Madaniyatshunoslik


Madaniyat va san’at bo‘yicha axborot bo‘limi



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Madaniyat va san’at bo‘yicha axborot bo‘limi,
rahbar xodimlar, ilmiy 
xodimlar va mutaxassislarni madaniyat muassasalaridagi ilg‘or tajribalar
yangiliklar, yutuqlar to‘g‘risidagi axborot bilan muntazam ta’minlab turadi. 
Depozitarlar (kam foydalaniladigan adabiyotlar fondi) vazifasini bajaruvchi 
kutubxonalarda – 
depozitar bo‘limi
, shuningdek 
almashuv – rezerv
fondlari 
sektori va boshqalar tashkil etilishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarining tuzilishi
. O‘zbekiston 
Respublikasida oliy ta’lim muassasalari kutubxonalari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil 
etish to‘g‘risida” 2006 yil 20 iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 29 
dekabr 299- sonli buyrug‘iga binoan “Axborot- resurs markazlariga” ( keyingi 
o‘rinlarda ARM deb ataladi) aylantirildi. Buyruqga ilova tarzida “Oliy va o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining axborot- resurs markazlari to‘g‘risida 
namunaviy Nizom”, “Axborot-resurs markazidan foydalanish Qoidalari”, “Oliy va 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlari fondlarini 
shakllantirish haqida Nizom”, “Nashrlar va boshka hujjatlarni ARM fondi 
xisobidan chiqarish tartibi”, Axborot-resurs markazlarini guruxlarga ajratish 
mezonlari va tartibi, guruxlarni namunaviy shtatlar jadvali va mehnatga xaq to‘lash 
Yagona tarif setkasi bo‘yicha lavozim razryadlari belgilab berildi ( 1-Ilovada ular 
tulik keltirilgan). 
Oliy ta’lim muassasalari qoshidagi ARMlarda quyidagi bo‘limlar 
mavjud: 
Ilmiy- metodik bo‘lim; 
Qabul qilish, komplektlash va kataloglashtirish bo‘limi; 
Adabiyotlar va elektron axborot resurslar bo‘limi ( o‘quv zali va mediateka 
bilan birga); 
Marketing va axborot xizmati ko‘rsatish bo‘limi; 
Fondni saqlash bo‘limi; 
Axborot texnologiyalari bo‘limi. 
Mehnatga xaq to‘lash kategoriyasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari 
ARMlari 1-chi va 2-chi kategoriyalarga bo‘linadilar. 


57 
O‘rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalari qoshidagi ARMlarda quyidagi 
bo‘limlar mavjud:
Elektron axborot resurs texnologiyalari bo‘limi; 
Bosma adabiyotlar va elektron resurlari bo‘limi; 
Axborot resurslarini qabul qilish va fondlarni shakllantirish bo‘limi; 
Axborot-resurs markazi filiali. 
O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi axborot- 
kutubxona markazlarida quyidagi bo‘limlar mavjud:
Ilmiy- uslubiy bo‘lim 
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini komplektlash bo‘limi 
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini kataloglashtirish va qayta ishlash 
bo‘limi; 
Axborot- bibliografik bo‘lim; 
bo‘lim qoshida: 
o‘lkashunoslik axboroti shu’basi; 
xuquqiy axborot shu’basi. 
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi; 
bo‘lim qoshida: 
Umumiy o‘quv zali shu’basi; 
Kompyuter zali (elektron o‘quv zali, internet markazi) 
Yoshlar bilan ma’naviy va ma’rifiy ishlar shu’basi; 
Abonement va kutubxonalararo abonement shu’basi. 
Axborot texnologiyalari bo‘limi; 
Axborot va kutubxonachilik xujjatlarini saqlash bo‘limi. 
Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida va ko‘pchilik chet el Universitet 
kutubxonalarining tashkiliy tuzilishi quyidagicha: 
-

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin