Magistrlik dissertatsiyasi


d) qahramonlar ruhiyatini ochishda



Yüklə 319 Kb.
səhifə22/23
tarix02.02.2022
ölçüsü319 Kb.
#114122
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
d) qahramonlar ruhiyatini ochishda:

``A blind, senseless , wild-beast fury was beginning to stir within him like a live thing.``[36,76]

``Basir g`azab, xuddi joni bordek, ichida qimirladi.``[38,55]

Bu gap bilan Voynich Arturning g`azab otiga minganini ifodalagan. G`azabni basir deya sifatlab, ma`noni yanada kuchaytirgan. Shu vaziyatda qahramonining ichki ruhiyatini aks ettirishda jonlantirish uslubiy vositasi muallifga juda qo`l kelgan.

“Butun bularning orqasida ona bilan bolaning qaynoq ko`z yoshlari quyiladi. Butun bu noz-ne’matlar yosh qizning ko`ngil shishasini sindirish bahosiga tushgan edi”. (51,111)

Cho`lpon o`z qahramoning qalbidagi iztiroblar darajasini berishda “ko`ngil shishasini sindirish” iborasining bo`yoqdorligidan foydalanib qahramoni ichki kechinmalari, uning qay darajada erksizligi, bo`g`iz bir jamiyatda ma’rifatu ilmdan yiroq, biqiq holatda, inson huquqlariga past nazar bilan qarash kabi illatlar o`tkir qalam uchidan to`kilgan mechi bois hech bir kitobxonni befarq qoldirmaydi. Shu o`rinda Cho`lpon ishlatgan ushbu ibora shuni anglatadiki yozuvchi mumtoz adabiyotning o`tkir bilimdagi, juda chuqur o`rganganligini ko`rsatadi. Chunki mumtoz adabiyotda ko`ngil, shishaga, jonga, qadaxga qiyoslangan. Cho`lpon ishdagi mana shu unsurdan ham mohirona foydalangan. Bu esa muallif adabiyot va til namunalarining bilimdoni ekanligidan dalolat beradi.

``So`na`` va ``Kecha va kunduz`` romanlari bosh qahramonlari hayotida o`xshashlikni ko`rish mumkin. ``Sona``asaridagi Artur asar so`ngida otib tashlanadi. Uning otasi ham o`sha kuni vafot etadi. ``Kecha va kunduz`` Zebi esa Sibirga surgun qilinadi. Uning ham otasi vafot etib, onasi aqlu hushidan ayriladi. Demak, har ikkala asar fojia bilan yakun topadi.

Har bir yozuvchining uslubi o`ziga xos bo`lsa-da, ikki yozuvchi ijodida umumiylik yoki tafovutlarni topish mumkin. Biz yuqorida ingliz yozuvchisi E.L.Voynich va o`zbek yozuvchisi A.Cho`lpon romanlaridagi mushtarakliklarni tahlil qilib ko`rdik.




Xulosa.
Jonlantirish – keng ma’noda metaforaning bir ko`rinishi, jonsiz narsa-hodisalarga insonga xos sifatlarining berilishi.

Yozuvchi estetik maqsadni ko`zlab badiiy nutqda narsa-hodisalarda jonli mavjudotlarga xos xususiyatlarni aks ettiradi. Bu bilan ijodkor manzaraning jonli, ta’sirchan chiqishiga erishadi.

Biz mazkur ishda ingliz yozuvchisi Etel Voynichning ``So`na`` va o`zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho`lponning ``Kecha va kunduz`` romanlari misolida uslubiy vositalar, jumladan jonlantirish badiiy vositasining ekspressivlikni oshirishdagi ahamiyatini tahlil qildik. Har ikkala yozuvchi 19-20-asrlarda yashagan. Ikkala romanda ham jonlantirish badiiy vositasidan peyzaj yaratishda ko`proq foydalanilgan.

Bundan tashqari, qahramonlar ruhiyati manzaralarini ochishda, ularning his-tuyg`ulari, kayfiyatini badiiy aks ettirishda jonlantirish vositasi qo`llangan. Mavhum otlar, jonsiz narsalarga nisbatan ishlatilgan mazkur uslubiy vosita har ikkala yozuvchi ijodida muhim o`rin egallaydi.

Mashhur ingliz adibasi E.L.Voynichning ``So`na`` romani yaratilganidan buyon bir asrdan ortiq vaqt o`tganiga qaramasdan, asar dramatic voqealarga boyligi, inson ruhiyatining eng chuqur qatlamlarini aks ettirgani, insoniy iztiroblar tabiiy va smimiy tasvirlangani tufayli haligacha kitobxonlarni o`ziga jalb etadi. E.Voynich asarga badiiy bo`yoqdorlik berish, ekspressivlikni ifodalash, tabiiylikni yaratish, samimiylikni saqlab qolish maqsadida barcha badiiy vositalardan salbiy va ijobiy obrazlarni, voqea-hodisalarni, tabiat manzaralarini tasvirlashda katta mahorat bilan foydalangan.

O`zbek adabiyotining yetuk vakillaridan biri, shoir, yozuvchi, ham jurnalist A.Cho`lponni esa so`z, ibora va badiiy-uslubiy vositalarni erkalab qo`llay oladigan ijodkor desak adashmaymiz. Uning biz yuqorida tahlil etgan ``Kecha va kunduz`` romanining ilk jumlalaridanoq qo`llangan jonlantirish badiiy vositasini kuzatish mumkin.Cho`lpon ijodi haqida gap ketgfanda, uning shoir ham ekanligini unutmaslik lozim. Shuning uchun bo`lsa kerak, u nasriy asarlarida tabiat tasviriga katta o`rin beradi. Va man shu tasvir orqali qahramoninig ruhiy holatiga kitobxonni tayyorlab boradi. Romanda eng ko`p qo`llangan uslubiy vositalardan biri jonlantirishdir. Roman ta`sirchanligini oshirishda, unga badiiy pafos berishda uning roli beqiyos.

Shunday qilib, mazkur magistrlik dissertatsiyasida ingliz yozuvchisi Etel Voynichning ``So`na`` v o`zbek yozuvchisi Abdulhamid Cho`lponning ``Kecha va kunduz`` romanlaridagi jonlantirish badiiy vositasi qo`llangan misollar tahlil etilib, ular asnosida ingliz va o`zbek badiiy asarlarida jonlantirish uslubiy vositasining ekspressivlikni oshirishdagi mohiyati o`rganildi.



Yüklə 319 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin