Ishning yangiligi. Ingliz va o`zbek tillarida ma’no ko`chishning turlaridan biri bo`lgan jonlantirish uslubiy vositasi ko`p tahlil etilgan. Jonlantirish uslubiy vositasining ekspressivlikni ifodalashdagi mohiyati, turlari va vazifalari haqida ingliz va o`zbek nazariy va amaliy adabiyotlarida batafsil fikrlar yoritilgan.
Mazkur ishning mavjud bo`lgan adabiyotlardan, yoritilgan fikr- mulohazalardan farqi va yangiligi shundaki, bunda ingliz yozuvchisi E.L.Voynichning “The Gadfly” romanida hamda o`zbek yozuvchisi A.Cho`lponning “Kecha va kunduz” romanida ekspressivlikni ifodalashdagi muallif mahorati tahlil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |