Madaniyatshunoslik


Huquqiy аxborot shu’bаsi vаzifаlаri



Yüklə 3,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/111
tarix08.11.2023
ölçüsü3,52 Mb.
#131275
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111
Majmua Kutubxonashunoslik 1-kurs

Huquqiy аxborot shu’bаsi vаzifаlаri: 
- Аholigа vа mаxsus guruh bo‘lib foydаlаnuvchigа xuquqiy аxborotni tаqdim 
etish;- Аholining xuquqiy mаdаniyatini oshirish;- Fuqаrolаrning mehnаt, 
fuqаrolik, nаfаqа tа’minoti vа boshqа yo‘nаlishlаri bo‘yichа qonunchilik 
hujjаtlаri bilаn muntаzаm tаnishtirib borish;- Huquqiy bilimlаrni tаrg‘ib 
qilish.Shu’bаning huquqiy аdаbiyotlаr fondidа аxborot vа vаqtli mаtbuot 
nаshrlаri vа sohаgа oid mаxsus аdаbiyotlаr orqаli quyidаgi bo‘limlаrgа doir 
mа’lumotlаr bilаn tаnishishingiz mumkin:- Dаvlаt vа huquq;- Xаlqаro huquq;- 
Moliya huquqi; - Fuqаrolik huquqi;- Sаvdo huquqi;- Mehnаt huquqi. 
Аxborot –kutubxonа xujjаtlаrini sаqlаsh bo‘limi 
Toshkent viloyati “TURON” аxborot-kutubxonа mаrkаzi fondidа bugungа kelib 
389858 nusxа kitob fondi mаvjud. Nodir fond 4440 tаni tаshkil etib, 
bulаrdаn:Nodir аdаbiyotlаr-4124 nusxаdа; Jurnаllаr: аrаb yozuvidа 49 nomdа; 
lotin yozuvidа 81 nomdа; Gаzetаlаr: аrаb yozuvidа 40 nomdа; lotin yozuvidа 107 
nomdа. Bo‘limdа foydаlаnuvchilаrgа qulаylik yarаtish mаqsаdidа аlohidа nodir 
fond xonаsi, jurnаllаr fondi tаshkil etilgаn. 
Nodir fonddа 1816 yildаn 1950 yilgаchа nаshrdаn chiqqаn kitoblаr, 1921-1950 
yillаrdа nаshr etilgаn gаzetа to‘plаmlаri sаqlаnаdi.Bo‘limning аsosiy vаzifаlаridаn 
biri bu аxborot-kutubxonа mаrkаzining jаmg‘аrmаsini sаqlаsh vа shаkllаntirish 
ishlаrini tаshkil etish hаmdа аsosiy jаmg‘аrmаlаrni joriy аdаbiyotlаr bilаn 
to‘ldirish, jаmg‘аrmаlаrni eskirgаn, ortiqchа nusxаlаrdаn tozаlаsh 
24 - mаvzu:Kutubxonаlarda kitobxonlarni o’rganish sohasidagi sotsiologik 
tadqiqotlar 
Rejа: 
1.
 
Respublikа kutubxonаlаridа kitobxonlаrni о‘rgаnish mаsаlаlаri 


156 
2.
 
