Madaniyatshunoslik


oddiy,tushunarli ravishda o‘zlashtiriladi



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

 
oddiy,tushunarli ravishda o‘zlashtiriladi.
 
2. Kutubxonashunoslik fani va kutubxonachilik-bibliografik va axborot 
fanlar.
Kutubxonashunoslik 
fani 
bibliografiyashunoslik, 
kitobshunoslik, 
informatika 
fanlari 
bilan 
juda 
yaqin 
aloqaga 
egadir. 
Shuningdek 
kutubxonashunoslik va arxivshunoslik fanlari uchun ichki aloqadorlik 
xarakterlidir. Ushbu fanlarni kelib chiqishi va yaqinligini yuqori darajasi ularni 
birlashtiradi.
Kutubxonashunoslik va bibliografiyashunoslik 
Bular –mustaqil, bir-biriga yaqin, bir-biri bilan yaqin aloqada bo‘ladigan va 
bir-birini boyitadigan fanlardir. Bibliografiyashunoslik kutubxonashunoslik fanini 
ilmiy-nazariy potensialini sezilarli darajada kengaytiradi. U bibliografik 
informatsiya ilmiy tushunchasidan foydalanadi, Bibliografiyasiz kutubxona 
ishining ko‘pgina ishlarini amalga oshirib bo‘lmaydi, masalan: fondlarni 
komplektlash, axborot-qidiruv tizimlarini ishlab chiqish, kutubxona fondini 
o‘rganish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishda tavsiya bibliografiyasidan 
foydalanish, yangi adabiyotlar haqida axborot berish va boshqalar. 


24 
Bibliografiya ma’lum darajada kutubxonalar orqali tarqaladi. Shuningdek 
bibliografiya nazariyasi-bibliografiyashunoslik rivojlanadi. U o‘z navbatida 
kutubxonashunoslik fani tamoyillari, nazariyasi, usullari, tushunchalaridan 
foydalangan xolda uning ilmiy-nazariy potensialiga suyanadi. Ushbu fanlarnibir-
biriga yaqinlashtirish, olimlar oldida turgan muxim vazifalardan biridir. 
Kutubxonashunoslik va kitobshunoslik 
Kitobshunoslik-kutubxonashunoslik bilan yaqin, bir-biriga bog‘langan ilmiy 
fan. Lekin ko‘pgina kitobshunos olimlar kutubxonashunoslikni, kitobshunoslik 
fanini tarkibiy qismi sifatida qarashadi. 
Kitobshunoslik, kitobshunos olimlarni bergan ta’rifiga ko‘ra kitob haqidagi 
barcha fanlarni sun’iy konglamerati, ya’niy quramasidir. Kutubxonashunoslik fani 
kitobni o‘zini emas, balki axborotni saqlovchi elementlardan biri -nashr shakl 
sifatidagi xolati, mazmuni qiziqtiradi. Kutubxonashunoslar o‘z faoliyatlarida ushbu 
fanning asosiy tushunchalari: kitob, kitobat ishi, nashriyot, kitob tarqatish va 
boshqadan foydalanadilar. 
Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik fanlari kitobxonlik deb ataluvchi 
tadqiqot sog‘asida bir-biriga juda yaqin aloqada bo‘ladi. “Kitobxon”, “o‘qish” 
tushunchalari kutubxonashunoslikdagi muxim tushunchalari bo‘lsada, ular tor 
ma’noda ishlatiladi. Kitobni bilish, uni ma’nosini, maqsadi va qanday kitobxonlar 
guruxiga mo‘ljallanganligi- bu kutubxonachining kasbiy faoliyatidir. Ba’zi bir 
kutubxonachilik tadqiqotlari konsepsiyalarini ishlab chiqishda kitoblarni ijtimoiy 
xodisa sifatida rivojlanishining umumiy qonuniyatlari katta rol o‘ynaydi. 
Kitobshunoslar o‘z navbatida kitobxonlar, ularni qiziqishlari, axborotga 
bo‘lgan talablari, aloxida nashr turlaridan foydalanish, aniq nashrlar va boshqalar 
haqidagi nazariy xulosalar va empirik ma’lumotlardan foydalanadilar. 
Kitobshunoslik va kutubxonashunoslik fanlarini juda ham yaqinligi, ushbu fanlarni 
yagona fan deb qarash yoki biri ikkinchisini tarkibiga kiradi deb xisoblashga xech 
qanday asos yo‘q. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin