Mafkuraviy immunitetnu saqlashda tarbiyaviy ishlarning roli Reja: Mafkuraviy immunitet haqida



Yüklə 29,02 Kb.
səhifə1/2
tarix01.10.2023
ölçüsü29,02 Kb.
#129613
  1   2
mafkuraviy immunitetda saqlashda tarbiyaviy ishlar


Mafkuraviy immunitetnu saqlashda tarbiyaviy ishlarning roli

Reja:




  1. Mafkuraviy immunitet haqida



  2. Mafkuraviy immunitetni shakillantirish



  3. Mafkuraviy immunitetni saqlashda tarbiyaviy ishlarning roli


Immunitet deganda tashqaridan goyaga yoki aytiladigan voqea-xodisaga qarshi ximoya,nimanidir oldini olish, unga qarshi kurashish konikmasining xosil bolishi tushuniladi Immunitet - lotincha - ozod bo'lish, qutilish degan manoda ham keladi. Mutahassis olimlarning takitlashicha, immunitet inson vujudining turli infeksiyon kaslliklarga bosh kelmasi holatini ifodalaidi. Mafkuraviy immunni shakllantirishda asosiy vosita bilimdir. Lekin bilimlar xar hil buladi. Ularni foyda-ziyonligini ajrata bilish lozim. Bugungi kunda mafkuraviy kurash olib boruvchilar ham bilimga tayanadilar.Biroq ular milliy goyani oʻziga singdirmagan, goyaviy boshliqqa ega bolgan yoshlar ongini egallashga harakat qiladilar. Ular yoshlarni etiborini tortadigan ustida chiroili nikobi bor “ommaviy madaniyat” kabi muammolarni targib kilish, yoyish orkali oʻz maqsadiga yetishga intilishadi. Mafkura - qudratli kurol. Mafkuraviy immunitetni shakillantirishda milliy qadriyatlarning roli beqiyos. Xalqimga xos bulgan milliy qadriyatlar mafkuraviy immunning asosiy manbai xisobladi. Har bir uzini tarbiyali, mukammal deb xisoblagan insonda - Istihola bulishi shart. Inson istihola qilish, yangi qaysi gapni kachon, kimlarning oldida aitish mumkinu kaerda gapirmas zarurligini bilishi kerak. Aytgan gapi bilan o'zi bilmagan xolda, begunox insonni xafa qilishi mumkinligini xis qilishi lozim. Mafkuraviy immunitet xosil kilishning yana bir manbalaridan biri andishadir. ogilmi-qizmi, kattami-kichikmi inson andishali bulsin. Andishasizkni afsuki, bugungi airim yoshlar zamonaviylik belgisi, deb tushunadilar. Andisha faqat gap kaytarishda, xohlagan gapini gapiraverishidagina emas, balki bazi yoshlarni jamoat yuzasida kalta shortik, kalta yubuda, yigitlar kulogiga, kuliga sirga, uzuk taqib olishida, odamlar bilan muomalasida xam korinadi. Andishasizlik bizga asosan, internetda berilayotgan turli hil yolgon xabarlar, makolalar, kursatuvlar, kinolar orkali kirib kelmoqda. Afsuski, airim ota-onalar farzandlaridagi andishasizlikni botirlik, aqlilik, deb oylaydilar. Aqlli, tarbiyali, bilimli inson andishasizlik qila olmadi ahir.


