17-mavzu: Kitob mutolaasi va kitobxonlikni targ‘ib qilishning konseptual
asoslari.
Reja:
1.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot
qilish. Targ‘ibot ishlari vositalari.
2.
Jonli so‘z,hujatli manbalar. Badiiy, tasviriy va texnik vositalar.
Kitob – umr yo'llarini yorituvchi so'nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh
etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo'luvchi sodiq
do'st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga
ega vosita yo'q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun
insoniyatni kitob o'qishga, undan ilmu odob sirlarini o'rganishga chorlab kelishgan.
Darhaqiqat, kitob insonni erdan ko'kka ko'taruvchi, uning ma'naviy quvvatini
oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy
olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko'rsatib borishga qodir
mash'ala hisoblanadi.
Axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan Muhammad Jabalrudiy kitob
haqida shunday deydi: "Ey, aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq
suhbatdosh yo'qdir. Kitob fasohat, balog'atda, latofatda tengi yo'q, munofiqlikdan
xoli hamrohdir. Yolg'izlikda va g'amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq
boru, na gina. U shunday hamdamki, so'zlarida yolg'on va xato bo'lmaydi.
Suhbatidan esa kishiga malollik etmaydi. U o'z do'stining dilini og'ritmaydi.
Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g'iybat qilib
yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar etadiki, bunday foydani
odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar
etadi. Kitobdek do'st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni
o'tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham "kitob aql
qal'asidir".
Bugun jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, ayniqsa, yoshlar o'rtasida
mutolaa madaniyatini rivojlantirishga davlat tomonidan alohida e'tibor berilib,
ko'plab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning
2017 yil 12 yanvardagi "kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini
rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot
qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi farmoyishi, 2017 yil 13 sentyabrdagi
"kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi
va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-
tadbirlar dasturi to'g'risida"gi va 2018 yil 12 maydagi "Buyuk allomalar, adib va
mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida
yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari
159
asosida mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan bir
qator tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilishi jamiyatda kitobga bo'lgan
munosabatning ijobiy tomonga o'zgarishiga zamin yaratdi.
Xususan, ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
borasidagi ishlar vazirlik rahbariyatining doimiy e'tiborida bo'lib kelayotganini
ta'kidlab o'tish joiz. Zero, bugun mamlakatimizda ichki ishlar organlarining har bir
xodimi tomonidan "Xalq manfaatlariga xizmat qilish"ni muqaddas burch deb
biladigan ijtimoiy yo'naltirilgan professional tuzilmaga aylantirishga qaratilgan
keng ko'lamli islohotlar o'tkazilayotgan bir davrda har qachongidan ham dolzarb
ahamiyat kasb etgan tizim xodimlarining kasbiy malakasini, huquqiy bilimlarini
oshirish, ularning ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirish, xodimlar bilan ma'naviy-
tarbiyaviy ishlarni yanada kuchaytirish kabi vazifalarni bajarishda kitob eng yaqin
ko'makchi bo'lishi shubhasiz. Bugun shiddat ila rivojlanayotgan zamon bilan
hamnafas bo'laman, degan har bir davlat xizmatchisi, jumladan, ichki ishlar
organlari xodimlari ham doimo o'z ustida ishlashi, bilim va ko'nikmalarini tinimsiz
oshirishi zarur. Buning uchun esa kun tartibida kitob mutolaasiga ham vaqt
ajratishi, kundalik davriy nashrlarni, Internet tarmog'idagi yangiliklarni kuzatib
borishi lozim. Zero, ichki ishlar organlari xodimlari doim xalqimizning ko'z
o'ngida, aholi orasida xizmat olib boradi, tabiiyki, har kuni o'ziga turli masalalarda
murojaat qilgan fuqarolarga qonuniy va asosli javob berishiga to'g'ri keladi.
O'zingiz o'ylang, kitob o'qimagan, dunyoqarashi tor, notiqlik mahorati bo'lmagan
xodim yuqorida ta'kidlangan vazifalarni sifatli bajara oladimi? Biror-bir muammo
yuzasidan yordam so'rab kelgan fuqaroga qonuniy yo'l-yo'riq ko'rsata oladimi?
Albatta, yo'q. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bugun har bir ichki ishlar organi
xodimi jamiyatda huquqiy madaniyat targ'ibotchisiga aylanishi, buning birinchi
sharti sifatida, avvalo, o'zi kitobga oshno bo'lishi lozim.
"Kitob tafakkur qanotidir", degan edi alloma adibimiz Oybek. Kitob o'qigan
inson, qaysi sohada ishlamasin, to'g'ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab
vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko'nikmasiga ega bo'ladi. Bundan tashqari,
nutqi ravon bo'ladi, odamlarni o'z ortidan ergashtira oladi. Bular esa ichki ishlar
organlari xodimlari uchun eng kerakli sifatlar hisoblanadi. Shu bois ham bugun
ichki ishlar organlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarning o'z
ustida ishlashi uchun zarur sharoit yaratish borasida ko'pgina ishlar amalga
oshirilmoqda. Jumladan, ichki ishlar organlarida amalga oshirilgan islohotlar
jarayonida
2017 yilning dekabr oyida ichki ishlar vazirligi Markaziy apparati
tarkibidagi muzey va kutubxona negizida vazirlik Kadrlar bosh boshqarmasiga
bo'ysunuvchi ma'rifiy va axborot-resurs markazi tashkil etildi. O'tgan davr
mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini
yuksaltirish, ma'naviy-ma'rifiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida vazirlik
kutubxonasi yangi binoga ko'chirilib, zamonaviy jihozlar hamda elektron
kutubxona uchun kompyuter to'plamlari bilan ta'minlandi. Kutubxona 5 mingga
yaqin yangi huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa janrlardagi
adabiyotlar, 7 mingga yaqin elektron resurslar bilan boyitildi. Elektron kutubxona
160
Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi bazasiga hamda Internet
tarmog'iga ulangan bo'lib, xodimlar shu erdan turib, ulardagi noyob kitoblar,
dissertasiya va avtoreferatlar hamda dunyoning ko'plab davlatlarida chiqadigan
davriy nashrlar bilan tanishish imkoniga ega. Ma'rifiy va axborot-resurs markazi
faqatgina foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatib qolmasdan, bu
erda turli yangi asarlar taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar,
yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar ham o'tkazib kelinmoqda. Mustaqillik
yillarida tinch va osoyishta hayotni ta'minlash yo'lida mardlarcha halok bo'lgan
xodimlar xotirasiga bag'ishlangan "mard o'g'lonlar nomi barhayot", ichki ishlar
organlarida ko'p yillar samarali xizmat qilgan marhum Haydar Yahyoevning
"tilsim" nomli kitoblari taqdimotiga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar
bunga misol bo'ladi.
