Madaniyatshunoslik



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Nazorat savollari. 
1.
Kutubxonashunoslikni ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo bo‘lishi va 
shakllanishi xaqida nimalarni bilasiz?
2.
XIX asrning boshlarida kutubxonashunoslik fanining paydo bo‘lishi xaqida 
nimalarni bilasiz?
3.
XX asrda kutubxonashunoslik fanining shakllanishi va rivojlanishi xaqida 
nimalarni bilasiz?
4.
Kutubxonashunoslik fanining tuzilmasi xaqida nimalarni bilasiz?
3-MAVZU: KUTUBXONASHUNOSLIK FANI RIVOJLАNISHINING 
АSOSIY YO‘NАLISHLАRI 
Reja: 
 1. Kutubxonashunoslikning fan sifatidagi moxiyati.
 2. Kutubxonashunoslik fanining vazifalari.
 3. Kutubxonashunoslik fanining tuzilmasi. 
 


13 
Tayanch iboralar: 
Kutubxonashunoslikning fan sifatidagi moxiyati. Kutubxonashunoslik fanining 
vazifalari. Kutubxonashunoslik fanining tuzilmasi
.
1.Kutubxonashunoslik g‘oyalari davri. 
Kutubxonashunoslik, ilmiy
predmet 
sifatida o‘zining genizisi va rivojlanish xarakteristikasiga ega. Uni o‘rganish 
tarixiy yondoshishlikni talab etadi. Bu esa kutubxonashunoslikni paydo bo‘lishi va 
asosiy shakllanish etaplarini o‘rganish, nazariy g‘oyalarni takliflar va farazlardan 
ilmiy bilimlarga aylanishi, ularni rivojlanish istiqbollarini ko‘ra olish imkoniyatini 
beradi 
Butun dunyo miqyosida kutubxonashunoslikni tarixiy rivojlanishi xozircha 
yetarli darajada o‘rganilmagan. Chet davlatlarda, Rossiya Federasiyasidan tashqari, 
kutubxonashunoslikning bu aspekti hozircha olimlarning diqqat markazida emas. 
O‘zbekistonda 
kutubxonashunoslikni 
rivojlanishining 
umumiy 
xarakteristikasi T.B.Yesimovning "Uzbekistonda kutubxonashunoslik fanining 
shakllanishi va tarakqiyoti" monografiyasi (Toshkent- 1994) va A.G.Kosimova va 
T.B.Yesimovning "Umumiy kutubxonashunoslik" (Toshkent- 1994. 272 b.), o‘quv 
qo‘llanmasida aks etgan. O‘quv qo‘llanma K.I.Abramova i N.S.Kartashovlarning 
"Bibliotekovedeniye. Obshiy kurs", ( Moskva-1988 g.). asosida yaratilgan.
Bundan tashqari A.I. Kormilitsin, M.M. Rasulov, S.X. Davlatovlarning 
"Kutubxonashunoslik ishining nazariyasi va tarixi" (Toshkent- 2003, latin. graf.) 
E.O. Oxunjanovning “Vatan kutubxonachiligi tarixi” (Toshkent- 2004) asarlarida 
O‘zbekistonda kutubxonashunoslikning ba’zi bir masalalariga ham to‘xtalib 
o‘tilgan.
Kovalenko A.P., Umarov A.A., Rasulov M.M. tomonidan yaratilgan 
“Osnovi 
bibliotekovedeniya” 
o‘quv 
qo‘llanmasi 
(Toshkent-2008) 
kutubxonashunoslik fani bo‘yicha keyingi yillarda yaratilgan asar bo‘lib, unda 
O‘zbekistondagi axborot-kutubxona sohasidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga olishi 
bilan birga, O‘zbekistonda kutubxonashunoslik sohasidagi amalga oshirilgan 
ishlarga ham to‘htalib o‘tilgan.
Kutubxonashunoslik tarixi ikkita davrga bo‘linadi.
1.Kutubxonashunoslik g‘oyalari davri.
11. Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo 
bo‘lishi va rivojlanish davri. 
Ular o‘z navbatida bir qancha davrlarni o‘z ichiga oladi. 
Jaxon kutubxonashunoslik fanining umumiy davrlashtirlishi: 
1.Kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
1.1.Qadimgi davr kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
1.2. O‘rta asrlar davri kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
2. Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo 
bo‘lishi va rivojlanish etapi. 
2.1.Kutubxonashunoslik fanining paydo bo‘lishi va shakllanishi (X1X) 
2.2. XX asrda kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi 
2.3. Kutubxonashunoslik fanining rivojlanish istiqboli davri (XX1 asr) - 