Uyat, ibo, hayo, vijdon, or-nomus, xurmat, sadokat, izzat-ikrom, extiyotkorlik kabi ahloqiy normalar mavjud. Ozini barkamol insonman, deb bilgan kishida bu tolik shakllangan bolishi kerak. Hozirgi davrdagi siyosiy-ijtimoiy holatlar bizdan yod g‘oyalarga (xalqaro terrorchilik, “Ommaviy madaniyat”) qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borish, uni tag – tomiri bilan bartaraf etish, buzg‘unchi g‘oyalar tahdidiga o‘ziga xos yondoshib, uning siyosiy, falsafiy, ma’naviy va psixologik asoslariga qarshi izchil mafkuraviy va g‘oyaviy kurashishni taqozo qiladi. Hozirda dunyoda g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari tobora kengaymoqda. Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan turli mafkuraviy markazlarning muttasil bosimini doimo sezib yashamoqda. Shunday sharoitda mafkuraviy tazyiqlarni chuqurroq anglash lozim.
Xavfsizlik va barqarorlik yo‘lidagi tahdidlarga qarshi kurash masalasi haqida to‘xtalib, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytgan: “Aftidan, bugungi kunda xavfsizlik va barqarorlik yo‘lida paydo bo‘layotgan tahdidlarga tegishli munosabatda bo‘la olishning o‘zigina yetarli emas. Mavjud xavf – xatarlarning tabiatini to‘g‘ri tushunib yetishimiz kerak. Ularning manbalari va aloqalarini vaqtida aniqlashimiz darkor... Xavfsizlik – uzluksiz holatdir, hadsiz hududdir”, degan fikrlarini yodga olamiz. Yuqoridagi fikrlar to‘liq xolda hozirgi kunimizda tobora xavfli tus olayotgan va keng ko‘lamda tarqalayotgan “Ommaviy madaniyat” qutquni, xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm va fundamentalizmga nisbatan aytilgan metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatma hisoblanadi.
Bugungi kunda internet manbalari va OAV (Ommaviy axborot vositalari) axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilar onggi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda an’anaviy OAVning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada yurtboshimiz alohida ta’kidlab, “...bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi...”,- deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Albatta, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatga molik. OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy ta’sirga ega bo‘lgan imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Telekanallarda namoyish etilayotgan va ijaraga beriladigan hamda sotiladigan minglab video, kasseta, lazer disklari vositasida tarqalayotgan jangari filmlarda yashash uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yoshlar ongini zaharlash, milliy-an’anaviy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon va achchiq haqiqatdir. Mazkur muammolarni yechishda, avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rsatuv, eshittirish va matbuot nashrlari, shuningdek, internetdagi milliy tarmoq manbalarida berilayotgan axborotlar sifatiga, ayniqsa, ularning kontenti, ya’ni materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur.
Yoshlarda buzg‘unchi, destruktiv g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet hali to‘la shakllanmaganligini, ularda eshitgan yoki o‘qigan ma’lumotiga juda tez ishonishini nazarda tutsak, bu ancha e’tibor qaratish zarur bo‘lgan global muammodir. Ta’kidlash lozimki, internetdan tarqatilayotgan qo‘poruvchilik ruhidagi axborotlar orqali ba’zan harbiy harakatlar evaziga amalga oshirib bo‘lmaydigan maqsadlarga ham erishish mumkin. Bunday axborot xurujlari esa yoshlarning ma’naviy-axloqiy, psixologik dunyoqarashini, siyosiy nuqtai-nazari va e’tiqodini maqsadli ravishda o‘zgartirishga qaratilganligini unutmaslik kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa tajovuzkorlikni targ‘ib etuvchi tele, radio, audio va multimedia mahsulotlari internetdagi ma’lumotlar, kompyuter o‘yinlarining ko‘payib borayotgani va xilma-xil usullarda tarqatilayotganidir. Ularning barchasi bolalar va yoshlarni psixik va psixoemotsional holatiga bosim o‘tkazish, ularni zimdan boshqarish axboriy-psixologik ta’sir o‘tkazishning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Qolaversa, axborot xavfsizligini ta’minlashda-fuqarolarning axborot madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularga axborotni saralash va undan ongli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirib borish lozim, ya’ni har bir shaxs ma’lum axborotning foydali yoki zararli ekanini ajratib oladigan mezonlarni ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional faoliyati va shaxsiy hayoti uchun qadr-qimmatini baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, “Axborot urushi” xavfi tahdid solayotganini ham jiddiy e’tiborda tutish zarur, ya’ni axborot urushining mohiyati shundaki, u yakuniy maqsadga erishish yo‘lidagi vositadir. Aynan, hozirgi texnologiyalar axborot o‘rniga uydirma tarqatish, boshqalarni yolg‘on axborotga ishontirish imkonini beradi. Kundalik hayotda uchraydigan fitna va bo‘htonlar ham axborot urushining primitiv ko‘rinishidir. Mamlakatimiz ichida, ommaviy axborot vositalarida va bizga qo‘shni hududlarda o‘zlarining g‘ayriinsoniy va g‘ayriislomiy g‘oyalarini tarqatishga harakat qilayotgan g‘araz fikrli insonlar bizlarni (yoshlarni) chalg‘itish, ular yordamida mamlakatni taraqqiyot yo‘lidan chetlatib yuborishga intiladilar. Yuqoridagi mulohazalardan ham yoshlarimiz qalbi va ongini egallash va g‘oyaviy kurashning bosh maqsadiga aylanganligini anglab yetish mumkin. Shunday sharoitda g‘ayriinsoniy g‘oyalarga qarshi tura olish uchun yosh avlod ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish jamiyatimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Har qanday buzg‘unchi g‘oyaga o‘ralashib qolish yoshlarning vaqtini bekorchi narsalarga (internet,OAV) sarflashi va unga uqinishidan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda inson ma’naviyatiga qarshi yo‘naltirilgan, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin”. Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan yaratilgan “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasi” da beshinchi ustuvor yo’nalishini “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar” deb tanlab olingani ham bejizga emas. Yoshlarni kim yaxshi tushunadi, albatta ularning o’zlari. Shuning uchun, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Sh.M tomonidan yurtimizning barcha hududlarida “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tashkil etildi. Bu tashkilot yoshlarni o’ziga qamrab olib ularni vaqtlarini to’g’ri tashkillash, bekorchilikni oldini olish, yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bugungi zamonda yoshlarning yod g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini shakllantirish bu tashkilotning asosiy maqsadlaridan biridir. Axborot xurujlarining oldini olish uchun, avvalo yoshlarimizning mustaqil fikrlashini shakllantirish talab etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalaridan boshlab yoshlarga turli uslublarda “Ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari keltirayotgan zararlar haqida tushunchalar berib borish maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushishdan saqlash, turli “axborot xurujlari” ga qarshi immunitet hosil qilish, ularning psixologik sog‘lomligini ta’minlashda mazkur tizim muhim rol o‘naydi.
Jumladan:

