Madaniyatshunoslik


-mavzu:Kutubxonachilik sohasida kutubxonachi shaxsining



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

15-mavzu:Kutubxonachilik sohasida kutubxonachi shaxsining 
ijtimoiy moslashuvi
Reja: 
1. Kutubxona-axborot faoliyatining jamoatchilik xarakteri va kutubxonachi 
mehnatining ijodiyligi.
2. Kutubxonachi shaxsiga bо‘lgan umumkasbiy talablar.
3. Kutubxona-axborot faoliyati va kutubxonachilik mutaxassisliklari
Kutubxonachi o‘quvchilarga formulyarlar ochadi, shu formulyarlarga 
berilgan kitoblarning nomi va raqamlarini yozib qo‘yadi. Kutubxonachi yana 
nimalar bilan band? Kutubxonada tartibni saqlaydi, eskirgan kitoblarni ta’mirlaydi, 
yaroqsiz holga kelib qolgan kitoblar ro‘yxatini tuzadi, kelgan nashrlarni qabul 
kiladi, tizimli va alfavit kataloglarni to‘ldiradi, o‘quvchilar bilan suhbatlar 
o‘tkazadi. Faqat shumi? Aslida, kutubxonachining ishi oson va unchalik ham oddiy 
emas. Zamonaviy kutubxonaning vazifasi – o‘quvchilarning kichik tirajda nashrga 
berilgan yoki bo‘lmasa ancha oldin nashr etilgan va qayta nashrga berilmagan 
kitoblar orasidan eng siyraklari bilan tanishish uchun imkoniyatlar yaratish. 
Bunday nashrlarning tizimlashtirilishi bo‘yicha ishlarni faqatgina juda ham savodli 
odam amalga oshira olishi hammaga ayon. SHuningdek, elektron kutubxona va 
elektron baza bilan ishlay olish, o‘quvchilarga nafaqat kitoblarni, balki elektron 
kitoblarni va kerakli saytlarni topishda ko‘maklashish ham ularning vazifasi. 
Dunyoning ko‘p mamlakatlarida kutubxonachilar – juda ham hurmatga sazovor 
insonlar, hatto ilmiy xodimlar ham ulardan maslahat so‘rab murojaat qilishadi. 
Toshkentda A. Navoiy nomidagi kutubxonaning tashkil etilishi kitobxonlar uchun 


83 
jahon standartlariga mos imkoniyatlarning yaratilishiga imkon berdi. U erda 
maxsus ma’lumotni qo‘lga kiritgan malakali mutaxassislar, operatorlar, 
dasturchilar va boshqa xodimlar ishlashadi. Albatta, mamlakatimizdagi boshqa 
kutubxonalarda ham bugungi kunda maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar 
ishlashadi, faqatgina ularning aksar qismi qirq yoshdan katta va ularning orasida
deyarli, erkaklar yo‘q. 
Zamonaviy kutubxonachi nafaqat Internetning mohir foydalanuvchisi 
bo‘lishi, balki turli xildagi kutubxona qidiruv tizimlarini yaxshi tushunishi kerak. 
Mohiyatiga ko‘ra, XXI asr kutubxonachisi – foydalanuvchilarga kerak bo‘lgan 
ma’lumotning samarali – aniq va tez qidiruvini ta’minlovchi konsultant. 
Bir so‘z bilan aytganda, bu kasb yaxshi bilim va har tomonlama rivojlanganlik
xushmuomalalik va matonatni talab qiladi, bundan tashqari, u karerada ko‘tarilish 
imkoniyatini ham o‘z ichiga oladi. Eng muhimi, hech qanday xarajat qilmsdan 
xohlagan kitobingizni maza qilib o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu esa juda 
ajoyib! SHunday ekan, sizga omad, bo‘lg‘usi kutubxonachilar! 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin