a) tabiat manzaralari, ya`ni peyzaj tasvirida:
``He had given up beside the Mediterranian, and was accustomed to blue ripples; but he had a positive passion for swiftly moving water, and the hurried rushing of the glacier stream delighted him beyond measure. [36,38]
``U O`rta dengiz yaqinida o`sgani uchun ko`zlari moviy to`lqinlarga o`rganib qolgan edi. Lekin u tezoqar daryolarni jon-dili bilan sevar va muz tog`lardan shiddat-la oqib tushuvchi suvlar uni o`zida yo`q sevintirardi.`` [38,16]
Voynich romanining bosh qahramoni Artur tabiatni shu qadar sevardiki, uning har bir jilvasidan zavqlanardi. Shiddat bolan oqib tushuvchi suv (the hurried rushing of the glacier stream) xuddi joni bordek uni sevintirardi (delighted him).
``Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko`ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi. ``[51,5]
Cho`lpon ushbu o`rinda bahor olib keladigan quvonchni, qay darajada shu ko`klamning orziqib kutilganligini va uning entikkan qalblarga zavq-shavq ulashni zo`r mahorat bilan tasvirlagan. Bunda adib insonda qitiqlash asosida yuzaga keladigan harakat orqali, ham quvonchni, ham turmush, tirikchilik harakatiga tusha boshlagan insonlar kechinmasini juda o`rinli va betakror tasvir etgan. Yana tabiatning dildiragan tanasi-yozuvchi bunda harakatsiz, nimjon tana vositasida qishdan so`ng bahorda tabiatning jonlanishida hayot tirikligini badiiy ifoda eta olgan.
Dostları ilə paylaş: |