c) jonsiz narsalarni jonlantirishda:
``He had a sense of delight in the soft elasticity of the wet grass under his feet and in the shy, wondering eyes of the wild spring flowers by the roadside.`` [36,62]
``Oyoqlari ostidagi ho`l ko`katlarning yumshoqligidan va yo`l bo`yidagi yovvoyi bahor gullarining hurkayotganga o`xshab g`alati ko`ringanidan ichiga sig`may shodlanib bordi.`` [38,41]
Bu misolda Voynich bahor gullarini jonlantirib, ularda ``hayron boquvchi ko`zlar``ni mujassamlashtirgan (wondering eyhes), va kitobxon ko`z oldida shu gullarning jonli tasvirini yarata olgan. Shu gapni:
``He was glad to see grass and flowers under his feet``, deb berish mumkin, ammo muallif bo`yoqdor so`zlardan va turli badiiy vositalardan foydalanib, asar tilini boyitishga harakat qilgan. Badiiy uslubda ijod qilish aynan shunday mahoratni, so`zlarni o`z o`rnida qo`llay olish, boshqalarnikiga o`xshamaydigan o`xshatish-u, jonlantirishlarni topa olishni talab qiladi. Bunda obraz yaratish alohida ahamiyatga ega. Badiiy uslubning boshqa usllublardan farqi ham shunda ko`rinadi. Unda neytral so`zlardan ko`ra badiiy bo`yoqdor so`zlarga ko`proq murojaat qilinadi. Zero, adabiyot inson his-tuyg`ulari bilan chambarchas bog`liq.
``Onasining ko`zlarida shuncha iztiroblar qaynab toshgani holda yosh qizning soda ko`ngli ularni ko`rolmas edi. Onaning ko`ngli sir berkitish orqasida g`ashidan yorilay deganda, qizning ko`ngli dam O`lmasjonni, dam Saltanatxonni erkalatib o`ynardi. Hovuz bo`yida yana o`sha qo`shiq, yana o`sha yoqimli ovoz suvlarning jimjimasi ustida yo`rg`lard.`` (51,110)
Ushbu parchada Cho`lpon bir o`rinda ikki ko`ngilning ichki tug`yonlari shunday mohirona aks ettirganki, ona o`z qiziga bo`lg`usi voqeani ayta olmay, yuragi qiynalayotganini sezdirmaslikka harakat qiladi. Qizining bir zum bo`lsa-da, baxtiyor yashashini istab turgan onda, Zebi shirin xayollar og`ushida qo`shiq kuylab kashta tikadi. Qo`shiq aytganda bu yoqimli ovoz suvlarning jimjimasi “ustida yo`rg`alardi”, iborasi juda go`zal topilma bo`lgan. Cho`lpon tabiatning ham, o`z qahramonining ham, uning ovozini ham ayni damda mana shu ibora orqali go`zal va betakror ekanligini yuqori darajada aks ettira olgan.
Dostları ilə paylaş: |