Китобхонлар qизиqишини ўрганишнинги ўзига хос -хусусиятлари 
“Kitobxonlar bilan ishlash metodikasi” “Kutubxonashunoslik” fanining muhim 
bo’limlaridan biridir. Asosiy maqsad kitobxonlar ma’naviy ehtiyoj va talablarini 
aktiv, maqsadga muvofiq ravishda qondirish, muayyan zarur asarlarni tanlash va 
ulardan ma’naviy kamolot yo’lida faydolanishlarida ularga yaqindan yordam 
berishdir. “Kutubxona – yaxshi, eng zarur kitoblarni keng ommaga yetkazishda 
tashkilotchi, u zarur kitobni tanlashda kitobxonga eng yaqin yordamchi, kitob 
o’qishda muntazam konsul’tant ” dir. Demak, kutubxona kitobxonlarga kerakli 
asarlarni tavsiya etishda eng faol tashkilotchi sifatida muhim rol oynaydi. Shuning 
uchun har bir kutubxona kitobxonlarni kerakli asarlarni tanlash va ulardan 
foydalanishda amaliy yordam ko’rsatib, ularning qiziqishi, ma’naviy ehtiyojini 
qondirishga xarakat qilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun esa kutubxonachi 
mukammal o’rganishi zarur. Bu murakkab jarayonni tashkil etishga esa 
kitobxonlar qiziqishini muntazam o’rganib borishni taqozo qiladi.
Kutubxonachi va kitobxon o’rtasidagi ana shu uzluksiz ijodiy munosabatning 
tabiatiga to’xtalib N.K.Krupskaya quyidagilarni: “kutubxonachining vazifasi 
kitobxon va kitobni yaxshi bilishdan iborat. “Kitobxonni bilish eng avvalo, unga 
xos xususiyatlarni aniqlash, savollariga to’g’ri yondosha bilishni o’ganib olish 
demakdir”.
Shuning uchun ham kitobxonlar qiziqishini o’rganish hozir kutubxonachilar, 
pedagoglar, sotsiologlarning diqqat markazida turibdi hamda bu borada muayyan 
tadqiqot ishlari va ilmiy-amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning boisi 
ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida hayotning barcha sohalarida 
o’zgarishning nisbatan tezlashuvi, kishilarimizning moddiy va ma’naviy talab 
hamda ehtiyojlari nisbatan sezilarli darajada rivojlanayotganidir. Mamlakatimizda 
fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishga katta ahamiyat berilayotgan 
bir davrda kitobxonlar qiziqishini o’rganish borasida muhim sotsiologik izlanishlar 
olib borish dolzarb masalalardan bo’lib qolmoqda. Kitobxonga bo’lgan 
qiziqishning tarbiyaviy jarayon bilan bevosita mantiqiy aloqadorligi ham qator 
soha mutaxassislari diqqatini bir nuqtada birlashtiradi. Bevosita yoshlar tarbiyasi 
bilan shug’ullanuvchi pedagog ham, oliy o’quv yurtining o’qituvchisi ham jamoat 
tashkilotchilari ham kitobga qiziqish masalasi bilan shug’ullanadi, uni targ’ib 
qilishda faol ishtirok etadi.
Kutubxonachilarning qiziqishini o’rganish bilan bog’liq faoliyati muhim yo’nalish 
xisoblanadi. Kitobxon bilan yakka tartibda ishlaganda, zarur bo’lgan adabiyoti 
tanlashda uning qiziqish hamda intilishlarini yaqindan bilmasdan, kankret qaysi 
sohaga oid adabiyot mutolaa qilishini aniqlamasdan, uning qiziqishlarini ilmiy 
boshqarish mumkin emas.
Kitobxonlar qiziqishini keng va atroflicha tadqiq ilmiy turib, ommaviy 
kutubxonachilar ishlarining rang-barang shakl va usullaridan maqsadga muvofiq 
foydalanib bo’lmaydi. Qolaversa, kitobxonning qiziqishini to’liq hisobga olmasdan 
kutubxonalar fondini ham talabga javob berarli darajada tashkil etish mumkin 
emas.