  • mavzu yuzasidan ta’lim dargohlarida OAV xodimlari bilan uchrashuvlar uyushtirish;



  • ta’lim muassasalari rahbarlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari uchun o‘quv treninglari tashkil etish va so‘rovnomalar o‘tkazish;



  • OAV bilan ta’limning uzviyligini ta’minlash va mavzuga doir o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqish;


  • ta’lim dargohlarida yoshlarning ma’naviy-axloqiy bilim va tarbiyalarini rivojlantirishda radio burchaklarini tashkil etish;




Immunitet har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatiga ega bo‘ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri – bu bilim deyishadi bir guruh faylasuf olimlar. Ammo bilimlar ko‘p terrorizm, ayniqsa, diniy ekstremizm tarafdorlari ham muayyan bilimlarga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladilar. Mafkuraviy immunitetning keyingi unsurlari bilimlar asosida shakllanadigan baholar va qadriyatlar hamda ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy – ma’rifiy sohalardagi mo‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bog‘liqdir. Ana shunday aniq tizim bo‘lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinxona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimahol. Shunday sharoitda mohiyatan g‘ayriinsoniy, shu jumladan diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy immunitetni shakllantirish markaziy masalalardan biriga aylanmoqda. Immunitet deganda tibbiyotda organizimning doimiy ichki muayyanligini saqlash, o‘zini turli, shu jumladan zararli ta’sirlardan himoya qilishga qodir bo‘lgan xususiyatlar majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik xususiyatini ham ifodalaydi. Insonning tug‘ma bo‘lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitet shakllantirib borish zarur. U daxlsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirish, inson ma’naviyatini boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim, bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o‘z mohiyatiga ko‘ra, Vatan, millat, inson manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida hosil va yetarli bilimga ega bo‘lishlari diniy ekstremizmga qarshi immunitetini shakllantirishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Mafkuraviy immunitetning ikkinchi asosiy unsuri ana shunday bilimlar zamirida shakllanadigan sohalar, qadriyatlar tizimidir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan sohalar, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Asl islom haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lish, uning bayrog‘i ostida taqdim etilayotgan g‘oyalar, qarashlar va harakatlarni to‘g‘ri baholash, ularning mohiyatan islomiy qadriyatlarga butunlay zid ekanini anglab yetishiga xizmat qiladi, degan xulosani chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Shunday ekan , mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim unsuri ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy va madaniy – ma’rifiy sohalardagi mo‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bog‘liq. Ana shunday aniq tizim bo‘lmas ekan, xoh aloxida inson, xoh millat yoki jamiyat bo‘lsin, goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amri maholdir.


Xulosa
Yoshlar ongiga mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora – tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. U ijtimoiy institutlar tomonidan xilma – xil shakllarda amalga oshiriladigan g‘oyaviy – tarbiyaviy, ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy ishlar majmuini to‘g‘ri tashkil etadigan butun tarbiya tizimini qamrab oladi. Bugungi kunda mamlakatimizda milliy istiqlol g‘oyasi ruhi bilan yo‘g‘rilgan ana shunday tarbiya tizimi yaratilgan. Uni doimiy takomillashtirib borish va davr talablariga hozirjavobligini ta’minlash esa har birimiz va hammamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga an’ana va urf – odatlariga xavf soladigan, uni o‘z ta’sir doirasiga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar”.


Yüklə 29,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin