Madaniyatshunoslik


-mavzu: О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akadimiyasi tizimidagi



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

21-mavzu: О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akadimiyasi tizimidagi 
kutubxonalar 
Reja: 
1.
 
 О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi kutubxonasining tashkil 
topishi 
2.
 
Fanlar Akademiyasi tassarrufidagi kutubxonalarning faoliyati 


127 
О‘zbekiston 
Fanlar Akademiyasi tizimidagi kutubxonalar Fanlar 
Akademiyasi tizimidagi kutubxonalarning rivojlanishi, ularning tuzilish va tashkil 
qilinishi ilm-fanning yuksalishi, ilmiy tadqikot muassasalari sonining о‘sishi 
bilan,belgilanadi.Akademiya institutlari ilmiy tadqiqot ishlari mavzularining 
xilma-xilligi markaziy kutubxonalar fondining kо‘p sohaliligini, shuningdek, 
ularning tadrijiy chuqurligini belgilab beradi. Bu kutubxonalarda ilmiy axborot
ma’lumotnoma tarzidagi nashrlar, о‘zbek, rus va boshka qator xorijiy tillardagi 
davriy nashrlar saqlanadi. Akademiya kutubxonalari ilmiy tadqiqotlarning hujjatli 
negizini ta’minlab turadi, axborot vazifasini bajaradi.Akademiya kutubxonalari 
kutubxonalar tarmog‘ini markazlashtirish hamda birmuncha sermehnat 
kutubxonachilik-bibliografik jarayonlarni asosiy kutubxonada tо‘plash asosida 
ilmiy xodimlarga xizmat kо‘rsatishni tashkil qiladilar. Kitob fondini tо‘ldirish, 
hisobga olish va ishlov berish, nashr etish, KAAdan talabnomalar tо‘plash, 
audiovizual materiallarni va kutubxona jihozlari, uskunalarini taqsimlash, 
mikronusxalar hamda fotonusxalar tayyorlash kabi ishlar izchillik bilan 
markazlashtirilgan asosda tashkil etiladi.Fanlar akademiyasi tizimida asosiy va 
maxsus kutubxonalarning о‘zaro munosabatlari sohasida uch turdagi 
markazlashtirilgan tizim tarkib topgan. Birinchi tur — bu tizimdagi ilmiy 
muassasalarning barcha kutubxonalari о‘z mustaqilligini yо‘kotib, markaziy 
kutubxonaning filiali bо‘lib qoladi. Bu yerda shtatlar, pul bilan ta’minlash va 
kutubxona 
jarayonlari 
tо‘la-tukis 
markazlashtiriladi.Markazlashtirilgan 
tizimlarning ikkinchi turi — bu tizimdagi bir xil kutubxonalar asosiy ku-
tubxonaning filiallari (bо‘limlari) xuqukida ish kо‘radilar, boshkalar esa о‘z ilmiy 
muassasalarining direksiyalariga buysunib, mustaqillikni saklab qoladi. Bunda 
kitob fondini tо‘ldirish uchun xarajatlarning bir kismi markaziy kutubxonadan, bir 
qismi esa tegishli ilmiy muassasalar smetasidan sarflanadi. Asosiy kutubxonachilik 
jarayonlari markazlashtiriladi.Uchinchi turdagi markazlashtirilgan tizimlar maxsus 
kutubxonalarning tо‘la-tukis ma’muriy ishlab chiqarish mustaqilligi (о‘zlari 
tegishli bо‘lgan muassasa direksiyasiga buysunadi), asosiy kutubxonachilik-
bibliografik jarayonlarining va kitob fondini tо‘ldirish uchun sarflanadigan 
mablag‘larning markazlashtirilishi hamda asosiy kutubxona metodik jihatdan 
rahbarlik qilayotganligi bilan belgilanadi.О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi MKTga 
kiruvchi kutubxonalarning о‘ziga xos xususiyati shuki, ular ikki mahkamaga 
(asosiy kutubxonaga va ilmiy-tadqiqot muassasasiga) buysunadi. Bu esa ularning 
о‘zlari xizmat kо‘rsatayotgan nlmiy-tadkiqot muassasalari bilan uzviy alokalarini 
buzmagan holda shu kutubxonalarni yagona kutubxona tarmog‘iga kiritish 
imkonini beradi. 
О‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining tashkil topishn 
respublika fanining shakllanishi va t a r a qq i yo t i tarixi bilan uzviy bog‘liqdir. 
1931 yil oktabrida О‘zSSR Markaziy ijroiya komitsti Kengashining qarori asosida 
О‘zbekiston ilmiy tadqiqot muassasalariga rahbarlik qilish bо‘yicha Komitet (Fan 
komiteti) tashkil etiladi. 1933 yilda shu Komitet koshida kutubxona barpo qilinadi. 
Kutubxonaning asosini 39422 nusxa nashrga ega bо‘lgan О‘zSSR xalq 
Komissarlar Kengashi qoshidagi О‘zbekiston ilmiy-tadqiqot institutlari 