157 
N.K.Krupuskaya kitobxonlar qiziqishini o’rganish kitob o’qishga rahbarlik qilish 
bilan bevosita bog’liq ekanligini doimo ta’kidlar edi. U kitobxonni o’rganish, 
o’qishga 
rahbarlik 
qilishnins 
ajralmas 
qismidir, 
deb 
uqtiradi 
va 
kutubxonachilarning kitobxonlar bilan olib boradigan barcha kundalik ishlarida 
buni yaqqol ko’rinish mumkin, deb ta’kidlaydi.
Respublikamiz kutubxonalari o’z taraqqiyotida juda ko’p sohalarga e’tibor berib 
keldi. Shu jumladan kitobxonlar qiziqishini rivojlantirish masalasi ham 
kutubxonalarimiz faoliyatidan kata o’rin olgan.
Respublikamizdan bu tarmoqning rivojlanishi asosan 1960 yillardan keyingi 
davrlarga to’g’ri keladi. Masalan, 1968 yili Sirdaryo, Buhoro viloyatlarida qishloq 
xo’jaligi mutahassislarining o’z sohalariga oid kitoblarga bo’lgan qiziqishlari 
o’rganildi. Farg’ona viloyat kutrubxonasining bu sohadagi faoliyatida 1970 
yillardan boshlab bu yerda kitobxonlarning texnikaga doir adabiyotlar o’qishi 
statistic va anketa metodlari asosida o’rganilganini ko’ramiz. 1972 yilda Andijon 
viloyat kutubxonasi ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarga bo’lgan qiziqishni talabnoma 
qog’ozlariga asoslanib o’rganishni tashkil etadi. 
A.Navoiy nomidagi respublika davlat kutubxonasining bu sohadagi faoliyati 
alohida ko’zga tashlanadi. Bu kutubxona ham ko’p yillaridan beri kitobxonlar 
qiziqishini talabnoma qog’ozlari asosida o’rganib boryapti. Bundan tashqari 
kutubxonaning metodik bo’limi tomonidan kutubxonalarda kitobxonlar qiziqishini 
o’rganishni tashkil etishga mo’ljallangan qo’llanma chiqarildi.
O’tkazilgan tadqiqotlar davomida kitobxonlik faoliyatining ayrim belgilari: 
kitobxon talablarining doirasi, o’qilgan nashrlarning turlari, o’qish madaniyati 
komponentlaridan – kitob bilan bo’lgan munosabat sabablari hamda ularni o’qish 
qoidalari o’rganildi.
Kitobxonlar formulyari va kitobxonlarni kasbi va ma’lumotiga qarab gruppalarga 
ajratganimizda ular o’rtasida soha adabiyotlaridan foydalanish darajasining xar hil 
ekanligini ko’ramiz. Turli kasbdagi kitobxonlar o’rtasida ijtimoiy-siyosiy 
adabiyotlarni mutolaa qiluvchilar 18 foizdan 33 foizgacha o’zgarib turgani xolda, 
ma’lumotiga ko’ra tahlil qilinganda ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni o’qish 12 
foizdan 53 foizgacha bo’lgan miqdorlarni tashkil etadi.
Respublikamiz kutubxonalarida keying yillarda asosan kitobxonlar formulyari va 
anketa tahlil qilish metodidan foydalanilmoqda. Ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati 
kutubxonasi 1979 yildan beri shahardagi muzika bilim yurti o’quvchilarining 
qiziqishlarini o’rganishni tashkil etgan. Bulardan tashqari, respublikamizda keying 
yillarda o’tkazilgan yirik tadqiqotlar jumlasiga “ Qishloq yoshlari va kitob” 
izlanishini misol qilib keltirish mumkin. Bu izlanish Toshkent Davlat madaniyat 
institutining kutubxonashunoslik kafedrasi va respublika kitobsevarlar jamiyati 
tomonidan o’tkazildi. Tadqiqot programmasi uch bosqichdan iborat bo’lib, birinchi 
bosqichda 2000 anketa Samarqand, Farg’ona, Xorazm va Navoiy viloyat 
kutubxonalari bazasida tarqatildi. Izlanishning ikkinchi bosqichida anketa 
materiallari (1986 y.) Samarqand, Qashqadaryo viloyatlaridan to’plandi. Uchinchi 
bosqichda to’plangan materiallar asar sifatida taqdim etishni o’z ichiga oladi. 
Xozirgi kunda bu materiallar sinchkilab o’rganilmoqda.


158 
Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Respublikada kutubxona 
tarmoqlarining markazlashtirilgan Sistemaga o’tishi kitobxonlar qiziqishini 
o’rganishda imkoniyatlar yaratadi.

Yüklə 3,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin