxonalarning kitob
fondini yangilash va to‘ldirish uchun zarur nashrlar ro‘yxatini har yili
166
shakllantirish mexanizmining belgilanganligi ham albatta o‘zining ijobiy
samarasini beradi.
Ayniqsa, ushbu qarorda ko‘p minglab kutubxonachilarning azaliy orzusi
ushaldi. 21-may — Kutubxonachilar kuni deb belgilanib, bunda kutubxonachilarni
ko‘p yillik halol mehnati va axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga qo‘shgan
hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash va rag‘batlantirish o‘z aksini
topganligini o‘qib boshimiz osmonga yetdi. Albatta, bu biz soha vakillari uchun
katta e’tibor, ulkan rag‘bat, e’tirof bo‘libgina qolmasdan, balki yuksak
mas’uliyatdir. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish, kitob
mutolaasini yanada takomillashtirish orqali aholi va ayniqsa yoshlarimizni yuksak
ma’naviyatli shaxslar qilib tarbiyalashda kuchli bilim, malakali tajribamiz va
mavjud
imkoniyatlarni
safarbar
etishga
tayyormiz.
Hurriyatparvar ajdodlarimizning asriy orzusini, xalqimizning tenglar ichra teng
bo‘lish huquqini yuzaga chiqargan, milliy o‘zligimiz, qaddimiz va qadrimizni
tiklagan, mamlakatimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini
ta’minlayotgan, farzandlarimiz kelajagiga mustahkam zamin yaratayotgan aziz va
mukarram – Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Dostları ilə paylaş: |