Hududiy ichki ishlar organlarida, vazirlik ta'lim muassasalarida ham bu
boradagi ishlar doimiy nazoratga olinib, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV, barcha
viloyatlar IIBda tashkil etilgan kutubxonalar yangi adabiyotlar bilan boyitib
borilmoqda. Masalan, joriy yilda Qashqadaryo viloyati IIB qoshida ichki ishlar
organlari xodimlari va boshqa foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatuvchi "dor ul-
kutub" nomli zamonaviy kitoblar uyi barpo etildi. Shu kunlarda Toshkent shahar
IIBBda muzey va kutubxona uchun yangi zamonaviy bino qurilib, foydalanishga
topshirilish arafasida turibdi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda
tashkil etilgan ichki ishlar vazirligining akademik liseylarida tahsil olayotgan
bo'lajak xodimlarni yoshligidan kitobga oshno qilib tarbiyalash maqsadida mazkur
akademik liseylardagi axborot-resurs markazlari yangi kitoblar bilan doimiy
boyitilmoqda. Bundan tashqari, vazirlik Akademiyasi axborot-resurs markazi
fondidagi talab katta bo'lgan huquqiy, tarixiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop va
boshqa janrlardagi adabiyotlarning elektron variantlari ko'paytirilib, akademik
liseylarga tarqatildi. Ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual salohiyati,
kasbiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish
hamda ular o'rtasida kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish maqsadida
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va O'zbekiston yoshlar Ittifoqi
Markaziy Kengashining 2019 yil 27 fevraldagi qo'shma qaroriga asosan, joriy
yilning aprel – may oylarida ilk bor ichki ishlar organlarining yosh xodimlari,
harbiy xizmatchilari hamda vazirlik oliy ta'lim muassasalari kursantlari o'rtasida
ikki bosqichda "eng yaxshi kitobxon" tanlovi o'tkazilib, g'oliblar va sovrindorlar
IIV hamda yoshlar Ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg'alar va boshqa mukofotlar
bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yangi chop etilgan kitoblarni targ'ib qilish
maqsadida vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo'linmalarida kitob
yarmarkalarini o'tkazish yo'lga qo'yilgan. Ushbu yarmarkalarda respublikadagi
etakchi nashriyotlar va kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar o'zlarining
yangi chop etilgan turli janrdagi kitoblari bilan ishtirok etmoqda.
Xulosa
qilib
aytganda,
yuksak
intellektual
salohiyatga,
o'z
mustaqil
dunyoqarashiga ega, tashabbuskor, jismonan sog'lom va ma'nan etuk bo'lgan
161
haqiqiy vatanparvar xodimlargina bugun tizimda amalga oshirilayotgan
islohotlarning hal qiluvchi kuchi, xalqimizning haqiqiy ma'nodagi himoyachisi
hisoblanadi. Ichki ishlar organlari xodimlarida yuqoridagi ijobiy sifatlarning
shakllanishida esa ularning kitobga oshno bo'lishi, nafaqat o'z kasbiy faoliyatiga
oid, balki turli janrdagi kitoblarni o'qib, o'z bilimi va dunyoqarashini kengaytirib
borishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashni
yangi bosqichga olib chiqish, infratuzilma va oʻquv tizimi, kitobxonlik bilan
bogʻliq muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish maqsadida, 2020-2025-
yillarga moʻljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-
quvvatlash milliy dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”
tasdiqlanadi.
Dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar
belgilanadi:
- kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar
hamda moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;
- xalqimiz, avvalo, yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob
beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish boʻyicha tashkiliy chora-
tadbirlarni belgilash;
- joylarga, taʼlim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda kitob yetkazish
tizimini tubdan takomillashtirish choralarini koʻrish;
- milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa
madaniyatini yuksaltirish bilan bogʻliq muhim masalalarni hal etishga qaratilgan
tizimli ishlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish;
- taʼlim muassasalari va hududiy kutubxonalarni markazlashgan kutubxona –
“Yagona elektron kutubxona” loyihasi asosida birlashtirishga qaratilgan tashkiliy
chora-tadbirlarni belgilash;
- hududlar, aholi punktlarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan
aniq mexanizmlar ishlab chiqish;
- har yili yosh ijodkorlarning innovatsion loyihalarini amaliyotga joriy qilish orqali
mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalardagi yosh ijodkorlarning ulushi
oshishini taʼminlash;
- oʻquvchilarning qiziqishini oʻrganish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish orqali kitob
mahsulotlari ishlab chiqishni yoʻlga qoʻyish;
- kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan
kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlarni chop etishni davlat
tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilash;
- kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil
etish.
Oʻzbekistonda 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasini
“Kitobxonlik haftaligi” etib belgilanadi. Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:
- birinchi bosqich – 2020-2021-yillarda tashkiliy-huquqiy mexanizmlar yaratish va
chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- ikkinchi bosqich – 2022-2023-yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani
mustahkamlash;
162
- uchinchi bosqich – 2024-2025-yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini
jadal rivojlantirish, ularning madaniy savodxonligi oʻsishi hisobiga inson kapitali
sifatini yaxshilash.
Dostları ilə paylaş: |