128 
birlashmasining kitob fondi tashkil etgan edi.,1940 yilga kelib, respublikada oliy 
malakadagi ilmiy kadrlar va bir necha unlab ilmiy-tadqiqot institutlarining 
mavjudlign natijasida О‘zbekiston fan Komiteta negizida SSSR FA sining filialini 
tashkil etish uchun ilmiy va moddiy zarurat vujudga keladi. Kutubxona mustakil 
ilmiy yordamchi bо‘lim sifatida filial tarkibiga kiradi. 
Ikkinchi jahon urushi boshlarida sobiq ittifoq FAning О‘zbekiston filiali ilmiy 
kadrlar 
yetishtirib 
chikaradigan Respublika 
ilmiy 
markaziga 
aylanadi. 
Kutubxonaniig bu yillardagi faoliyati mutlaq katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Sababi, 
aynan shu davrda Toshkentga Moskva, Leningrad kabi yirik markazlardan ilmiy 
muassasalar kо‘chirib keltirilgan edi. 1942 yiln kuchib kelgan muassasalarga 
yaxshi xizmat kо‘rsatganligi uchun sobiq ittifoq FA filialining kutubxonasi Oliy 
ta’lim va ilmiy muassasalar xodimlari faxriy yorlig‘ bilan mukofotlanadi. 1943 yil 
27 sentabrda, urush avjiga chikib turgan bir vaqtda xukumat tomonidan 
О‘zbekiston Fanlar akademiyasini tashkil etish tug‘risida qaror chiqaradi. Shu 
vaqtdan e’tiboran kutubxona yangi tashkil topgan akademiyaning Asosiy 
kutubxonasi bо‘lib qoladi.1964 yildan О‘zbekistan FA kutubxonalari tizimi 
markazlashtirilib, 24 ilmiy-tadqiqot institutlari kutubxonalarini birlashtirdi. 1983 
yildan kutubxona maxsus kurilgan yangi binoga kо‘chib о‘tdi.Hozirgi vaqtda 
kutubxona respublika yagona axborot-ma’lumotnoma fondining (RYAAMF) 
a’zosi bо‘lib, tabiiy fanlar buyicha depozitariy vazifasi yuklangan, KAAning 
tarmoq markazi, xorijiy nashrlar
bilan tо‘ldirishning bosh kutubxonasi xamda FA kutubxonalari uchun metodik 
markaz hisoblanadi.О‘zbekistan FAning ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari va 
aspirantlari hamda oliy о‘quv yurtlari sо‘nggi kurs talabalaridan iborat kitobxonlar 
guruhiga axborot-kutubxonachilik xizmatini kо‘rsatish kо‘p tarmoqli yagona kitob 
fondi yordamida amalga oshiriladi. Ularning umumiy miqdori 2,5 mln dan ortiq 
tabiiy va turdosh fanlarga oid, shu jumladan, 500 ming nusxadagi chet el 
nashrlarini о‘z ichiga oladi.Kitob fondini tо‘ldirish 1990 yilga kadar Butunittifoq 
kitob palatasining pullik majburiy nusxasini olish, kitob savdosi shoxobchalaridan 
sotib olish, obuna bо‘lish orqali, sobiq ittifoqdosh respublikalardan kitob 
almashish, respublikada chiqadigan nashrlarning bepul majburiy nusxasini olish 
xamda olimlarning in’om tariqasida topshirgan nashrlari evaziga ta’minlanar 
edi.Turli tildagi chet el adabiyotlari 20 ta mamlakatdan markazlashgan tartibda 
sotib olinadi hamda xalqaro kitob almashish orqali keltiriladi. Ba’zi xorijiy 
nashrlarni kutubxona mikrofish tarzida oladi. Kutubxonaning kо‘p tarmoqli 
yagona fondi alifboli, sistemali, Toshkent shahri kutubxonalariga kelib tushgan 
yangi xorijiy kitoblar, О‘zbekistan kutubxonalari oladigan chet el vaqtli matbuoti 
kabi qator kataloglar sistemasi yordamida ochib beriladi.Kitobxonlar talabini tez 
va tula qanoatlantirish maqsadida xilma-xil xizmat shakllaridan foyda 

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin