25
zarurligini anglab yetmoqdalar.Hozirgi kunda kutubxonashunoslik
fanining ilmiy
tushunchalariga “ axborot”, “axborotlashtirish”, “kompyuterlashtirish” va boshqa
tushunchalar kirib bormoqda. Fanning o‘zi esa yangi yo‘nalishlarga o‘tish
bosqichini
tugallamoqda.
Kutubxonachilik
ishi
endi
axborotlashtirish
industiriyasining bir soxasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Hozirda kutubxonashunoslik va amaliy informatika fanlarining o‘zaro
aloqalarida integratsiya
tendensiyasining
kuchayishi xolati ko‘rilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda “kutubxona-axborot fanlari” tushunchasi qo‘llanilishi
bu tasodif emas. Kutubxonashunoslik va amaliy informatika fanlarining o‘zaro
aloqa
jarayonlarining rivojlanishi, bu inkorni inkori qonuniyatiga ko‘ra, yaqin
kelajakda ularni o‘zaro aloqalari integratsiyalash jarayonida yangi bir asosda
faoliyat yuritishga olib keladi.
Kutubxonashunoslik fanini fundamental informatika faniga bo‘lgan
munosabatiga kelsak, fundamental informatika kutubxonashunoslik
fani uchun
umumlashtiruvchi fan sifatida qaralishi, uning qonuniyatlari,tamoyillari,
kategoriyalaridan kutubxonashunoslik fani axborot-
kutubxona faoliyati uchun
xarakterli bo‘lgan axborot jarayonlarii o‘rganishda toboro ko‘proq foydalanishi
kerak.
Shunday qilib kutubxonashunoslik kelib chiqishi bir bo‘lgan fanlar bilan
o‘zaro aloqalarini nisbatan yuqor darajada doimiy
va muvofiqlashgan deb
xarakterlash
mumkin.
Yaqin
kelajakda
kutubxoanashunoslik,
bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik, amaliy informatika fanlari sohasida jiddiy
o‘zgarishlar bo‘lishi uchun bir qator asoslar mavjud. Yuqoridagi fanlar yangi, yana
ham umumiy nazariy asoslarga ega bo‘lgan fan-fundamental
informatika asosida
o‘z ilmiy bilimlarini qayta quradilar.
Dostları ilə paylaş: