Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar Qonuniyat- Bu tabiatda va jamiyatdagi xodisalar o‘rtasidagi mavjud obektiv
aloqalarni qaytarib turilishidir. Kutubxona-axborot faoliyatida esa, tarkibiy
qismlar o‘rtasidagi, hamda kutubxonachilik ishi va jamiyat o‘rtasidagi
aloqalardir.
Kutubxona va axborot muassasalarining o‘zaro hamkorligi qonuniyati - Bu turli
kutubxonalarni va axborot muassasalarni iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish
uchun turli xil usullar bilan o‘z resurslarini tabiiy birlashtira olish xususiyati.
Kutubxona-axborot faoliyati tizimida yig‘ilgan axborotlardan ijtimoiy
foydalanish samaradorligini maksimum darajaga yetkazish qonuniyati – Bu
kutubxona-axborot faoliyati tizimi va uni tarkibiy bo‘linmalari, shu jumladan
kutubxonalar ham doimiy ravishda o‘z fondlarida yig‘ilgan axborotlardan
jamiyat va alohida iste’molchi qiziqishlariga ko‘ra foydalanish natijalarini
samaradorligini oshirishga qaratishdir .
Kutubxona-axborot
faoliyatining
dinamikligi
(rivojlanib
boruvchanlik)
qonuniyati. Bu kutubxona-axborot faoliyati tizimini qotib qolgan tizim emas,
balki dinamik, rivojlanib boruvchi tizim ekanligini bildiradi.
Kutubxona-axborot faoliyatini demokratlashtirish qonuniyati– Bu qonuniyatga
ko‘ra kutubxona-axborot faoliyati faqat shaxsni uzluksiz ta’lim olishga va o‘z-
o‘zini rivojlantirish, o‘z imkoniyatlarini ochishvositasigina emas, balki barcha
fuqarolarni, ularni irqidan, dinidan, siyosiy qarashidan, ijtimoiy holatidan,
jinsidan qat’iy nazar axborot bilan ta’minlovchi demokratik vositadir.
Kutubxona-axborot faoliyatida milliy davlatchilik va baynalmilallikning
dialektik birligi qonuniyati – Bu har bir mamlakatning kutubxona-axborot
faoliyati o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Shu bilan birga, umuminsoniy
qadriyatlar va jahon fani, madaniyati, san’ati, kutubxonachilik ishidagi
yutuqlarni o‘zida aks ettirgani uchun baynalminatligini bildiradi.
Kutubxona-axborot xizmatida individual yondoshishning avzalligi qonniyati–
Bu qonuniyatga ko‘ra, kutubxona va axborot muassasalarining asosiy ishi
odamlarni ma’naviyati va axborotga bo‘lgan talablarini shaxsga individual
yondoshgan holda qondirishdir. Bu qonuniyat butun kutubxona-axborot faoliyati
tarixi davomida asosiy prinsp bo‘lib kelgan.