14 
umuminsoniy qadriyatlarni metodologik asoslari sifatidagi fan
1.1. Kutubxonashunoslik fani tarixi 
Kutubxonashunosik g‘oyalari deganda kutubxona va kutubxonachilik ishlari 
haqidagi dastlabki, eng oddiy g‘oyalar tushuniladi. Bu oddiy tushunchalar bo‘lib, 
xali 
ilmiy 
bilimlar, 
tushunchalar 
darajasiga 
chiqmagan 
fikrlardir. 
Kutubxonashunoslik g‘oyalari va kutubxonashunoslik fani o‘rtasidagi aloqalar, 
kutubxonashunoslik fanini ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo bo‘lishi, 
shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida xizmat qildi. Xronologik jihatdan 
kutubxonashunoslik g‘oyalar tarixi ikki ming yildan ortiqroq davrni o‘z ichiga 
oladi. 
Kutubxonashunoslik g‘oyalari kompleks ravishdagi obektiv sabab va 
sharoitlar natijasida paydo bo‘ldi. Ular bevosita eramizdan avvalgi 11 minginchi 
yillarda paydo bo‘lgan birinchi kutubxonalar bilan bevosita bog‘liqdir. 
Qadimgi dunyoda kutubxonalarni sonini ko‘payishi natijasida sekin-asta 
ularni faoliyati haqidagi ma’lumotlar to‘plana boshlandi. Keyinchalik ular haqidagi 
ma’lumotlarni to‘plab taxlil qilish, kutubxonalar ishini tashkil qilish haqidagi eng 
yaxshi usullarni aniqlash va boshqalar haqida obektiv talablar paydo bo‘la 
boshladi. Bu vazifalar kutubxonashunoslik g‘oyalar sifatida qarala boshlandi. 
Qadimgi dunyo kutubxonashunoslik g‘oyalarida - hozirgi vaqtda kutubxona 
deb ataluvchi muassasalar haqidagi eng oddiy, elementar tushunchalar: tashkil 
etish, saqlash, tavsiflash, kataloglashtirish va boshqalar haqida fikrlar berilgan. 
O‘rta asrlar davrida kutubxonashunoslik g‘oyalari o‘ziga xos qarashlar bilan 
boyidi.Ushbu davrda G‘arb mamlakatlari kutubxonachilik ishida cherkovning 
to‘liq xukumronligi ostida bo‘lsa, Sharq mamlakatlarida ayrim xukmdorlar 
saroyida va diniy muassasalar qoshida kutubxonalarni shakllanishi, ularni diniy 
yo‘llanishda faoliyat yuritishga olib keldi. 
Kutubxonalar “diniy-klerikal madaniyat”ni tarqatish o‘chog‘i sifatida qaraldi 
va va bunday yondoshish ularni ish mazmuni va shaklini belgilab berdi. Asosiy 
e’tibor kitob boyliklarini saqlash va ularni asrash, xisobini olib borish, 
joylashtirish, kataloglashtirishga qaratildi. Undan foydalanishga e’tibor kam 
qaratildi. 
Markaziy Osiyo mintaqasida dastlabki kutubxonalar 1U-U1 asrlarda paydo 
bo‘lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida kutubxonalarni rivojlanishiga U111 asrdan 
boshlab Samarqanda yuqori sifatli qog‘oz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi 
muxim ahamiyat kasb etdi.Ushbu davrlarda Sharqning buyuk allomalari Abu Ali 
ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Axmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy va boshqalar 
faoliyat yuritdilar. 
Abu Ali ibn Sinoning Buxoro amirining saroy kutubxonasi haqidagi 
estaliklari judda ham qiziq manba sanaladi: “Men –deydi olim, kitoblar 
saqlanadigan joyga kirdim. Ular bir qancha xonalardan iborat bo‘lib, har bir 
xonada sandiqlarda kitoblar saqlanar edi.Bir xonada arab tilidagi kitoblar va 
she’riy kitoblar, boshqasida huquqshunoslikka oid kitoblar va shu tariqasida har bir 
xonada fanning qaysidir sohasiga oid kitoblar saqlanar edi.Men u yerda mendan 
oldin o‘tgan ilm axli tomonidan yozilgan va bu yerda saqlanayotgan kitoblarni 


15 
ro‘yhatini o‘qib chiqdim.
X asrlarda saroy kutubxonalarida adabiyotlarni klassifikatsiyalashning ba’zi 
bir usullari qo‘llanila boshlandi va kutubxonalarda mavjud bo‘lgan kitoblarning 
ro‘yhatlari tuzilgan, kutubxona ichida esa mehnat taqsimoti yo‘lga qo‘yilgan. 
G‘arb mamlakatlarida ushbu davrlarda “ yereticheskiy” adabiyotlarni 
o‘qishni taqiqlash ishlari keng avj oldi.O‘qish man etilgan” otrechennix”, 
“lojnonapisannqx” adabiyotlarni ro‘yhatlari tuzildi. 
Bu davrlarda kutubxonachilik g‘oyalari, kitobsaqlovchilar uchun yaratilgan 
turli xil yo‘riqnomalar, eslatmalar va nasixatlarda aks eta boshladi. O‘rta asr 
kutubxonachilik g‘oyalarini o‘ziga xos xarakterli tomoni shundan iborat ediki, 
kutubxonalarga faqat tor doiradagi odamlar uchungina kitoblar to‘planadigan joy 
sifatida qarash xos edi. 
Kitob bosishni kafsh etilishidan keyin kutubxonachilik ishini boshqarish 
bo‘yicha dastlabki bosma asarlar paydo bo‘la boshladi. Ulardan dastlabkisi 
Fransiya kardinali Djuli Mazarini tomonidan kutubxona tashkil etish uchun taklif 
qilingan teolog va publitsist Gabriyelya Node (1627 y.)ning “Kutubxona tashkil 
etish bo‘yicha maslahat” asari edi. 
Kutubxonachilik g‘oyalarini rivojlanishidagi sezilarli burilishlar Buyuk 
fransuz revolyusiyasi (1789-1794 yillar) davrda paydo bo‘la boshladi. 
Kutubxonalarga “fuqoralar uchun maktab” sifatida qarala boshlandi va ular 
maktab, maktabdan tashqari ta’lim tizimini tashkil etishda muxim rol o‘ynashi 
zarurligi qayd etila boshlandi. XU111 asrning oxiri-X1X asrning boshlarida 
jaxonda kutubxonashunoslikni fan sifatida shakllanishiga asosiy shart-sharoitlar 
paydo bo‘ldi: yetarli darajada boy emperik bazalar yig‘ildi, bir qancha muxim 
g‘oyalar tasdiqlandi. Bularni barchasi yangi fanni asosini tashkil etishi mumkin 
edi. 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin